Jaxon valyuta tizimi va uning elimentlari: mazmuni, zarurligi va ahamiyati


Download 191.15 Kb.
bet1/11
Sana09.04.2023
Hajmi191.15 Kb.
#1344411
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xalqaro valyuta munosabatlari mazmuni, zarurligi va ahamiyati


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI BANK ISHIYO`NALISHI
JAXON VALYUTA TIZIMI VA UNING ELIMENTLARI: MAZMUNI, ZARURLIGI VA AHAMIYATI”
MAVZUSIDA




Bajaruvchi: Kayumova Sh
Ilmiy rahbar: _____________
TOSHKENT – 2022
MUNDARIJA

KIRISH ………………………………………………………………………..…..3
I BOB. JAXON BOZORIDA VALYUTA MUNOSABATLARI VA UNING RIVOJLANISHI…………………………………………….…………………….5
1.1. Valyuta munosabatlarining shakllanishi.…… ………………………..……5
1.2. Jaxon bozorida valyuta munosabatlarining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari……………………………..…………………………….............13
II-BOB. O’ZBEKISTON VA JAXON MAMLAKATLARI ORASIDA VALYUTA MUNOSABATLARI………………………………………..……..19
2.1. O’zbekiston iqtisodiyotining jahon bozoridagi o‘rni…….…………..…..19
2.2. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanish dinamikasi………………..……………………………………………………....25
XULOSA……………………………………………………………………........33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ………………………....35

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqeyi sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo’llarining aniq va to’gri ko’rsatib berilganligi bosh maqsad yo’lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo’ lishiga imkon yaratdi.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti
o’zining ma`no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro miqyosda moliya, kredit va valuta munosabatlariga o’z ta sirini ko’rsatmoqda.
Xalqaro valuta-kredit munosabatlari bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko’plab omillar ta sirida xalqaro valuta-kredit munosabatlari murakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o’zining o’ta beqarorligi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda davlat va xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valuta bozori, undagi valuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo lmaydi. Shu sababli xorijiy valutalar bilan bog`liq jahon tajribasini o’rganish O’zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillikning birinchi kunidanoq ushbu masala Respublikamiz 1-Prezidenti va Hukumatining diqqat etiborida bo’ldi. Dastlab O’zbekiston Respublikasida milliy pul birligi «so’m»ni muomalaga kiritish va hozirgi davrga kelib, respublikada valuta tizimini barpo etish, uni rivojlantirish bilan bog liq bir talay ishlar amalga oshirildi.
Natijada Respublikamizda valuta birjasi shakllandi va u valutalar oldi-sotdisi bilan bog`liq operatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga asta-sekin integratsiyalashuvi, Xalqaro Valuta Fondi hamda Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish Bankiga a`zo bo`lib kirishi jahonning valuta, kredit, qimmatli qog`ozlar hamda oltin bozorlarida qabul qilingan zamonaviy kodeksini bilishni talab etadi. «Xalqaro valuta-kredit munosabatlari» kursida ushbu munosabatlarning iqtisodiy kategoriyalari, rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari va tashkil etish shakllari o’ rganiladi.
Qo’llanmada globallashuv sharoitida valuta va valuta munosabatlari, valuta tizimi hamda uning rivojlanish qonuniyatlari, valuta kursi, valuta bozori, valuta operatsiyalari va valuta risklari hamda ularni boshqarish, xalqaro hisob-kitob shakllari, to’lov va hisobkitob balanslari hamda xalqaro kredit munosabatlari kabi masalalar o’z ifodasini topgan. Ushbu o’quv qo’llanma kasb-hunar ta limining «Bank ishi» mutaxassisligi bo’yicha ta`lim olayotgan o’quvchilarga mo’ljallangan.O’quv qo’llanmadan, shuningdek, bank xodimlari, tadbirkorlar va boshqa qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
Xalqaro valyuta munosabatlari – bu, valyutaning jahon xơjaligida amal kilishi borasida shakllanadigan va milliy xơjaliklar faoliyati natijalarining ơzaro almashuviga xizmat kơrsatadigan ijtimoiy munosabatlar yiğindisidir . YOki davlatlar, jahon valyuta bozorining sub'ektlari, muay n davlatning rezident yoki norezident shaxslari orasida valyutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish va boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir.
Valyuta munosabatlarining paydo bơlishi, ơzgartirilishi yoki tugatilishining huquqiy asoslari bơlib, xalqaro kelishuvlar va davlatning ichki qonun va qoidalari hisoblanadi.
Valyuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar bơlgani holda, tơlov balansi, valyuta kursi, hisob-kitob operasi lari orqali dunyo iqtisodiga sezilarli ta'sir kơrsatadi.
Valyuta munosabatlarining holatiga quyidagilarga boğliq bơladi:
-milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga;
-siyosiy ahvolga;

Download 191.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling