Kafedra: jamoat salomatligi,sohliqni saqlashni
Download 77.48 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholiga birlamchi tibbiy sanitariya yordamini tashkil etish
- OPoliklinika xizmatini tashkil etish
- Oilaviy poliklinikaning tuzilishi
- Oilaviy Poliklinikaning asosiy vazifalari
- OPoliklinika shifokorlarining asosiy ish usuli dispanser usuli bolib, tibbiy xizmatning sifatini, samaradorligini oshirishda muhim omil xisoblanadi.
- Oilaviy poliklinikada otkaziladigan profilaktik tadbirlar
- Aholi orasida dispanserlashni tashkil etish, shu jumladan
- OPkaning birlamchi tibbiy hujjatlari.
KAFEDRA: JAMOAT SALOMATLIGI,SOHLIQNI SAQLASHNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH Fan: JAMOAT SALOMATLIGI,SOHLIQNI SAQLASHNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
poliklinika xizmatini tashkil etish. Olilaviy poliklinika foliyatini taxlili. • Davolash - profilaktika ishlari sog'liqni saqlash tizimining eng muhim bo'lagi hisoblanadi. • Aholiga davolash – profilaktika yordami quyidagi asosiy prinsiplarga amal qilgan holda tashkil etiladi: • 1. Aholini malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam bilan ta'minlash; • 2. Davolash – profilaktika yordamini barcha uchun bir xil darajada ko'rsatilishi; • 3. Davolash va profilaktika ishining birligi; • 4. Dispanserizatsiya davolash – profilaktika yordamining muhim bo'lagi; • 5. UASh-oila shifokori prinsipida xizmat ko'rsatish; • 6. Profilaktika davolash – profilaktika muassasalarining asosiy ustivor faoliyat turi.
• Aholiga birlamchi tibbiy sanitariya yordamini tashkil etish • Birlamchi tibbiy sanitariya yordami (BTSYo), tibbiy sanitariya xizmatining muhim shakli bo'lib, aholi va mamlakatning imkoniyatlaridan kelib chiqib, aholining, jumladan har bir insonning faol ishtirokida uning ehtiyojiga ko'ra ko'rsatiladigan kerakli va muhim yordam hisoblanadi. Aholini birlamchi tibbiy sanitariya yordami bilan ta'minlash davlat siyosati va taktikasi bo'lib, mamlakat rivojlanishining har bir bosqichida, ijtimoiy adolat ruhida aholiga iloji boricha yashash va ish joyiga yaqin joyda, jamoatchilikning barcha kuchlari yordamida ko'rsatiladigan sog'liqni saqlash chora-tadbirlardir. • Davlat sog'liqni saqlash tizimi muassasalari, ijtimoiy ta'minot hamda, jamoa birlashmalari tomonidan ko'rsatiladigan BTSYo tibbiy xizmatning asosiy va bepul turi hisoblanadi va o'z ichiga quyidagilarni oladi:
• -Eng ko'p tarqalgan kasalliklar, jarohatlanishlar va boshqa noxush holatni davolash; • -Sanitariya – gigiyena, epidemiyaga qarshi tibbiy profilaktik tadbirlarni o'tkazish; • -Oilani, onalik va bolalikni muhofazalash, yashash joyi bo'yicha tibbiy sanitariya yordamini ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan boshqa tadbirlarni o'tkazish.
• BTSYo aholiga ambulatoriya – poliklinika muassasalarida, QVPda, shoshilinch tibbiy yordam markazlarida, tug'ruqxonalarda va shifoxonalarda murojaat etilganda ko'rsatiladi. BTSYo ko'rsatishning yetakchi zvenosi bo'lib, umumiy (oila)amaliyot vrachi xizmati hisoblanadi. Tibbiy xizmatning birinchi zvenosida bemor birinchi marotaba umumiy amaliyot shifokori bilan muloqatda bo'ladi va o'zining sog'lig'i bilan bog'liq muammolarini hal etish uchun murojat qiladi. Umumiy amaliyot shifokorining asosiy maqsadi har bir insonga, oilaga, shuningdek jamoaga doimiy va har tomonlama tibbiy yordam ko'rsatishdir.
• OPoliklinika xizmatini tashkil etish • OPoliklinika muassasalari, birinchi marta bunday muassasalar shaharlarda, tuman va viloyat markazlarida tashkil topgan bo'lib, aholining qatnab davolanishi va uyda tibbiy yordam olishi uchun mo'ljallangan. OPoliklinika xizmati sog'liqni saqlash tizimida muhim o'rinni egallaydi. • Birinchidan, OPoliklinikalar eng ommaviy va aholi uchun eng yaqin tibbiyot muassasalaridan biri bo'lib, unda yiliga 80%dan ortiq aholi tibbiy yordam oladi. • Ikkinchidan, bunday muassasalarda ishlovchi shifokorlarning faoliyati juda katta profilaktik ahamiyatga egadir (barvaqt tashxis qo'yish, yuqumli kasalliklarni o'z vaqtida aniqlash va boshqalar). • Uchinchidan, ambulatoriya va poliklinikalarning faoliyati boshqa tibbiyot muassasalarining ishiga katta ta'sir ko'rsatadi.O Poliklinikaning ish sifati ayniqsa, kasalxonalarning faoliyatiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Jumladan, poliklinikada kasallarga qanchalik o'z vaqtida to'g'ri tashxis qo'yilib, shifoxonaga yuborilsa, kasallarning shifoxonada davolanish muddati qisqaradi, kasallikdan xalos bo'lishi tezlashadi. Poliklinikalarda kasallar qancha erta malakali va sifatli davolansa, ularning kasalxonalarda davolanishga bo'lgan extiyoji shuncha kamayadi.
• Poliklinika muassasalarining ishini yanada yaxshilash uchun quyidagilarga katta ahamiyat berilishi lozim. • 1.Kasallikni o'z vaqtida aniqlash va davolash. • 2.Aholiga kerakli davolash - sog'lomlashtirish yordamini ko'rsatish, ularni dispanserizatsiyadan o'tkazish; • 3.Ambulatoriya va poliklinikalarning moddiy texnik bazasini mustaxkamlash; • 4.Dispanser ishlarini amalga oshirish uchun shanba kunlaridan keng foydalanish; • 5.Tibbiyot sanitariya qismlarining ishlarini korxonalarning ish rejimlariga monand ravishda tashkil etish;
• 6. Aholiga dam olish va bayram kunlari kerakli tibbiy yordamni olish imkoniyatini yaratish; • 7. Vrachlar maslahat komissiyasining ishini ertalabki va kechqurungi soatlarda va shanba kunlari xam tashkil qilish va kasallik varaqalarini o'z vaqtida yopilishini nazorat qilish; • 8. Ilg'or tajriba maktablariga ega bo'lgan ambulatoriya va poliklinikalarning ishini o'rganish, mehnatni ilmiy asosida tashkil qilishni keng qo'lamda qo'llash. • 9. OPoliklinikalar faoliyatida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga, kasallik xavf xatarlarini keltirib chiqaruvchi omillar guruhlarini aniqlashga katta ahamiyat berish. • 10. OPoliklinika xizmatini yanada yaxshilash va ishini takomillashtirish maqsadida poliklinika va kasalxonalar o'rtasidagi uzviy bog'lanishni yanada rivojlantirish.
• OPoliklinika ishiga bosh vrach rahbarlik qiladi. Bosh vrach muassasaning faoliyatiga rahbarlik qiladi: • davolash profilaktika yordamining sifati va madaniyatiga, tashkiliy, ma'muriy – xo'jalik va moliyaviy faoliyatga mas'ul javobgar. U poliklinika xududida aholiga davolash – profilaktik yordam ko'rsatish rejasini tuzadi va uning bajarilishini ta'minlaydi.Bosh vrach muassasaga tabbiyot va ma'muriy xo'jalik xodimlarini tanlaydi va ularni ishga qabul qiladi, ularning ishini nazorat qiladi, lozim topganda rag'batlantiradi, mehnat intizomi buzilganda esa ularni ma'muriy javobgarlikka tortadi. Vrachlar va o'rta tibbiyot xodimlarini malakasini oshirishni tashkil etadi, bo'limlarga rahbar xodimlar zaxirasini yaratadi, kun tartibini belgilaydi, xodimlarning ish grafigini tasdiqlaydi va boshqalar.
• Oilaviy poliklinikaning tuzilishi: • -boshliqlar
• - vrachgacha qabul xonasi; • - konsultativ kunduzgi shifoxona; • - umumiy amaliyot shifokorlari xonalari; • - klinik tashxislash labaratoriyasi; • - funksional diagnostika xonasi, oral regidratatsiya punkti; • - sog'lom bola xonasi, fizioterapiya bo'limi, markaziy sterillash bo'limi; • - axborot kommunikatsiya yoki statistika xonasi; • - buxgalteriya; • - dorixona • - ma'muriy xo'jalik bo'limi.
• Oilaviy poliklinika, o'ziga biriktirilgan xudud aholisining kasalliklarini kamaytirish bo'yicha sog'lom aholi guruhini va bemorlarni dispanser nazoratiga olishga, bemorlarga malakali tabbiy yordam ko'rsatishga, keng ko'lamdagi profilaktik chora tadbirlarni olib borishga mo'ljallangan davolash profilaktika muassasasidar. Oilaviy poliklinika aholiga tibbiy xizmatni oila territorial prinsipida ko'rsatadi.
• Oilaviy Poliklinikaning asosiy vazifalari: • Kasallikni barvaqt aniqlash, • kasalliklarni, • nogironlik, • o'limni kamaytirish, oldini olish bo'yicha kompleks profilaktik chora – tadbirlarni amalga oshirish. • Oila territorial prinsipida biriktirilgan aholiga birlamchi tibbiy – sanitariya yordamini ko'rsatish (patsiyentlarni poliklinikada qabul qilish, bemorlarga uyda tibbiy yordam
• Aholi salomatlik holatini dispanser nazoratiga olish, tegishli tekshirishlar, davolash va sog'lomlashtirish ishlarini olib borish.
• Laboatoriya va instrumental tekshirishlarni o'tkazish. • O'rnatilgan tartibda bemorlarni statsionarga yotqitzish. • Patsiyentlarga umumiy amaliyot shifokori doirasida malakali tibbiy yordam ko'rsatish. • Hayoti xavf ostida qolganda, baxsiz xodisalarda (shikastlanishlar, zaharlanishlar va boshqa holatlarda) shoshilinch tez tibbiy yordam ko'rsatish, ko'rsatmalarga asosan bemorlarni boshqa davolash – profilaktika muassasalariga ixtisoslashgan tibbiy yordam olish uchun transport bilan ta'minlash. • Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligini ekspertiza qilish, mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish, uzoq muddatli va turg'un mehnat qobiliyatini yo'qotgan bemorlarga vrachlik mehnat ekspert xay'atiga yo'llanma berish. • Mustaqil, hamda ijtimoiy – ta'minot organlari bilan birgalikda nogironlarga va surunkali kasallikka chalingan bemorlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish.
• Oilaga konsultativ yordam ko'rsatish va qo'yidagi masalalar bo'yicha sanitariya targ'ibot ishlarini olib borish: • -yuqumli kasalliklar profilaktikasi; • -ona sutining ahamiyati, bolalarni gigiyenik tarbiyalash. Bolalar salomatligini saqlash, ularni ta'lim muassalariga tayyorlash, kasbga yo'naltirish; • -reproduktiv salomatlikni muxofazalash, xavfsiz onalikni ta'minlash, istalmagan xomiladorlikni oldini olish, kontratsepsiya, etika, psixologiya, oilaviy hayotning ijtimoiy va tibbiy – seksual qirralari; • -sog'lom turmush tarzi, jismoniy mashg'ulot va sportning axamiyati; • -zararli odatlar va ularning oqibatlari.
• Oilaviy poliklinikaga biriktirilgan aholining salomatlik holatini tahlil etish va sog'lomlashtirish chora – tadbirlari haqida rejalar ishlab chiqish; • Belgilangan tartibda profilaktik emlashlarni olib borish. Aholi orasida yuqumli, parazitarva kasb kasalliklar zaharlanishlar aniqlanganda sanitariya – gigiyena qoidalari va epidemiyaga qarshi talablar buzilganda sanitariya – epidemiologiya xizmati muassasalariga xabar berish; • Hisobot, qayd hujjatlarini olib borish. • Bemorlarni tekshirish va davolashda boshqa tibbiyot muassasalari bilan o'zaro muofiqlashuv prinsipiga amal qilish.
• OPoliklikada aholini qabul qilish va uyda kuzatish ma'lum tartibda grafik asosida olib boriladi, bu grafik aholining ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga olgan holda qulay qilib tuziladi, bu grafik “sirg'anuvchi” deb ataladi, ya'ni haftaning kunlari davomida shifokorlarning qabul qilish soatlari o'zgarib turadi. Odatda aholi birinchi bor tibbiy yordam (UASh)uchun umumiy amaliyot shifokoriga murojaat qiladi. Har bir umumiy amaliyot shifokoriga 1300-1500 ta aholi biriktiriladi. 2000 aholiga 1,5 ta (UASh)umumiy amaliyot shifokori shtati lavozimi ajratiladi. • (UASh) Umumiy amaliyot shifokori o'ziga biriktirilgan uchastkada quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi: • Biriktirilgan aholi salomatligini muhofazalash bo'yicha tibbiy xizmat ko'rsatish, alohida olingan patsiyent yoki barcha oila a'zolari eng ko'p uchraydigan kasalliklarni davolash, ularning profilaktikasi. • Patsiyentlarni o'z vaqtida konsultatsiyaga va ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga davolash uchun yuborish. • Tegishli standartlarga mos holda xizmat ko'rsatayotgan xudud aholisiga shoshilinch statsionargacha bo'lgan tez yordam ko'rsatish. • Xizmat ko'rsatayotgan aholi orasida shikastlanishlar, nogironlik, o'limni kamaytirish bo'yicha profilaktik chora – tadbirlar ishlab chiqish.
• Sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilish (oqilona ovqatlanishni tavsiya etish, chekish, spirtli ichimliklarni suiste'mol qilishga qarshi kurashish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishni targ'ib etish). • Kompleks sanitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlarni • tashkil etish va • o'tkazish: • profilaktik emlashlar, • biriktirilgan xudud va uy xo'jaliklarining sanitariya holati, • xududning epidemiologik holatini tahlil etish, • biriktirilgan aholini noxush epidemiologik vaziyatlar to'g'risida ogohlantirish.
• OPoliklinika shifokorlarining asosiy ish usuli dispanser usuli bo'lib, tibbiy xizmatning sifatini, samaradorligini oshirishda muhim omil xisoblanadi. • Dispanselash – bu sog'lom va bemor shaxslarni dinamikada aktiv kuzatishga aytiladi. • Dispanserizatsiya hozirgi vaqtda shifokorlarning ish usuligina bo'lib qolmay, balki barcha tibbiyot muassasalarning kundalik ish tartibining ajralmas bir qismiga aylangan. Hozirgi vaqtda dispanserizatsiya bilan shug'ullanmaydigan biron-bir davolash- profilaktika muassasasi topilmaydi. Dispanserizatsiyaning asosiy vazifasi kasalliklarni barvaqt, faol aniqlash, ularni faol davolashni o'z vaqtida boshlash, kasalliklarni muntazam ravishda faol kuzatish, ish, turmush sharoitlarini sog'lomlashtirish, patronaj kabi ishlarni amalga oshirishni o'z ichiga oladi.
• Dispanserizatsiya ikki bosqichda olib boriladi: • 1.Aholini dispanser kuzatuviga olish; • 2.Davolash-profilaktika choralarini amalga oshirish. • Dispanserizatsiyaning asosiy elemetlari: • 1. Kasalliklarni faol aniqlash: • -ularni tibbiyot muassasalariga kundalik murojaati paytida; • -profilaktik tibbiy ko'riklar vaqtida; • - kasalxonalarda davolanish vaqtida; • -uyda tibbiy xizmat ko'rsatish vaqtida; • -yukumli kasalliklar bilan aloqada bo'lgan shaxslarni kuzatish jarayonida; • - sanatoriya-kurortlarida davolanish vaqtida; • -aholi kasalligini va o'lim sabablarini tahlil qilish paytida.
• 2. Faol kuzatish: • - Salomatlik darajasiga qarab barcha ko'rikdan o'tganlar 3 guruhga bo'linadilar: • 2.1 Sog'lomlar — bu guruhga xech qanday shikoyatlari bo'lmagan, hayot mobaynida (anamnezida) surunkali kasalliklarga chalinmagan va tekshirib ko'rilganda tana a'zolari va sistemalarining faoliyati me'yorida bo'lgan shaxslar kiradi (D1 ); • 2.2 Amaliy sog'lomlar — bu guruhga hayot davomida o'tkir va surunkali kasalliklarni boshidan kechirgan, lekin bu kasalliklar hayotida muhim bo'lgan hayot faoliyatiga va hozirgi paytda mehnat qobiliyatiga ta'sir etmagan shaxslar kiradi (D2).
• 2.3 Bemorlar — surunkali kasalliklari bor bemorlar (D3). Ushbu guruh o'z navbatida kasallikni turi, kechishi, mehnat qobilyatini yo'qotganlik darajasiga qarab 3 guruhga bo'linadi: Kompensatsiya; subkompensatsiya; dekompensatsiya holatidagi bemorlar.
Kompensatsiya davrining (DZa) kechishi bemorlar holatiga mehnat qobilyatini yuqotish darajasiga kamroq ta'sir etishi bilan xarakterlanadi. Dzb-guruhi (subkompensatsiya) kasallikning biroz og'ir kechishi va uning tez-tez qaytalanib turishi, mehnat qobiliyatining uzoq muddatga yo'qotilishi bilan xarakterlanadi. Dzv- guruhida bemorlar ko'pincha dekompensatsiya holatida bo'ladi, bunda kasallik odam organizmida turli patologik o'zarishlarni vujudga kelishiga, mehnat qobiliyatini turg'un darajada yo'qotilishiga olib keladi. • 3. Faol davolash: kasalxonalarda, poliklinikalarda, uyda, sanatoriyalarda bemorlar faol davolanishi lozim. Davolashni shunday amalga oshirish kerakki, u profilaktik xarakterga ega bo'lishi lozim. • Hamshira patronaji — u quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi; • bemor yashayotgan sharoitni yaxshilab o'rganish; • bemorni genetik jihatidan o'rganish; • -bemorlar shifokorlar tomonidan belgilangan tadbirlarni o'z vaqtida bajarilishini nazorat qilib borish; • -har bir oilada sog'lom turmush tarzini, sanitariya gigiyena qoidalarini targ'ibot qilish va boshqalar.
• Umumiy amaliyot shifokori ish faoliyatining asosiy yo'nalishi o'ziga biriktirilgan aholi salomatligini saqlash va kasalliklar profilaktikasi hisoblanadi. Quyida umumiy amaliyot shifokori ish joyida, mahallada, maktabda, maktabgacha ta'lim muassasalarida, uyda va vrachlik uchastkasida amalga oshirish lozim bo'lgan ishlarning hajmi keltirilgan: • 1.Sog'lom turmush tarzini targ'ib etish bo'yicha, tashkil etiladigan va o'tkaziladigan tadbirlar ratsional ovqatlanish (oqilona), chekishga, spirtli ichimliklarni suiste'mol qilishga qarshi kurash, faol dam olishni, sport va jismoniy mashg'ulotlar bilan shug'ullanishni targ'ib etish. • 2. Eng ko'p tarqalgan kasalliklarning asoratlarini va nogironlikni oldini olish bo'yicha birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktik chora – tadbirlarni amalga oshirish. • 3. Aholini o'z vaqtida emlashni ta'minlash.. • 4. Shikastlanish, baxsiz xodisalar, zaharlanishlarni oldini olish bo'yicha tadbirlar olib borish. • 5. Kasalliklarni barvaqt aniqlash va o'z vaqtida davolash bo'yicha aholi orasida skrining o'tkazish.
• 6. Aholini turli qatlamlari orasida tibbiy ko'riklar tashkil etish va o'tkazish: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar, tug'ruq yoshdagi ayollar, keksalar. • 7. Ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi xodimlari orasida tibbiy ko'riklarni o'tkazish va tashkil etish. • 8. Surunkali kasallikka chalingan bemorlarni dispanser nazoratiga olish, turli guruhlar - astmatiklar, gipertoniklar va boshqalar o'rtasida “maktablar” tashkil etish. • Dori – darmonlardan ratsional (oqilona) foydalanish ustidan nazorat o'rnatish. • Ijtimoiy ahamiyatga molik eng ko'p tarqalgan: sil, teri – tanosil va o'sma kasalliklariga qarshi kurash bo'yicha tadbirlar o'tkazish. • Tuman DSENM tashkilotlari bilan hamkorlikda yuqumli kasalliklarga qarshi kurash olib borish. • Jamoat tashkilotlarini aholi salomatligini muhofazalashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va o'tkazashga jalb etish. • Patsiyentlar huquqlarini himoya qilish va savodxonligini oshirish. • Oilaviy poliklinikada o'tkaziladigan profilaktik tadbirlar • Sanitariya – maorifi, sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, ratsional ovqatlanishni tashkil etish va o'tkazish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish. • Alkogol, chekish, giyohvandlik va zararli odatlarga qarshi kurash. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish. • Xizmat ko'rsatayotgan aholi orasida OITS, VICh, sil, onkologik kasalliklar, shikastlanishlar va zaharlanishlarga qarshi profilaktik tadbirlar o'tkazish. • Kasalliklarni barvaqt aniqlash bo'yicha profilaktik ko'riklarni tashkil etish va o'tkazish, lozim bo'lganda TMSh, ShMSh va boshqa davolash – profilaktika muassasalarining konsultatsiyalarini tashkil etish.
• Aholi orasida dispanserlashni tashkil etish, shu jumladan: • 15 yoshgacha bolalar, • o'smirlar (15-17), • chaqiruv yoshidagilar (18-27 yosh), • tug'ruq yoshidagi ayollar (15-49 yosh), • qishloq xo'jaligi xodimlari (paxtakor, chorvador, mexanizator, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlovchilar) o'rtasida va yosh oilalarni patronaj qilish. • Nikohdan o'tayotgan yoshlarda tibbiy ko'riklarni o'tkazish va yosh olimlarni patronaj qilish.
• OPkaning birlamchi tibbiy hujjatlari.
• Bolaning rivojlanish tarixi __________________________112/h Bolaning tibbiy kartasi ____________________________ 026/h Dispanser kuzatuvini nazorat qilish kartasi ____________ 030/h Muhofazalovchi emlash kartasi ________________________063/h Muhofazalovchi emlashni hisobga olish jurnali__________064/h Vrach qabuliga talon__________________________________025/h Vrach qabuliga kiruvchilarni oldindan yozib borish kartochkasi__040/h Vrachlarni uyga chaqirishni yozib borish kitobi_______________031/h Ambulatoriya operatsiyalarini yozib borish jurnali___________069/h Bolalar poliklinikasi izolyatoriga, poliklinika bo'limiga kelib ketuvchilarni qayd etish jurnali___________________________052/h
• Yuqumli kasalliklarni hisobga olish jurnali _______________060/h Profilaktik emlashlar kartasi___________________________063/h Bolalar va o'smirlar uchun sanatoriya-kurort kartasi__________ 076/h Bolalar sanatoriyasiga yo'llanma__________________________ 077/h Sog'lomlashtirish lagerlariga boruvchi o'quvchilarga tibbiyot ma'lumotnomasi ________________________________________079/h Xulosalangan (aniqlangan) diagnozlarni qayd etish uchun statistik talon_____ 025-2/h Shu maqsadda ro'yxatga olingan kasalliklarni jamlab, hisobga olib borish vedomosti__ 071/h • Kelib-ketuvchilarni hisobga olish vedomosti __________039/h Yuqumli kasalliklar, ovqatdan va kasbga oid o'tkir zaharlanish, emlashga g'ayrioddiy reaksiya to'g'risida shoshilinch habarnoma _________058/h VKK xulosasini yozib borish jurnali___________________ 035/h Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini hisobga olish kitobi ___036/h
•
E'TIBORINGIZ UChUN RAXMAT ! Download 77.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling