Kalit so‘zlar


Download 280.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana11.05.2023
Hajmi280.17 Kb.
#1455129
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli 
xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.
336
Annotatsiya:
XXI asr - axborot texnologiyalari insonning hayotiy fazosining ajral-
mas qismidan iborat bo‘layotgan asrdir. Bugun qat’iylik bilan mobil telefon, komputer 
va Internet tabiat va jamiyatdagi odamlar hayotiy fazosining tabiiy elementlaridan ibo-
rat bo‘lgan yangi raqamli (tarmoqli) avlodining mavjudligini aytish mumkin. Endilikda 
zamonaviy ta’lim rivojlanishi uchun inson kapitalining ta’siri yetarli emas. Hozirgi kunda 
faqat ta’lim mehnat resurslarining hajmlarini qurish emas, balki ta’lim muhitining o‘zini, 
ta’limning mazmunining o‘zi, uning metodlari, uskunalari va muhitlarining sifatli o‘zgari-
shi lozimligini taqoza qilmoqda.
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida odatdagi va o‘zining imkoniyat-
lari bilan ana’naviy va elektron ta’limni birlashtirishga yetarlicha imkoniyati chegaralangan 
ta’limni asta-sekin Smart-ta’lim (smart- education) egallamoqda. Shuning uchun, jamiyat-
imizda Smart - ta’limga o‘tish vaqti kelmoqda.
Kalit so‘zlar:
 ta’lim texnologiyasi, klaster, pedagogika, aqlli jamiyat, axborot, madaniyat, 
axborot tizimlari, sun’iy intellekt, zamonaviy ta’lim.
KIRISH
Zamonaviy insonning kundalik hamrohiga aylanib borayotgan axborot tex-
nologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida smart ta’lim asta-sekin an’anaviy elek-
tron ta’lim bilan o‘rin almashmoqda. Smart ta’lim kontseptsiyasi hozirda bir qa-
tor tushunchalar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning ko‘pchiligida bir xil talqin qilinmaydi. 
Smart ta’lim mavzusidagi nashrlar bir necha yil oldin paydo bo‘lgan va ular ta’lim 
rivojlanishining asosiy tendentsiyalarini qayd etib, tizimidagi keyingi o‘zgarishlar 
uchun futurologik prognozlarni yaratadi [1]. Smart ta’limning tashkiliy, texnologik 
va pedagogik kabi uchta muhim jihati mavjud bo‘lib, ular “aqilli” ta’limning ajral-
mas qismi hisoblanadi.
Smart ta’lim ko‘p miqdordagi manbalar, multimedianing (audio, video, grafik) 
maksimal xilma -xilligini, tinglovchilarning talab va ehtiyojlariga tez va oson mo-
slashish imkoniyatini nazarda tutadi [2]. Bu mutlaqo yangi ta’lim muhiti bo‘lib, unda 
ta’lim faoliyati Internetda umumiy standartlar, texnologiyalar va ta’lim muassasala-
ri tarmog‘i o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi va umumiy tarkib-
dan foydalaniladi. Bu turdagi ta’limning o‘ziga xos xususiyati - yashash joyidan va 

Download 280.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling