Jiydadoshlar (elaeagnaceae) oilasi


Download 1.31 Mb.
Sana27.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1300984
Bog'liq
JIYDADOSHLAR (ELAEAGNACEAE) OILASI


jiydadoshlar (elaeagnaceae) oilasi

Bu oilaning vakillari daraxt yoki buta o‘simliklaridir. Barglari oddiy tuzilgan bo‘lib, navbat bilan joylashadi, yonbargchasiz. Gullari to‘g‘ri. Mevasi rezavor yoki soxta meva. Hashorotlar yoki shamol vositasida changlanadi. Bular qurg‘oqchilikka va tuproqning sho‘rtobligiga chidamli bo‘lib, o‘rmonzorlarni melioratsiya qilishda ahamiyatga ega.


Oila tarkibidagi turkumlardan jiyda va chakanda juda keng tarqalgan bo‘lib, xo‘jalikda katta ahamiyatga ega.
Qushjiyda (Elaeagnus angustifolia L.) Balandligi 8 metrgacha bo‘lgan kichik darax tyoki buta bo‘lib,Mareaziy Osiyo va Kavkaz daryo to‘qaylarida keng tarqalgan asosiy daraxt o‘simligi hisoblanadi.Qushjiydani tuproq tanlamasligi, sho‘r yerlarda o‘ishga moslashganligi o‘rmon melioratsiyasida qadrlanadi.Barglarini manzarali xususiyatiga ko‘ra ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalanish mumkin.Mirzacho‘lda sho‘rlangan yerlarda keng ekilmoqda.

Barglari ellipssimon yoki lansetsimon shaklda 5-8 sm uzunlikda, yuqori tomoni yashil rangda,ostki qismi kumushsimon rangda.Barglarini yozib bo‘lgach gullaydi.Gullari juda xushbo‘yligi bilan ajiralib turadi.Gullari qo‘ng‘iroqcha ko‘rinishda sariq rangda,barg ko‘ktog‘ida 1-3 donagacha bo‘ladi.


Mevalari 1,5 sm uzunlikkacha bo‘lgan donacha,unsimon shirin meva etiga ega.5-6 yoshdan mevaga kiradi.Yog‘ochi duradgorchilikda ishlatiladi.Juda chuqur o‘suvchi ildiz sistemasini vujdga keltiradi.Dastlabki hayot bosqichida tezroq o‘sib rivojlanadi,kuchli sho‘rlangan va tashloq tuproqlarda 5 yoshida 4 m balandlikka yetadi.Issiqlikka, qurg‘oqchilikka chidamli,eng asosiy boshqa daraxt turlari o‘sa olmaydigan sho‘rxak tuproqlarda bemalol o‘sadi.Urug‘dan, qalamchalar orqali ko‘paytiriladi, to‘nkasidan bachkilar hosil qilib tez o‘sadi,60-80 yilgacha yashaydi.
Sharq jiydasi (Elaeagnus orientalis L.) Ushbu jiyda areali Pomir-Oloy, Kavkaz tog‘i hududlarini qamrab olgan, 500 m dan baland tog‘ yonbag‘irlarida ko‘plab o‘sadi. 7-8 m balandlikkacha rivojlanuvchi daraxt, daraxt tanasi to‘q jigarrang, barglari lansetsimon shaklda oq g‘ubor bilan qoplangan. Non jiyda O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida aholi tomonidan ko‘plab o‘stiriladi, aynisa uning sho‘rlangan va sizot suvlari tuproq yuzasiga yaqin joylarda o‘suvchi ekotiplari o‘rmon- melioratsiyasi uchun kata ahamiyatga egadir. Uzoq o‘tmishda jiyda mevasi mahalliy aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblangan, mevasi quritilgan holda qish- bahor mavsumida istemol qilingan. Shu sababli non jiyda doimo selepsiya predmeti sifatida o‘rganilgan, yirik mevali va serhosil shakllari yaratilgan. Jiyda mevalari serxosiyatligi bilan mashhurdir, mevasi tarkibida 40-67,8% qandlar, 11% oqsil, 36% gacha tanidlar 0,44-2,46% orgonik kislotalar,100 mg % gacha S, V, RR, Ye vitaminlari mavjud. Jiyda ko‘kalamzorlashtirishda keng qo‘llaniladi, uning kumushsimon barglari va xushbo‘y gullari, sariq mevalari manzarali xususiyatlar hisoblanadi. May oyi boshlarida gullaydi sentyabr- oktyabr oylarida mevasi pishib yetiladi. Non jiyda daraxtining yog‘och mustaxkam, qurilish sohasida ham ishlatsa bo‘ladi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling