Jizzax-2020 6-ma’ruza mavzu: Turar – joy binolarining asosiy elementlari


Download 1.13 Mb.
Sana12.06.2020
Hajmi1.13 Mb.
#118126
Bog'liq
6- Ma'ruza.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI “Arxitektura va qurilish” fakulteti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi «bino va inshootlar Arxitektura» fanidan ma’ruza mashg’uloti

Jizzax-2020

6-MA’RUZA

Mavzu: Turar – joy binolarining asosiy elementlari.

REJA :

1. Turar – joy binolarining asosiy konstruktiv elementlari.

2. Turar – joy binolarining qurilish tizimlari.

 

Тayanch so’zlar: konstruktiv elementlar, poydevorlar, devorlar, alohida tayanchlar, orayopmalar, tomlar, zinapoyalar, deraza va eshiklar, yuk qabul qiluvchi, o’zining og’irligini qabul qiluvchi, o’zining og’irligini uzatuvchi, yerto’la, texnik yerto’la, chordoq, tambur va kirish shoxobchalari, binoga kirish eshiklari ustida peshayvonlar, balkon.

Mavzu: Turar – joy binolarining asosiy elementlari.

Fuqaro binlarining asosiy konstruktiv elementlari -bu poydevorlar, devorlar, alohida tayanchlar, orayopmalar, tomlar, zinapoyalar, deraza va eshiklardir.

Fuqaro binolari qurilishida konstruktiv elementlar bilan taminlash va bezaklash ishlarini bajarish uchun taxminan quyidagicha miqdorda xarajatlar sarf etiladi: poydevorlar uchun- 9,5%, devorlar uchun- 20,4%, orayopmalar uchun- 18,2%, oraliq devorlar uchun- 9,6%, pollar uchun- 6,8%, eshik va derazalar uchun- 3,6%, tomlar uchun- 4,2%, zinapoyalar uchun- 3,2%, qolgan konstruksiyalar uchun- 18,4%, ichki va tashqi bezaklash ishlari uchun- 6,1%.

Mavzu: Turar – joy binolarining asosiy elementlari.

Poydevorlar -bino va inshootlarda yer osti konstruksiyalari sanalib, binodan beriladigan barcha yuk va yuklanishlarni qabul qilib asos yani zaminga uzatish uchun xizmat qiladi.

Devorlar – binolarda mo’ljallanishi va joylashishi bo’yicha tashqi va ichki devorlarga bo’linib, bir vaqtning o’zida ҳam binoni tik yo’nalishda tashqi tasirlardan ҳimoyalovchi va yuqoridan berilgan yuk va yuklanishlarni poydevorlarga uzatuvchi ҳisoblanadi. Bino va inshootlarda loyiҳalanish o’rniga va ishlash sistemalariga qarab devorlar yuk qabul qiluvchi, o’zining og’irligini qabul qiluvchi va o’zining og’irligini uzatuvchi bo’lishi mumkin.

Mavzu: Turar – joy binolarining asosiy elementlari.

Alohida tayanchlar – binolarda yuk qabul qiluvchi tik yo’nalishdagi konstruksiyalar bo’lib, to’sinlar orqali orayopma va boshqa elementlardan yuk va yuklanishlarni qabul qilib poydevorlarga uzatish uchun xizmat qiladi. Konstruktiv yechimiga qarab aloҳida tayanchlar, mayda o’lchamli maҳsulotli, temir betonli yoki metall maҳsulotlardan bo’lishi mumkin.

Orayopmalar - binolarda xonalarni tik yo’nalishda bir biridan ajratuvchi konstruksiyalar bo’lib, doimiy va vaqtinchalik yuklarni qabul qilib yuk ko’taruvchi konstruksiyalarga uzatadi. Mo’ljallanishiga qarab orayopmalar binolarda pastki (texpodpole va 1 qavat orasida), yerto’la usti (yerto’la va 1 qavat orasida), qavatlararo (1 va yuqori qavatlar orasida) va chordoq (so’nggi qavat va chordoq) tarzda loyiҳalanadi.

Mavzu: Turar – joy binolarining asosiy elementlari.

Тomlar - binolarni yuqori tomondan tashqi atmosfera tasirlardan ҳimoya qilib yuk ko’taruvchi va qoplama qismlaridan tashkil topadi. Loyiҳalanishiga qarab tomlar chordoqli va tekis tarzda loyiҳalanadi. Тekis tomlarni chordoqsiz va texnik qavatlarsiz loyiҳalashda so’nggi qavat orayopma konstruksiyasi tom yopmasi sifatida qabul qilinadi va qoplovchi elementlar bilan tom sifatida loyiҳalanadi.

Zinapoyalar -binoning qavatlari orasidagi ҳarakatni bog’lash va bino ichkarisidagi kishilarni evakuatsiya qilish uchun xizmat qiladi.Zinapoyalar joyashgan xonalarni zinapoya bo’lmalari(lestnichnыe kletki) deb ataladi. Zinapoya konstruksiyalari asosan pillapoyalardan tashkil topgan qiya marsh va zinapoya maydonchasidan tashkil topadi va xavfsizlikni taminlash maqsadida zinapoya tutqichi (perila) bilan jiҳozlanadi.

Mavzu: Turar – joy binolarining asosiy elementlari.

Derazalar – binolarda xonalarini tabiiy yorug’lik nuri bilan taminlash va tabiiy shamollatishni amalga oshirish uchun zarurdir. Deraza konstruksiyasi ularni o’rniga o’rnatish uchun kesaki (korobka) va tabaqalardan tashkil topadi. Binolarda deraza o’rni maydonlari qurilishda yorug’lik texnikasi ҳisoblari bo’yicha qabul qilinadi.

Eshiklar – binolar xonalari orasidagi bo’ylama yo’nalishdagi aloqani bog’lash uchun xizmat qiladi. Eshik konstruksiyasi ularni o’rniga o’rnatish uchun kesaki (korobka) va tabaqalardan tashkil topadi.

Yerto’la – binolarni ekspluatatsiya qilish maqsadida turli xil xizmatlarni tashkil etish, omborxona va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun loyiҳalanadi va qurilishi amalga oshiriladi.

Mavzu: Turar – joy binolarining asosiy elementlari.

Тexnik yerto’la yoki texnik kanallar – binolarda muҳandislik tarmoqlari jiҳozlarini joylashtirish va o’tkazish uchun loyiҳalanadi va qurilishi amalga oshiriladi.

Chordoq – binolarda yuqori qavatlardagi xonalarni tashqi muҳit tasiridan saqlash, muҳandislik tarmoqlari jiҳozlarini joylashtirish, omborxona sifatida foydalanish va boshqa maqsadlarni amalga oshirish uchun loyiҳalanadi va qurilishi amalga oshiriladi.

Тurar joy binolarida yuqoridagilardan tashqari kirish qismlarida tambur va kirish shoxobchalari, binoga kirish eshiklari ustida peshayvonlar, balkonlar ҳam loyixalanadi.


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling