Jurnalistika fakulteti


Download 39.17 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi39.17 Kb.
#138657
Bog'liq
KURS ISHI


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI

O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

JURNALISTIKA FAKULTETI

KURS ISHI

MAVZU: JURNALISTIK MATERIALNING ILMIY-PUPLITSISTIK TAHLILI

Tekshirdi:

Bajardi:

TOSHKENT – 2018



REJA:

I. KIRISH.

II. ASOSIY QISM.

1.Publitsistika nima?

2.Jurnalist materialini ilmiy-publitsistik tahlili (“Jahon adabiyoti” jurnali materiallari tahlili).

III. XULOSA.

IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI.

KIRISH

Qadim zamonlardanoq jamiyat a'zolari yangilikka intilib yashaganlar. Shu ehtiyoj tufayli matbuot vujudga kelgan. Keyinchalik esa matbuot tarkibiga bosma usulda chiqariladigan gazeta va jurnallar bilan bir qatorda, uning texnikaga asoslangan yangi turlari – radio va teleko'rsatuvlar kelib qo'shilgach, bularning umumiy majmuasiga “Ommaviy axborot vositalari” (OAV) deb nom berildi. Muhtaram Prezidentimiz I. A. Karimov “...hozirgi paytda hayotimizni elektron axborot vositalari, xususan, televidenie va radiosiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bugungi kunda ular bir vaqtning o'zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy – siyosiy, ma'naviy – ma'rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy – estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda, desak, xato bo'lmaydi”1 deb aytgan fikrlarida ommaviy axborot vositalarining bor bo'y – bastini ko'rsatib berganlar. Yurtboshimizning bu fikrlarini bejiz keltirganim yo'q. Ha, haqiqatdan ham vaqt o'tgan sari Ommaviy axborot vositalari o'ziga xos yo'nalishiga va bir qator davr talab qilayotgan vazifalarga ega bo'lib bormoqda. Jurnalistlarimiz o'z mahorati, bilim va iste'dodi hisobidan zamonaviy axborot vositalarining imkoniyatlari, axborot to'plash va uni ommaga yetkazishning usul-uslublari haqida yetarli malaka va ko'nikmalarga ega. Bu sohaning sir asrori hammadan ham ko'ra ularga yaxshi ma'lum. Avvalam bor, hozirgi vaqtda ma'naviyat masalasi naqadar o'tkir va hal qiluvchi masalaga aylanib borayotganini aksariyat ko'pchiligimiz hali ham chuqur tushunib yetganimiz yo'q desak, o'ylaymanki xato bo'lmaydi. Yana takror aytishga to'g'ri keladi: ma'naviyatni yo'qotsak o'zimizni va o'zligimizni yo'qotamiz. Ma'naviyatni yuksaltirsak o'z murod maqsadimizga yetishda kuchli madad topamiz. Hozirgi kunda g'oyaviy muxoliflarimiz ma'naviyatimizga qarshi kuchlar aholimizga, ayniqsa yoshlarimizga nisbatan axborot xurujlari uyushtirishga, “ommaviy madaniyat” shaklidagi puxta niqoblangan tahdid va ta'sirlar o'tkazishga urinmoqda. Hammamizga ayon bo'lishi kerakki “Axborot asri” deb nom olgan XXI asrda hech qaysi davlat yoki jamiyat o'zini temir devor bilan o'rab tashlay olmaydi. Ayni paytda ahvol shunday ekan deb qo'l qovushtirib o'tirish ham to'g'ri kelmaydi. Bunday tahdidlarga javoban biz ham sodda bo'lmasdan, zarur chora tadbirlarni ko'rishimiz kerak. Yaxshi bilamiz, xalqimiz oqko'ngil, sodda va ishonuvchan. Matbuotda bosilgan, televideniedan, radiodan aytilgan gaplarga ishonch bilan qaraydi. Chetdan turib bizga qarshi ish olib borayotgan informatsion markazlar ham shundan foydalanib qolishga urinadi. Bundan holatlarning oldini olish, ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot ishlarini kuchaytirish uchun avvalo nimalarga e'tibor berishimiz lozim!



Ayni vaqtda biz ulug' siymolarimizni faqat nomlarini zikr etish, ularni shuhratiga mahliyo bo'lish bilan cheklanib qolmayapmizmi degan haqli savol tug'iladi. Ana shunday buyuk zotlarning faoliyati, jahon tarixidagi o'rni va ahamiyati, bugungi hayotga ta'siri haqida jamoatchiligimizga, yosh avlodga yetarlicha ma'lumot yetkazib berayapmizmi degan masala barchamizni o'ylantirishi kerak. Masalaga shu ko'z bilan baho berib, nima uchun butun dunyo ahli buyuk ajdodlarimizning merosi tan olishini bu ulug' zotlar nima hisobidan bunday yuksak e'tirofga sazovor bo'lgani, uning tub omillari, sabablari nimada ekanligini har tomonlama chuqur ochib berishga qaratilgan aniq tasvirlar va dalillar asosida ilmiy ommabop va ma'rifiy ko'rsatuvlar, hujjatli filmlar, maqola va risolalar yaratilayaptimi yo'qmi, yaratilayotgan bo'lsa, ular bugungi talablarga javob beradimi, degan savolni o'z o'zimizga berishimiz lozim. Afsuski, bu borada OAV tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni qoniqarli deb bo'lmasligini jurnalistlarimizning aksariyat ko'pchiligi ham yaxshi bilandi. Bu mavzuni yoritishdagi kamchilik va nuqsonlar haqida uzoq gapirish mumkin. Eng asosiysi – ba'zi o'rinlarda bilim va malaka, ijodiy mahorat va mas'uliyatning yetishmasligi desak, to'g'ri bo'ladi. Bugun biz yangi hayot, huquqiy demokratik davlat barpo etayotgan ekanmiz, zamonning o'zi jamiyatimizda hanuz saqlanib kelayotgan umrini o'tab bo'lgan ba'zi qarashlarni tubdan o'zgartirishga, davr bilan hamnafas bo'lib yangicha fikrlashga da'vat etayotganini o'ylaymanki, barchmiz yaxshi anglaymiz. Bu vazifalarni amalga oshirishda jurnalistlar ham shuni unutmasligi zarurki, mustaqil tafakkurni shakllantirishda albatta mahorat kerak, albatta mas'uliyat kerak va albatta xalqimizga xos odob-andishani yo'qotmasligi kerak. Tabiiyki, bunday bosqichlarga yetishish uchun bunday muhim hayotiy ko'nikmaga hayotimizning uzviy bir qismiga aylanish uchun OAV xodimlarining o'z bilim va malakasini muttasil oshirib borishi, muayyan sohaga ixtisoslashuvi ham katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda siyosat haqida gapirganda siyosatchi, iqtisodiyot haqida gapirganda iqtisodchi bo'lib fikr yuritishni ma'naviyat va ma'rifat haqida fikr yuritganda ma'rifatchi, hayotiy falsafiy muammolar xususida faylasuf bo'lib baxsga kirishishni mana shunday yuksak qobilyat va mahoratga ega bo'lishni hayotning o'zi jurnalistlarimiz oldiga eng muhim vazifa qilib qo'ymoqda.

1.Publitsistika nima?

Ma'lumki, publitsistika ijtimoiy hayotni aks ettirishda muhim o'rin tutadi. “Publitsistika – ijod” ekanligi ilmiy asoslangan2. Uning asosiy vazifalaridan biri – jamiyat hayotida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga nisbatan jamoatchilik fikrini uyg'otishdan iboratdir. Nazariyotchilar fikricha, “Publitsistika insoniyatning hayotini bilish, uni idrok etish, olamda yuz berayotgan voqea va hodisalardan xabardor bo'lish va ulardan o'zi uchun tegishli xulosalar chiqarish vositasidir”3. Matbuotda yortiladigan xabar va maqolalarning asosini publitsistika tashkil etadi. Publitsistika lotincha “publicus” – ijtimoiy so'zidan olingan bo'lib, adabiy-siyosiy ijod demakdir. Ya'ni, publitsistika ijtimoiy hayotni aks ettirishning alohida bir turi hisoblanib, jamiyat hayotining shu kundagi, ayni zamondagi holatini, yutuq va kamchiliklarini, muammolarini o'zida aks ettiradi va shu kunga, ayni zamonga xizmat qiladi. Publitsistikaning vazifasi jamiyat hayotida shu kun, ayni zamonda yuz bergan voqealar, hodisalar haqida jamiyatni xabardor qilish, undagi mavjud masalalar, muammolar bo'yicha jamoatchilik fikrini uyg'otishdan iboratdir. Filologiya fanlari doktori Muxtor Xudoyqulov publitsistika ijtimoiy hayotni aks ettirish ko'rinishlaridan bo'lgan adabiyot va san'atda ham keng o'rin egallaydi, ammo uning asosiy faoliyat ko'rsatadigan maydoni matbuot, deb hisoblaydi. Olim publitsistikaning ichki ijtimoiy-ijodiy tarkibida siyosat, fan va adabiyot xususiyatlarining mavjudligini ko'rish mumkinligi haqida so'z yuritadi, publitsistika avvalo, ijtimoiy-siyosiy hodisa, unda hayot ma’lum bir davr, tuzum, ijtimoiy-siyosiy qarashlar nuqtai nazaridan aks ettiriladi, shu kungi hayotdan olingan fakt, hodisa va voqealar haqida fikr yuritiladi, tahlil etiladi, baholanadi, xulosalar chiqariladi, degan xulosaga keladi. Mutaxassis fikricha, publitsistika hayotni tasvirlashda o'quvchining faqat ongigagina emas, his-tuyg'ularini ham uyg'otishda badiiy adabiyot vositalaridan obraz va obrazlilik, sujet, kompozitsiya til va uslub hamda boshqalardan ham foydalanadi. Bu jihatdan ayrim publitsistik asarlar badiiy adabiyot asarlariga yaqin turadi. Publitsistika ijtimoiy hayot haqida xabar berishi, uni tahlil qilishi va shu bilan birlikda uni jonli, ta’sirchan tasvirlashi lozimdir. Shu nuqtai nazardan u uch tarkibiy qismga bo'linadi. Bular axboriy (xabardor qiluvchi), tahliliy va badiiy publitsistikadir. Publitsistikaning bu qismlari o'zlariga xos janrlariga egadir. Publitsistika ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olishi ham uning muhim xususiyatidir. Mutaxassis olim bu jihatdan ijtimoiy-siyosiy publitsistika, ilmiy publitsistika, adabiy-badiiy publitsistika, hajviy publitsistika va boshqa xillarga bo'linishini izohlab beradi4. Publitsistika sohasidagi eng muhim talab – ijodiy mahoratga ega bo'lishdir. Busiz hech bir ijodkor pulitsist ko'zlagan maqsadiga erisha olmaydi, yoki uni hech kim ijodkor sifatida tan ham olmaydi. Publitsist avvalo, yetarli darajada nazariy, huquqiy bilimga ham ega bo'lishi shart. Nazariyotchilar fikriga ko'ra, jurnalistikada har bir janr muayyan vazifani bajarishi yaxshi ma'lum. Dotsent Ahmadjon Meliboyev yozganidek, publitsistika hayotning barcha sohalarini qamrab oladi va shu bois badiiy ijod kabi bir necha (ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-tahliliy, iqtisodiy, adabiy-badiiy, madaniy-ma'rifiy, hajviy) sohalarga bo'linadi5. Dolzarb muammolarni yoritishda publitsist masalaning ana shu jihatlariga e'tibor qaratishi muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy publitsistika jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy jarayonlarga, dunyo miqyosida yuz berayotgan, odamlar ong-shuuriga, dunyoqarashi va turmush tarziga ta'sir ko'rsatayotgan voqea-hodisalarga tezkor va xolis munosabat bildiruvchi ijodiy tafakkur mahsulidir. Bu janr o'quvchi ongiga tez ta'sir ko'rsatadi, biror bir vazifa yoxud muammo xususida jamoatchilik fikrini yuzaga keltiradi, bu fikrni aniq maqsad yo'nalishida rivojlantiradi ham.

Publitsistika – ijod” ekanligi ilmiy asoslangan. Uning asosiy vazifalaridan biri – jamiyat hayotida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga nisbatan jamoatchilik fikrini uyg'otishdan iboratdir. Nazariyotchilar fikricha, “Publitsistika insoniyatning hayotini bilish, uni idrok etish, olamda yuz berayotgan voqea va xodisalardan xabardor bo'lish va ulardan o'zi uchun tegishli xulosalar chiqarish vositasidir”6. Ayni shu masalalar bundan bir necha asrlar ilgari yozilgan “Qutadg`u bilig” da ilgari surilgan. “Publitsistika jamiyat hayotining barcha qirralarini yoritishda o'ziga xos vosita va usullardan foydalanadi. Jumladan, adabiy-badiiy publitsistika o'zida hayotning barcha sohalarini aks ettirsa-da, bunda u alohida adabiy-badiiy vositalarga tayanadi. Ya'ni badiiy publitsistika hayotga badiiy adabiyot nuqtayi nazaridan yondashadi hamda matbuot bilan adabiyot o'rtasida turadi, ularni bir-birlariga uzviy bog'laydi”



2.Jurnalist materialini ilmiy-publitsistik tahlili (“Jahon adabiyoti” jurnali materiallari asosida).

Jurnalistik mehnat, jurnalistik ijod, yozuvchilik ana shunday mas'uliyatli kasbdir. Jurnalist mehnatining mahsuli – ijodiy materialning ko'p jihatdan samarali chiqishini ta'minlovchi asosiy unsur ham ko'p jihatdan jurnalistning mehnatiga, qobiliyatiga bog'liq. Jurnalistik asarning ta'sirchanligini ta'minlashda asarning mazmuniy va shakliy ahamiyati, kompozitsion tuzilishi ham yetakchi rol o'ynaydi. Mazkur bobda jurnalistik asarning tuzilishi, shakl va mazmuni, kompozitsiyasi xususida fikr yuritamiz. Insonni tirik mavjudot sifatida borliqda mavjudligining mezoni sifatida tana va ruh tushunilganidek, ijodiy asarning asosini ana shunday yetakchi omillar – mazmun va shakl birligi tushuniladi. Ijodiy asarni qismlarga bo'lib o'rganishda dastavval mazmun va shakl hodisasini tadqiq etish lozim bo'ladi. Zero, har qanday predmet, hodisa, narsa – o'zining mazmuni va shakli mutanosibligida voqe bo'ladi va mavjudligini, bir butunligini namoyon etadi. Buning uchun jurnalist to'plagan barcha axborotlarni sinchikovlik bilan o'rganish talab etiladi. Belgilab qo'ygan qaydlarni har birini diqqat bilan o'qishi, o'qiganda ham shunchaki emas, tasavvur qilib o'qishi samara beradi. Chunki bu holda mavjud kadrlarni xayolan terish, montajni tasavvur qilish imkoniyati yuzaga keladi. Bu jarayonda kerakli faktlarni e'tibordan chetda qoldirmaslik kerak bo'ladi. Axborot to'plash jarayonida ba'zan keragidan ortiq ko'p ma'lumotdarga ega bo'lish mumkin. To'plangan faktlar ba'zan, mavzuning bir necha qirralarni ochib beradi. Agar uning har bir qirrasi haqida bir lavha davomida to'xtalsa, mavzuning hech Bir jihati to'liq yoritilmaydi. Shuning uchun ham faktlarning asosiysini tanlay bilish muhim.

“Hozirgi zamon jurnalistikasi” kitobi mualliflari fikricha, mazmun asosida hamisha tasvirlash predmeti yotadi. Har gal jurnalist yuz berayotgan ijtimoiy voqea va hodisani soxtalashtirmay, bo'rttirmay va yolg'on-yashiq aralashtirmay yetkazishga da'vat etilgan. Biroq G.V. Kolosov fikricha, predmet va mazmunni ayni bir xillashtirmaslik lozim. Zero, “asarning mazmuni shunchaki tanlab olingan hodisa bilan birdek qilib qo'yilmaydi yoki biz ba'zan og'iz to'ldirib aytiladigan faktlar “hayotdan yulib olingan”, “yalang'och” faktlar kabi iboralardagidek, ularga hech nima qo'shilmagan va ulardan hech nima olib tashlanmagan, yolg'iz hayot, “g'aflatligida qo'lga tushgan” va gazeta sahifasida yoki teleekranda berilgan...”.

Mazkur holatda mazmun ob'ekt va sub'ekt nisbatida namoyon bo'ladi. Boshqacha aytganda, jurnalist asarining mazmuni jurnalist ijtimoiy hayotdagi faktlar, hodisalar va voqealarni tanlab, tasvirlashi natijasidir. Bu uning dunyoqarashi, tajribasi, ijtimoiy-siyosiy mo'ljali, jurnalist ijtimoiy yo'nalishi, u ishlayotgan nashr turi hamda uning materiali bag'ishlangan ommaviy auditoriyaga ko'p jihatdan bog'liq.

Juralistik asar mazmuni asosini doimo aks ettirish predmetidan tashkil etadi. Zero, jurnalist hamisha sodir bo'lgan ijtimoiy hodisa yoki voqeaning aniq mazmunini yetkazii kerak. Ammo mazmun va aks ettirish predmeti orasida farq mavjud. Asar mazmuni alohida olingan hodisani aytib berish va gazeta sahifalariga ko'chirish bilan cheklanmaydi. U obyekt va subyekt munosabatini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, jurnalist asarining mazmuni bu jurnalist tanlab olgan va aks ettirgan ijtimoiy hayotning fakt, voqea va hodisalari natijasidir. Bu natija fotografik ko'chirma emas, balki real voqelikning subyektiv hosilasidir. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, jurnalistika sohasida, jumladan, matbuot sohasida faoliyat yuritayotgan kishilarning mehnati hosilasi – tayyorlangan yozma mahsulot ham ijod – jurnalist ijodi hisoblanadi.

Jurnalistika asarida mazmun bir qator unsurlarni qamrab oladi. Turli hollarda ular turli-tuman tarzda namoyon bo'ladi. Masalan, axborot janrlarida, avvalo, qaydlarda, shunday faktlar belgilovchi ahamiyat kasb etadi. Aytaylik, korrespondentsiya, maqola, sharhlarda yolg'iz faktlargina emas, balki ularga bo'lgan muallif munosabati yetakchilik qiladi. Uchinchi holda mazmunda birinchi o'ringa g'oya, mavzu, muammo chiqadi.



Umuman olganda, jurnalistik asar yaratish, yozuvchilik, anchagina mashaqqatli soha hisoblanadi. Sifatli, o'qishli material yozish uchun, umuman shu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun jurnalist - yozuvchidan kattagina bilim bilan bir qatorda yuksak iqtidor ham talab qilinadi. Bu to'g'rida mamlakatimiz Prezidenti ham shunday e'tirof etgan edi: “Mening fikrimcha, yozuvchilik – bu oddiy kasb emas, xudo bergan iste'doddir. Bu – qismat, peshonaga yozilgan taqdir. Bu kasbga hech qaerda o'qitib, o'rgatib bo'lmaydi. Yozuvchilikning maktabi ham, dorulfununi ham bitta. U ham bo'lsa, bir umr hayotning ichida bo'lish, o'z xalqi bilan hamdardu hamnafas bo'lib yashash, haqiqat va adolatga sadoqat bilan xizmat qilishdir”. Bevosita tahlilga o`tsak, jurnalistik material tahlili:

  1. Umumiy ma’lumotlar:

Jurnalistik material nomi: “Tush – g`aroyib jumboq”.

Jurnalistik material muallifi: Abdulla Ulug`ov.

Jurnalistik material manbasi: “Jahon adabiyoti” jurnalidan o`rin olgan material.

Jurnalistik materilaning yozilish uslubi: material bayonchilik uslubida, asosan tahliliy-mulohaza usulida jonli tilda yozilgan va o`quvchiga tushunarli va bir o`qishda mazmunini anglab oladi.

  1. Jurnalist asari mazmuni unsurlari bo`yicha tahlil:

Jurnalistik material mavzusi:material mazmuni muallif tomonidan insonlarning tush ko`rishi, tushning xosiyati, qanday hollarda tush ko`rishi, inson tushining yaxshi tomoni yoki yomon tomonlari ilmiy asoslar bilan izohlangan. Undan misollar keltirilgan va tahlil qilingan.

Jurnalistik material g`oyasi: materialda inson tushini yomonlikk yo`ymaslik, hamma narsadan yaxshilik izlash, ba’zida insonlar tushlar orqali o`z kelajagini yoki oldinda ularni nimalar kutishini bilishi mumkin. Tushdagi yomon hodislarni hayotda doim ham bo`laveradi deb qabul qilmaslik lozim.

Jurnalistik materialda faktlar va dalillash turlari: materialda fakt va dalillarning quyidagi ko`rinishlari uchraydi. Ya’ni muallif mavzuni ochib berishda faktlarga va dalillarga ko`proq murojaat qiladi:

  1. Materialning kirish qismida inson nimaga tush ko`rishi, uning qanday xususiyati bo`lishi, tush aslida qanday ma’noni anglatishi;

  2. Tushni tahlil etishda keltirilgan muallifning mulohazalari – ya’ni “sog`lom fikrli” faktlar;

  3. Yuqoridagi fikrlarni asoslash uchun avvalo, folklorlarga, mumtoz adabiyot namunalariga, shuningdek, badiiy adabiyot namunalaridan parchalar va tush bilan bog`liq misollar keltirilgan. Ya’ni “Alpomish”, “Go`ro`g`li”, Kuntug`mish”, “Rustamxon”, “O`tgan kinlar” romanidan parcha, Jaloliddin Rumiy asaridan parcha, Dostayevskiy romanlaridan parchalar, Hadisda, Qur’onda ham keltirilgan oyatlardan namunalar bilan asoslangan (tarixiy faktlar);



  1. Jurnalist asari shakli unsurlari bo`yicha tahlil:

Jurnalistik material janri: ushbu material tahliliy-analitik janrlar guruhiga mansub bo`lib, muallif tomonidan publitsistik material deb baholangan, aslida tahliliy maqola hisoblanadi.

Jurnalistik material kompozitsiyasi tuzilishi: materialning dastlabki xat boshisi (abzast) materialning kirish qismi hamda matnning asosiy g`oyasi va muammosiga olib kiruvchi kompozitsion bo`lagi hisoblanadi. Materialning 2-, 3-, 4-, 5-xat boshilari asosiy g`oy ava maqsad, ziddiyat ilgari surilgan sujet chiziqlari hisoblanib bu abzastlar muallifning murojaat ko`rinishidagi tahliliy mulohazalari va buyuk adiblar fikr va qarashlari orqali ochib berilgan. Materialning xulosa qismida muallif o`z tavsiya va mulohazalarini bergan va yetarlicha xulosa chiqarish auditoriyaning o`ziga qoldiradi.

Jurnalistik materialda qo`llanilgan leksik-uslubiy vositalar:

  • Maqollar va maqolnamo jumlalar: “Yolg`on so`z rizqni qiyar” – yolg`on gapirmaslik ya’ni tushda ko`rmagan narsani ko`rdim deyish kerak emas.

  • Frazeologik birliklar (iboralar): turmush juda chigal, yo`qlik qa’riga singib ketmoq, og`iz ochmoq, yuragi gup-gup etmoq, ma’lum qilmoq, ma’qul ko`rmoq, panoh tilamoq, yuzaga qalqib chiqmoq, sho`ngib ketmoq, junbushga kelmoq va hokazo.

  • Parafrazalar (tasviriy ifodalar): matnda parafrazalar qo`llanilmagan.

  • Okkazional birliklar (muallifning shaxsiy topilmasi): koinot gultoji, inson jumboq dunyosi, alg`ov-dalg`ov tushlar.

  • Mavzuga mos istiloh va atamalar: tush, tush ko`rish, tush xosiyati, uyqu, uyg`onish, inson va hokazo.

  • Kinoya, kesatiq, piching, sarkazm (achchiq kinoya): tushingni suvga ayt.

  • Epitet (sifatlash) va o`xshatishlar (istiora), qiyoslar: tush oqar suvday to`xtamasdan o`tib ketadi, tushni “ikki karra ikki to`rt” degan tarzda tushuntirib bo`lmaydi, haqiqat yombi kabi hech qachon yaxlit bo`lmaydi, o`likday uxlab qolmoq va hokazo.

  • Peyzaj (tabiat tasviri) va portret (obraz tasviri) usullari: “O`tgan kunlar” romani qahramoni Otabekning tush ko`rishi, “Jinoyat va jazo” romani qahramoni Roskalnikovning tush ko`rishi, Yusuf alayhissalomning Misr podshosi tushining ta’birini aytishi, “Ulug`bek xazinasi” asarida Abdulatif tushining tasvirlanishi, “Ko`hna dunyo” asarida Sulton Mahmud tushlarining tasviri va hokazo.

Xulosa qilish mumkinki, inson tush ko`rishi tabiiy hodisadir, ammo u ko`rgan tushini eslab qololmaydi, ya’ni uzuq-yuluq xotiriga keltiradi. Tush ko`rishni xosiyatini aslo yomonlikka yo`ymaslik kerak. Chunki dostonlarda qahramonlar bir-birlarini tushlar vositasida uchratishadi, mehr-muhabbat uyg`onadi va kelajagini ko`rishadi. Tushni uyquda odam jismi orom olgan vaqt ko`rish mumkin.

  1. Umumiy ma’lumotlar:

Jurnalistik material nomi: “Zigmund Freyd ta’limoti yoxud “dardingni olay birodar”.

Jurnalistik material muallifi: Rahmon Qo`chqor.

Jurnalistik material manbasi: “Jahon adabiyoti” jurnalidan o`rin olgan material.

Jurnalistik materilaning yozilish uslubi: material bayonchilik uslubida, asosan tahliliy-mulohaza usulida jonli tilda yozilgan va o`quvchiga tushunarli va bir o`qishda mazmunini anglab oladi.

  1. Jurnalist asari mazmuni unsurlari bo`yicha tahlil:

Jurnalistik material mavzusi: material mazmuni Avstriyalik mashhur faylasuf, psixolog va psixiatr Zigmund Freydning hayoti va faoliyati, shuningdek u yaratgan nazariyaning bugungi kundagi ahamiyati, ba’zida inson yaqinlariga aytolmagan gapini begona insonlarga ko`ngliga yaqin olib dardini to`kib solishi, dardiga sherik bo`lish, biz o`zbeklar hayotida qanday ko`rinishda uchrashi tahlil qilingan.

Jurnalistik material g`oyasi: materialda har bir inson o`z hayoti va faoliyati davomida insonlarga nafi tegadigan inson bo`lishi va jamiki amallari bilan shunga harakat qilishi, bir insonga yashash umidini berish, hayotga muhabbat uyg`otish, bu kabi ulkan ishni barcha insonlar doim qilishi shart.

Jurnalistik materialda faktlar va dalillash turlari: Materialda muallif mavzuni ochib berishda fakt va dalillarga kop ham murojaat qilmagan. Materialda fakt va dalillarning quyidagi ko`rinishlari uchraydi.

  1. Materialning kirish qismida Zigmund Freydning tarjimai holi ya’ni hayot va faoliyati;

  2. Mavzuni tahlil etishda keltirilgan muallifning mulohazalari – ya’ni “sog`lom fikrli” faktlar;

  3. Mavzuni to`liq ochib berishda muallifa ko`proq fakt sifatida Freyd haqidagi ma’lumotlarga tayangan, shuningdek, Freydning shogirdlari u haqida yozib qoldirgan faktlarga asosan material tayyorlangan;



  1. Jurnalist asari shakli unsurlari bo`yicha tahlil:

Jurnalistik material janri: ushbu material tahliliy-analitik janrlar guruhiga mansub bo`lib, muallif tomonidan publitsistik material deb baholangan, aslida tahliliy maqola hisoblanadi.

Jurnalistik material kompozitsiyasi tuzilishi: materialning dastlabki xat boshisi (abzast) materialning kirish qismi hamda matnning asosiy g`oyasi va muammosiga olib kiruvchi kompozitsion bo`lagi hisoblanadi. Materialning 4-, 5-, 6-, 7-xat boshilari asosiy g`oy ava maqsad, ziddiyat ilgari surilgan sujet chiziqlari hisoblanib bu abzastlar muallifning tahliliy mulohazalari va buyuk adibning fikr va qarashlari ochib berilgan. Materialning xulosa qismida muallif o`z tavsiya va mulohazalarini bergan va yetarlicha xulosa chiqarish auditoriyaning o`ziga qoldiradi.

Jurnalistik materialda qo`llanilgan leksik-uslubiy vositalar:

  • Maqollar va maqolnamo jumlalar: “elakka chiqqan xotinning ellik og`iz gapi bor”.

  • Frazeologik birliklar (iboralar): salmog`i chakana emas, xotiramdan ko`tarilibdi, sedan chiqarmoq, izhor qilmoq, ko`ngilni anglash, mavh etmoq, tavallud topmoq, dardingni hovuringni olay birodar, odam taftini odam oladi va hokazo.

  • Parafrazalar (tasviriy ifodalar): matnda parafrazalar qo`llanilmagan.

  • Okkazional birliklar (muallifning shaxsiy topilmasi): darddoshlik seansi, issig`ida izhorini topmagan tuyg`ular, ilm tishi chiqmoq.

  • Mavzuga mos istiloh va atamalar: faylasuf, psixolog, psixiatr, ta’limot, ilm, fan, ong, ongosti, g`ayrishuur, asarlar, odamzod va hokazo.

  • Kinoya, kesatiq, piching, sarkazm (achchiq kinoya): Burni oqib turgan bolasimi yoki kunbo`yi ishlab “tog`ni talqon qilib” horigan, “qulog`iga xotinlarning mayda gapi yoqmaydigan” erimi? Ogiz ochib ko`rsin-chi nima javob eshitar ekan va hokazo.

  • Epitet (sifatlash) va o`xshatishlar (istiora), qiyoslar: oq xalatli iblis.

  • Peyzaj (tabiat tasviri) va portret (obraz tasviri) usullari: xotinlarning qozondagi yog`i yonib ketar darajaga kelgan bo`lsa ham, og`ilxonadagi sigirini o`g`ri urib ketsa ham “serial” dan ko`z uzolmay qolishi. Erkaklarning ham imkon topildi deguncha “gap”, “osh” bahona yig`ilishga oshiqishning ostida shu sabab-omillar yashirin emasmi? kabilar.

Xulosa qilib aytganda, ushbu maqolada Freydning hayot yo`li naqadar chigal ekani, ammo shunga qaramasdan, doimo olg`a harakat qilgani va maqsadga erishgan. Shuningdek, odamlarga doimo yaxshilik qilishga dardmandlarga, hayotdan, yashashdan umidini uzgan insonlarga yangi hayot berishga harakat qilgani, birovlarning dardiga sherik bo`lib uning og`irini yengil qilishga harakat qilgan va u yaratgan psixoanaliz nazariyasini amaliyotga tadbiq qilingani va bugun o`z samarasini berayotganligi bu ta’limot asoschisi uning mohiyatini chuqur anglab insonlarga yetkazgan. “Nafing qancha bo`lsa umring ham shuncha” deb bejizga aytishmagan. Shunday ekan Freyd ta’limoti yashayotgan ekan u ham barhayotdir.



  1. Umumiy ma’lumotlar:

Jurnalistik material nomi: “Qissago`y” Nobel ma’ruzasi.

Jurnalistik material muallifi: rus tilidan Amir Fayzulla tarjimasi.

Jurnalistik material manbasi: “Jahon adabiyoti” jurnalidan o`rin olgan material. 2012]3-yil 5-son.

Jurnalistik materilaning yozilish uslubi: material bayonchilik uslubida, asosan tahliliy-mulohaza usulida jonli tilda yozilgan va o`quvchiga tushunarli va bir o`qishda mazmunini anglab oladi.

  1. Jurnalist asari mazmuni unsurlari bo`yicha tahlil:

Jurnalistik material mavzusi: material mazmuni xitoylik mashhur yozuvchi Mo Yan bir necha asarlari bilan olamga mashhur. Yozuvchi 2012-yilda “Musallas o`lkasi” romani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlanadi va mazkur marosimda so`zlagan nutqi berilgan. unda Mo Yanning yoshligi, onasi bilan tirikchilik vajida qiyinchilik va azoblarga duchor bo`lganligi, ammo onasi ko`rsatgan to`gri yo`l bilan yashab mana shunday buyuk darajaga erishgani, qissago`ylardan qissalar eshitib uni oila a’zolariga o`zidan qo`shib-chatib gapirib bergani va shu asosda ijodiga ilk qadamlar qo`ygani va asarlarining dunyoga kelish tarixi haqida.

Jurnalistik material g`oyasi: materialda har bir inson biron cho`qqini zabt etishidan oldin unga tayyorgarlik ko`radi, har bir joyda qiyinchilik, azob-uqubatga duch keladi va shu asnoda pishib yetiladi. Axir aytishadiku, “jon chekmasang jonona qayda” deb. Shunday ekan har bir inson maqsadga erishish uchun astoydil harakat qilmog`i darkor.

Jurnalistik materialda faktlar va dalillash turlari: Materialda muallif mavzuni ochib berishda fakt va dalillarga kop ham murojaat qilmagan. Materialda fakt va dalillarning quyidagi ko`rinishlari uchraydi.

  1. Materialning kirish qismida Mo Yanning tarjimai holi ya’ni hayot va faoliyati;

  2. Mavzuni tahlil etishda keltirilgan muallifning mulohazalari – ya’ni “sog`lom fikrli” faktlar;

  3. Mavzuni to`liq ochib berishda muallifa ko`proq fakt sifatida Mo Yan haqidagi ma’lumotlarga tayangan, shuningdek, Mo Yan o`zi haqida taqdirlash marosimida batafsil ma’lumot bergan va shu faktlarga asosan material tayyorlangan;



  1. Jurnalist asari shakli unsurlari bo`yicha tahlil:

Jurnalistik material janri: ushbu material tahliliy-analitik janrlar guruhiga mansub bo`lib, tahliliy maqola hisoblanadi.

Jurnalistik material kompozitsiyasi tuzilishi: materialning dastlabki xat boshisi (abzast) materialning kirish qismi hamda matnning asosiy g`oyasi va muammosiga olib kiruvchi kompozitsion bo`lagi hisoblanadi. Materialning 5-, 6-, 7-, 8-, 9-xat boshilari asosiy g`oy ava maqsad, ziddiyat ilgari surilgan sujet chiziqlari hisoblanib bu abzastlar muallifning tahliliy mulohazalari va buyuk adibning fikr va qarashlari ochib berilgan va sarlari tahlil qilingan o`zi tomonidan. Materialning xulosa qismida muallif o`z tavsiya va mulohazalarini bergan va yetarlicha xulosa chiqarish auditoriyaning o`ziga qoldiradi.

Jurnalistik materialda qo`llanilgan leksik-uslubiy vositalar:

  • Maqollar va maqolnamo jumlalar: sukut alomati rizo, odamdagi odatni o`zgartirishdan tog`ni joyidan qo`zg`atish yoki daryo o`zanini buzish osonroq – ya’ni tarki odat-amri mahol, toqatini toq qilmoq.

  • Frazeologik birliklar (iboralar): yengil-boshini qoqdi, qanot yozmoq, umidbilan qaramoq, otashin xohish, tilini burro qilmoq, terisiga sig`may quvonmoq, nish urmoq, jonidan to`ydirmoq, chirib bitmoq va hokazo.

  • Parafrazalar (tasviriy ifodalar): men onamning “supra qoqdisi” edim.

  • Okkazional birliklar (muallifning shaxsiy topilmasi): aft-andomim, bir yoshi o`tinqiragan xaridor, o`qiganim vajidan, da’vatgo`y, zamona zayliga qarshi boruvchi.

  • Mavzuga mos istiloh va atamalar: mashhur adib, Nobel mukofoti, taqdirlandi, ijod, asarlari, qissago`y, mahorat, oila va hokazo.

  • Kinoya, kesatiq, piching, sarkazm (achchiq kinoya): daraxtlarga “doston” qilardim, men “nasibamni” oldim.

  • Epitet (sifatlash) va o`xshatishlar (istiora), qiyoslar: to`tidek sayrab hikoya qilardim, olovdek bir tulki sakrab chiqdi, sayoq batrak dehqonga o`xshab, ikkisi – lang`illab yonib turgan o`choq, men esa – bir parcha muzman, zamonaviy qissago`y kabi, achchiq-achchiq ko`z yosh to`kdi.

  • Peyzaj (tabiat tasviri) va portret (obraz tasviri) usullari: onajonim bilan bug`doyzorga mashoq (boshoq) tergani bordik. Onam 1994-yil vafot etdi biz uni qishlog`imizning kunchiqar tomonidagi shaftolizorga dafn qildik va hokazo.

Xulosa qiladigan bo`lsak, bo`ladigan bola boshdan ma’lum deganlaridek, haqiqiy iste’dod sohibi yoshligidan o`zi tanlagan yo`ldan shahdam qadam bosib keladi. Ertangi kunga ishonch, qiyinchiliklarni mardonavor yengib o`tadi. Mo Yan xuddi shunday iste’dod sohibi edi. U buni uddaladi desak mubolag`a bo`lmaydi. Yoshligida qissago`ylardan eshitgan qissalari ertangi kunga zamin yaratdi va u ham orzu qilganidek mashhur va buyuk qissago`y bo`lib yetishdi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, har qanday OAVsining faoliyati, yo'nalishi, mavqei jamiyatda hukm surayotgan ijtimoiy-siyosiy ahvol bilan chambarchas bog'liklikda kechadi, shakllanadi. Mazkur omil jurnalistning shaxsiga, uning kasb maxoratiga va odobiga ham chambarchas bog'likdir. Bugungi jamiyatimizni Ommaviy axborot vositalarisiz izohlash qiyin. Yurtimizda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning amalga oshirilishida OAVning samarali ta'sirchanligiga bog'liq tomonlari ko'p. Shu jumladan, bugungi kunda OAVlari orasida televideniening jamiyatimizda tutgan roli matbuot va radioga nisbatan kattadir. Televideniyening faoliyatini tubdan isloh qilish, jamiyatimizning turli sohalarini chuqur o'zlashtirish, mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy hayotini isloh qilish va tezkorligini oshirishda televidenie asosiy bo'g'in bo'lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, Ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritib kelayotgan jurnalistlarimizning bu sohadagi izchil harakatlari o'zini oqlamoqdaki, televidenie, radio, matbuot borasida ham talaygina ishlar amalga oshirildi. Kadrlar tayyorlash dasturi ishlab chiqilib tadbiq etilgandan beri yetakchi malakali mutaxassislar tayyorlash, mahoratli va ijodkor jurnalistlar yetishtirish, ularni kelajakda mukammal xodim bo'lib mustaqil faoliyat yurata bilishlari uchun anchayin keng imkoniyatlar yaratildi. Har bir lavha, eshittirish yoki maqola jurnalistning ish faoliyati va izlanuvchanligi, ijodiy mahorati, aqliy salohiyati, ishining puxtaligi bilan o'lchanadi. Biz bugungi kun jurnalistikasini avvalgidan anchayin o'sgan desak aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Negaki, yetishib chiqayotgan kadrlar, ularning qilayotgan ishlari bugun Jurnalistikaning, OAVning To'rtinchi hokimiyat bo'lishiga imkon yaratdi. Shu sababli ham bugungi urnalistika, ilgarigi jurnalistikadan ancha salohiyatli va mukammal, o'sgan deya bemalol ayta olamiz. Jurnalistik material yozish uchun zamon uchun nihoyatda muhim bo`lgan ijtimoiy muammo yoki mavzuni topish, uni analiz qilish, qay yo`sinda auditoriyaga yetkazish, qay jihatlariga e’tibor berish, shuningdek, auditoriya ehtiyojlarini to`liq qondirish bugun har bir jurnalist vazifasiga aylanmoqda. Jurnalistik materialni tahlil qilish ancha murakkab jarayon hisoblanib kishidan ancha mehnat talab qiladi. Analiz qilish uchun yetarlicha bilim va ko`nikmaga ega bo`lishi lozim.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

I-O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ASARLARI

  1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O`zbekiston, 2017.

  2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarli – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. T:. O`zbekiston. 2017.

  3. Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha 2017-2021-yillarga mo`ljallangan Harakatlar strategiyasi to`grisidagi Farmoni. 2017-yil 7-fevral.

  4. Mirziyoyev Sh.M. Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2017-yil 22-dekabr.

  5. Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. \\www.uza.uz.

  6. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: 2008-yil.

  7. Karimov I.A. Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari. Toshkent:. O`zbekiston. 2000.

  8. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. Toshkent. Sharq. 1998.

  9. Karimov I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent. O`zbekiston. 1998.

  10. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3. –T.: O'zbekiston, 1996.

II-NAZARIY ADABIYOTLAR

  1. Bekmurodov M. O'zbekistonda jamoatchilik fikri. –T.: Fan, 1999.

  2. Do'stqorayev B. “O'zbek jurnalistikasi tarixi”, Toshkent, 2009.

  3. Eshbekov T. Axborot-psixologik xavfsizlik. O`quv qo`llanma. – T:. O`zMU, 2013.

  4. Eshbekov T. Mafkura maydonida axborot-psixologik xavfsizlik. O`quv qo`llanma. – T:. O`zMU, 2011.

  5. Eshbekov T. Adibning o'ziga xos olami. //www.uchildiz.uz.

  6. Meliboyev A. Publitsistikada davr ruhi va ijtimoiy talqin. O'quv qo'llanma. –T.: \\G'. G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011.

  7. Mo'minov F. Jurnalistika ijtimoiy institut sifatida. –T.: Universitet, 1998.

  8. Mirzayev I. Badiiy ocherkning ba'zi masalalari. T., «Fan», 1964.

  9. Miralimov SH, Eshbekov T. Jurnalistika, ma'naviyat, jamiyat. –T. O'zbekiston, 2010.

  10. Xudoyqulov M. Jurnalistika va publitsistika. –Toshkent.: Universitet, -2008.

IV-INTERNET SAYTLARI

  1. gov.uz (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi).

  2. prezident.uz (O`zbekiston Respublikasi Prezidenti portali).

  3. uza.uz (O'zbekiston Respublikasi Milliy Axborot agentligi).

  4. ziyonet.uz (O'zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish agentligi).

  5. uchildiz.uz. (O'zMU Jurnalistika fakulteti).



1 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –T.; “Ma'naviyat”, 2009, 134-bet

2 Meliboyev A. Publistika. –T.: Universitet, -2005. -B.23.

3 Xudoyqulov M. Jurnalistika va publitsistika. –Toshkent.: Universitet, -2008 yil, -B.113

4 M. Xudoyqulov Jurnalistika va publitsistika, T, Tafakkur, 2010. 137-bet.

5 Meliboev A. Publitsistikada davr ruhi va ijtimoiy talqin. O'quv qo'llanma. –T.: \\G'. G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011. B-7.

6 Meliboyev A. Publistika. –T.: Universitet, 2005. B. 23.


Download 39.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling