Javoblar davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro" asarining "Xotima" qismidagi Alisher navoiyga oid qismini to'liq o'qing hamda tahlili eting!


Download 17.97 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi17.97 Kb.
#168482
Bog'liq
1-seminar


JAVOBLAR
1. Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro" asarining "Xotima" qismidagi Alisher navoiyga oid qismini to'liq o'qing hamda tahlili eting!

  Turkiy va forsiyda yozgan. Davlatshoh Samarqandiyga shuhrat keltirgan yirik asari "Tazkirat ushshuaro"dir ("Shoirlar tazkirasi", 1486 y.da yozib tugʻallangan). Tazkiralar Alisher Navoiyga bagʻishlangan boʻlib, juda kup ilmiytarixiy manbalar asosida yaratilgan. Asar muqaddimayetti bob (tabaqa) va xotimadan tashkil topgan. Muqaddimada asarning yozilish sabablari hamda Labid (7-asr), Mutanabiy (915965), Abu Aʼlo al-Maariy (973—1058) kabi 10 nafar mumtoz arab shoiri haqida yozilgan, asosiy boblarda esa 10—15-asrlarda MovarounnahrXuroson va qoʻshni mamlakatlarda yashab ijod etgan 150 dan ortiq shoir va olimlar faoliyati tadqiq etilib, ularning tarjimai holi haqida maʼlumot va asarlaridan namunalar keltirilgan. Tazkiraning xotima qismida Davlatshoh Samarqandiy bilan zamondosh boʻlgan Jomiy, Navoiy, Xoja Afzaliddin Muhammad, Amir Ahmad Suhayliy, Xoja Shahobiddin Abdulla Marvarid hamda Xoja Osafiylar haqida maʼlumot berilgan. Tazkira 10— 15-asrlardagi adabiy jarayon, uning namoyandalari hayoti, ijodini hamda madaniyilmiy va tarixiy sharoitni oʻrganishda muhim manba. "Tazkirat ush-shuaro" Hindiston (18871924), Angliya (1901), Tehron (19581960)da toʻliq nashr etilgan. Ayrim qismlari rusinglizfransuznemisturkoʻzbek tillariga tarjima qilinib, chop etilgan

Ushbu asar xotimasining Alisher Navoiyga bag’ishlangan qismi Navoiyni ulug’lash bilan boshlangan. Ya’ni uning sharofatli nomi kitob muqaddimasining ziynati, saodat devoniga asosiy mazmun ekanligi ta’kidlangan. Navoiyning har tomonlama yetuk inson bo’lganligini Samarqandiyning “Oftobni ta’riflash aql xiraligidan nnishona” degan ta’rifidan ham anglab yetsak bo’ladi. Ushbu asarda Navoiyning ulug’ fazilatlari alohida keltirib o’tilgan. Navoiyning otasiga alohida ta’rif berib, ul zot Sulton Abulqosim Boburning yaqin kishisi ekanligi, saroy ayonlari o’rtasida o’z o’rniga egaligi, shuningdek, farzand tarbiyasiga ham befarq bo’lmagani va shu sababli Alisherdek nodir inson dunyoga kelib, kamol topgani haqida so’z yuritiladi. Sulton Abulqosimning iste’dodni parvarish qiluvchi himoyalovchi insonligi, Sulton Husayn podsholigi davrida ulug’ amir din-u davlat homiysi bo’lganligi, “Xamsa”ning turkiycha javobi, asardagi “Layli va Majnun” dostoniga alohida to’xtaladi. Shuning bilan birgalikda Alisher Navoiyning saxovatpeshaligi haqida ham gapiriladi. Navoiy boshchiligida butun mamlakatda obodonchilik ishlari amalga oshirilganligi, madrasalar, masjidlar, rabotlar qurilganligi alohida ulug’lanadi. Uning savobga ishora qiluvchi so’zlari mana shu ishlari orqali o’z isbotini topdi deyiladi. Agarda Navoiyning butun qilgan ishlarini ushbu kitobda keltirib o’tiladigan bo’lsa cho’zilib ketishi, shuning uchun Xirot atrofida amalga oshirgan ishlari xususida so’z yuritilishi haqida ta’kidlangan, ya’ni bu kitobda keltirilgan savob ishlar Navoiy amalga oshirgan yaxshi amallarning bir qismigina xolos.



2. Zayniddin Vosifiyning "Badoye ul-vaqoye" asarining Navoiyga bag'ishlangan boblarini to'liq o'qing va tahlili eting! "Tazkirat ush-shuaro" ma'lumotlari bilan qiyoslang!

Zayniddin Vosifiy qalamiga mansub “Badoye’ ul-vaqoye’ ” (“Go‘zal voqealar” ) xotiralar to'plamining to‘ rt bobi (XIV-XVII) Alisher Navoiy shaxsiyatiga bag'ishlangan. Unda hazratning fe ’ li-sajiyasi, zamondoshlari bilan ijodiy muloqotlari, Navoiy hayoti bilan bog‘ liq turli qiziqarli voqealar haqida so‘ z boradi.



"Tazkirat ush-shuaro"

Badoye’ ul-vaqoye”

Samarqandiyning ushbu asarida Navoiyning otasi haqida to’liqroq ma’lumotni uchratishimiz mumkin

Vosifiyning asari esa badiiyroq usulda yozilgan

Ushbu asar xotimasining Alisher Navoiyga bag’ishlangan qismi Navoiyni ulug’lash bilan boshlangan. Ya’ni uning sharofatli nomi kitob muqaddimasining ziynati, saodat devoniga asosiy mazmun ekanligi ta’kidlangan. Navoiyning har tomonlama yetuk inson bo’lganligini Samarqandiyning “Oftobni ta’riflash aql xiraligidan nnishona” degan ta’rifidan ham anglab yetsak bo’ladi.

Zayniddin Vosifiy qayd etadiki: “Oliyhazrat amir Alisher musiqa ilmida ham shu qadar mahorat hosil qilgan edilarki, agar muallimi soniy Abu Nasr Forobiy hayot boʻlganlarida unga shogirdlik sirgʻasini qulogʻiga taqib olardi”

Ushbu asarda Navoiyning ulug’ fazilatlari alohida keltirib o’tilgan. Navoiyning otasiga alohida ta’rif berib, ul zot Sulton Abulqosim Boburning yaqin kishisi ekanligi, saroy ayonlari o’rtasida o’z o’rniga egaligi, shuningdek, farzand tarbiyasiga ham befarq bo’lmagani va shu sababli Alisherdek nodir inson dunyoga kelib, kamol topgani haqida so’z yuritiladi. Sulton Abulqosimning iste’dodni parvarish qiluvchi himoyalovchi insonligi, Sulton Husayn podsholigi davrida ulug’ amir din-u davlat homiysi bo’lganligi, “Xamsa”ning turkiycha javobi, asardagi “Layli va Majnun” dostoniga alohida to’xtaladi. Shuning bilan birgalikda Alisher Navoiyning saxovatpeshaligi haqida ham gapiriladi. Navoiy boshchiligida butun mamlakatda obodonchilik ishlari amalga oshirilganligi, madrasalar, masjidlar, rabotlar qurilganligi alohida ulug’lanadi. Uning savobga ishora qiluvchi so’zlari mana shu ishlari orqali o’z isbotini topdi deyiladi. Agarda Navoiyning butun qilgan ishlarini ushbu kitobda keltirib o’tiladigan bo’lsa cho’zilib ketishi, shuning uchun Xirot atrofida amalga oshirgan ishlari xususida so’z yuritilishi haqida ta’kidlangan, ya’ni bu kitobda keltirilgan savob ishlar Navoiy amalga oshirgan yaxshi amallarning bir qismigina xolos.

Zayniddin Vosifiy oʻzining “Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ” asarida quyidagilarni keltiradi: “Navoiy hayot vaqtida uning:

 

Din ofati ul mugʻbachai mohiliqodur, mayxorau bebok,



Kim ishqidin oning vatanim deydi fanodir, sarmastu yaqom chok, –

 

matlaʼli mustazodiga Hoji Abdulloh Marvarid degan bastakor bir kuy yaratgan. U vaqtlarda Hirotda bu kuy chalinmaydigan uy yoʻq edi. Bir bazmda hofizlar shu mustazodni aytayotganlarida majlis ahli oʻz yoqalarini yirtganlar”, yaʼni, taʼsiri shu qadar kuchli boʻlgan. Navoiy gʻazallariga kuy bastalagan ilk bastakorlar Hoji Yusuf Burhon va Hoji Abdulloh Marvarid boʻlgan boʻlsalar, bu bastakorlar silsilasi asrlar osha, bizning kungacha davom qilmoqda. Necha yuz yillar oʻtsa ham Navoiy soʻzlari bilan aytiladigan ashulalar zamonaviy tinglovchilarga yanada kuchli taʼsir etib kelmoqda.




3. Alisher Navoiy haqida nima uchun bunday xotiralar yozilgan, mazkur memuarlarning ilm-fandagi ahamiyat qanday?
Bunday buyuk insonlarni unutishga haqqimiz yo’q deb o’ylayman. Har qaysi darvrning o’z dahosi mavjud bo’lganligidek, XV asrning dahosi, buyuk insoni hisoblanadi Navoiy. Uning barcha qilgan ishlarini bilish kelajak avlodlarning burchi edi. Buni his qilgan holda Navoiyning shogirdlari, tarixchilar u uni ko’rgan, uni suhbatini olgan insonlar buyuk siymo haqida shunday xotiralarni yozib qoldirishgan. Bunday memuar asarlarning hozirgi ilm-fandagi ahamiyati va o’rni beqiyosdir. Chunki biz mana shunday asosli dalillar orqali Navoiyni faqatgina shoir sifatida emas, balki uning shaxsiyati, insoniy qiyofasini o’rganishga sazovor bo’lamiz.
Download 17.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling