Joylashish sharoitlari


Download 475.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana24.02.2023
Hajmi475.36 Kb.
#1227446
  1   2   3   4
Bog'liq
4-maruza



MARUZA № 4. FOYDALI QAZILMA VA QOPLOVCHI 
JINSLARNING SIFAT KО‘RSATKICHLARI. KONLARNING 
JOYLASHISH SHAROITLARI. 
 
Darsning maqsadi – Foydali qazilma va qoplovchi jinslarning sifatiga 
qо‘yiladigan talab haqida tushunchaga ega bо‘lish va konlarning joylashish 
sharoitlari bilan tanishish. 
Reja: 
1. Foydali qazilma haqida tushuncha. 
2. Foydali qazilma sifatiga talab. 
3. Konlarning joylashish sharoitlari. 
 
Foydali qazilma haqida tushuncha. 
Foydali qazilma boyliklariga xо‘jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar 
uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan sо‘ng 
ishlatiladigan barcha turdagi tog‘ jinslari kiradi. Qazib oluvchi va qayta ishlovchi 
texnikalarning rivojlanishi bilan kо‘pgina qoplovchi tog‘ jinslaridan foydali 
qazilmalar kabi foydalana boshlandi va bularning soni yildan-yilga oshib 
bormoqda. 
Foydali qazilmalar quyidagilarga ajratiladi: 
 metall (qora, rangli, asil, radiaktiv, va nodir metall ma’danlari); 
 nometall (metallurgiya, ximiya va boshqa sanoat tarmoqlari uchun xom 
ashyo); 
 yonuvchi (kо‘mir, yonuvchi slanetslar, torf va boshqalar); 
 qurilish tog‘ jinslari (ohaktoshlar, marmarlar, granitlar, shag‘al, qum va 
boshqalar). 
Foydalanishga yaroqliligini va iqtisodiy samaradorligini aniqlovchi 
xususiyatlar majmuiga foydali qazilma sifati deyiladi. Masalan, kо‘mirlar uchun: 
tarkibidagi kul mikdori (zolnost), namlik miqdori, bо‘lakligi, mineral aralashmalar 
miqdori, oltingugurt miqdori, yonish harorati va boshqalar, ma’danli foydali 
qazilmalar uchun esa-meyorlangan ximiyaviy elementlarning foizdagi hisobi
strukturaviy va teksturaviy xossalari va boshqalar sifat kо‘rsatkichlari hisoblanadi. 
Foydali qazilmalarning ba’zi sifat kо‘rsatkichlari asosiy hisoblanib, foydali 
kо‘rsatkichlar, boshqalari esa, ularni qayta ishlash va ulardan foydalanishni 
qiyinlashtiruvchi bо‘lib, zararli kо‘rsatkichlar hisoblanadi. Masalan: rangli metall 
rudalari uchun foydali kо‘rsatkichlar, bu – ajratib olinadigan metallar tarkibi
zararlilari esa – mishyak, ikkilamchi sulfidlar miqdori, yuqori namlik va boshqalar 
hisoblanadi. 


Foydali qazilma sifati geologik qidiruv davrida aniqlanadi va foydalanish 
jarayonida barcha uchastkalarda zaboydan iste’molchilarga yetkazib berishgacha 
bо‘lgan barcha texnologik jarayonlarda uzluksiz nazorat qilib boriladi. 

Download 475.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling