19-mavzu Radiosignallarni qabul qiluvchi va qayta ishlovchi qurilmalar haqida umumiy tushunchalar reja: Qabul qiluvchi qurilmani vazifasi, ishlash usuli va turlari Radioqabul qilish qurilmalarining tuzilishi va ishlash prinsipi


Download 1.08 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1573172
Bog'liq
15-м


19-mavzu
Radiosignallarni qabul qiluvchi va qayta ishlovchi qurilmalar haqida umumiy tushunchalar
REJA:
1.Qabul qiluvchi qurilmani vazifasi, ishlash usuli va turlari
2. Radioqabul qilish qurilmalarining tuzilishi va ishlash prinsipi.
3. Qabul qiluvchi qurilmalarning asosiy tavsiflari.
4. Qabul qiluvchi qurilmalarning tarkibiy tuzilishi.
 
2
3
Radioqabul qiluvchi qurilmalarning tarkibiy qismlari:
1 - antenna; 2 –qabul qiluvchi qurilma; 3 - chiqish qurilmasi
Qabul qiluvchi qurilmalarning belgi va sifatlariga qarab ularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
- vazifasiga ko‘ra maxsus (radioaloqa, radiolokatsiya, radionavigatsiya va boshqalar), televizion va radioeshittirish hillari;
- sxemasiga ko‘ra to‘g‘ri kuchaytirgichli va supergeterodinli;
- tashkil etuvchi asboblariga qarab, tranzistorli, lampali yoki integral mikrosxemali;
- signallarni qayta ishlash usuliga qarab amplituda, chastota, faza yoki impuls modulyatsiyali;
- tuzilishiga qarab, ular statsionar, ko‘chma va mobil bo‘lishi mumkin.
RQQ radiokanalda egallangan o’rniga mos ravishda quyidagi asosiy vazifalarni ta’minlashi kerak:
- foydali signalni shovqindan yoki boshqa halaqit qiluvchi signallar aralashmalaridan ajratish;
- foydali signalni kuchaytirish;
- kirish tebranishlaridagi halaqitlarning ta’sirini so’ndirish;
- uzatiladigan xabarga mos tebranishlarni shakllantirish maqsadida radiochastota signallarini detektorlash.

RQQ ning asosiy vazifalarini aks ettiradigan umumlashtirilgan sxemasi


ЕA = hT E

ht – antennani ta’sir etuvchi balandligi,
Е – elektromagnit maydon kuchlanganligi.
ЕA – RQQQ sezgirligi.
Qabul qiluvchi qurilmalarning AChXsi
Tanlovchanlik koeffitsiyenti quyidagicha ifoda etiladi:
σT= Ko/ KΔf  
Ko - rezonans paytidagi kuchaytirish koeffitsiyenti,
K∆f = Ko/σT - shovqin signali chastotasi bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti.
Radioeshittirish uchun qabul qiluvchi qurilmalarning ishchi chastotalar diapazoni

Chastotalar diapazoni

To‘lqin nomi

150 – 402 kGts

Uzun to‘lqinlar

525 – 1605 kGts

O‘rta to‘lqinlar

3,2 – 26,1 MGts

Qisqa to‘lqinlar

65,8 – 73 MGts

I - Ultraqisqa to‘lqinlar

87,5 – 108 MGts

II - Ultraqisqa to‘lqinlar

2
3
4
5
1
6
To‘g‘ri kuchaytirgichli RQQQni tuzilish sxemasi
1-antenna, 2-kirish zanjiri, 3-yuqori chastota kuchaytirgichi, 4-detektor (demodulyator), 5-past chastota kuchaytirgichi; 6-chiqish qurilmasi.
To‘g‘ri kuchaytirgichli qabul qiluvchi qurilmaning asosiy kamchiligi:
  • nisbatan past sezgirligi;
  • chastota oshgan sari kuchaytirish va tanlash xususiyati kamayishi.

Supergeterodinli qabul qiluvchi qurilmaning strukturaviy sxemasi.
2
3
5
4
6
7
8
9
1
foch
fs
fg
Supergeterodinli qabul qiluvchi qurilmaning afzalliklari:
1. Signal tanlash xususiyati yaxshilanadi. Buning sababi shundaki, oraliq chastota qabul kilingan chastotadan nisbatan pastroq va OChKlarning AChX si “P” shakliga yaqinroq bo‘ladi.
2. Yuqori sezgirlikka ega. Supergeterodinli priyomnikda OChK lar faqat bitta va nisbatan past chastotani kuchaytiradi. OChK yuklamasidagi filtrlari ishlab chiqariladi, va OChK kuchaytirish koeffitsiyenti YuChK dan ancha katta bo‘ladi. OChK kaskadlarini kerakli miqdorda ko‘paytirish mumkin. Priyomnikning umumiy kuchaytirish koeffitsiyenti oshadi va sezgirligi ham oshadi.
3. Tanlash va sezgirlik chastota diapazoni bo‘yicha kam o‘zgaradi, chunki bu ko‘rsatkichlarni asosan OChK ta’minlaydi.
Nazorat savollari
1. RQQQ qanday vazifa bajaradi?
2. RQQQ ning turlarini sanab chiqing.
3. RQQQ ning asosiy parametrlari va tavsiflarini aytib chiqing.
4. To‘g‘ridan – to‘g‘ri kuchaytirish RQQQ ning tuzilish sxemasini keltiring va uning ishlash prinsipini tushuntiring.
5. Supergeterodinli RQQQ ning tuzilish sxemasini keltiring va uning ishlash prinsipini tushuntiring.
6. Supergeterodinli RQQQni tanlovchiligi xaqida ma’lumotlar keltiring.
Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling