Kapital qo’yilmalarning mohiyati va uning mazmuni


Download 23.28 Kb.
bet1/4
Sana25.04.2023
Hajmi23.28 Kb.
#1397898
  1   2   3   4
Bog'liq
REFERAT


Reja:

  1. Kapital qo’yilmalarning mohiyati va uning mazmuni.

  2. Kapital qo’yilmalarning tasnifi.

  3. Kapital qo’yilmalarning samaradorligi va ularni baholash.



  1. Kapital qo’yilmalarning mohiyati va uning mazmuni.

Kapital qoʻyilmalar, kapital mablagʻlar — ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga tegishli asosiy fondlarni yaratishga, ularni yangilashga va harakatdagi fondlarni koʻpaytirishga, obʼyektlarni qurishga sarf qilinadigan, ishlab chiqarishga qoʻyilgan mablagʻ. Kapital qo’yilmalar davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar, banklarning kreditlari, korxona, firma, kompaniyalarning foydasi va amortizatsiya fondlari, aholi jamgʻarmalari hisobidan amalga oshiriladi. Kapital qo’yilmalar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ularni zamonaviylashtirish va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlovchi muhim omil hisoblanadi. Kapital qo’yilmalar dastlab pul shaklida boʻlib, pulga resurslar sotib olinadi va bu resurslar ishlab chiqarishning moddiy omiliga aylanadi, natijada iqtisodiy oʻsish yuz beradi.
Kapital qo’yilmalar tarkibiga qurilish-montaj ishlariga, mashina-uskunalar, jihozlar, transport vositalari sotib olishga va b.ga yoʻnaltirilgan mablagʻlar kiradi Kapital qo’yilmalarning asosiy qismi kapital qurilishga — yangi obʼyektlarni barpo etish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiyalash ishlab chiqarish uskunalarini modernizatsiyalash ishlab chiqarishni kengaytirish, montaj ishlariga safarbar etiladi. Kapital qo’yilmalar sarfida alohida tarmoq — qurilishning ahamiyati katta.
Kapital qo’yilmalar ichki va tashqi turlarga boʻlinadi. Mamlakat daromadi (davlat byudjeti, asosiy fondlar amortizatsiyasi, aholi jamgʻarmalari) ichki Kapital qo’yilmalar manbai boʻladi. Tashqi Kapital qo’yilmalar chetdan — chet davlatlar, xorijiy banklar, yakka investorlar hisobidan amalga oshiriladi va bevosita va bilvosita shakllarga ega. Bevosita Kapital qo’yilmalar chet el firmalari, korxonalari va banklari, tadbirkorlar tomonidan aniq xoʻjalik subʼyektlarini barpo etish, rivojlantirish uchun bevosita sarflanadigan mablagʻlardir.
Bilvosita Kapital qo’yilmalar chet el firmalari, banklarining Kapital qo’yilmalar qabul qilayotgan mamlakat qukumati tomonidan kafolatlangan loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi. 2001—2002-yillarda Oʻzbekistonda yalpi kapital qoʻyilmalarning 30% dan ortigʻi xorijiy investitsiyalar hissasiga toʻgʻri keldi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida Oʻzbekistonda Qarshiteks, Buxoroteks, Kabul-Toʻytepa, Kabul-Koʻkcha, Shoʻrtan gaz-kimyo majmui, Asakadagi "OʻzDEUavto" avtomobili zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshqa yirik sanoat korxonalari qurildi.
Kapital qo'yilmalar - qurilish, ta'mirlash yoki belgilangan aktivlar yoki nomoddiy aktivlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin ayrim resurslar sotib investitsiya pul. Biznes rivojlanish bosqichida qarab, investitsiyalar muayyan turdagi yuksak miqdori farq qilishi mumkin. Shunday qilib, normal trend rekonstruksiya investitsiyalar qiymati bosqichma-bosqich oshishi va, shunga ko'ra, qurilish bilan bog'liq, ularning ulushi kamayishi va asosiy vositalarni sotib olish hisoblanadi: bu yangilarini sotib olish yoki yaratish ortiq, bu resurslarni funksiyalarini saqlab katta afzalligi tufayli bo'ladi. Ayniqsa, bu qimmat ishlab chiqarish aktivlarini bir martalik xarid bilan ifodalanadi yirik korxonalar, kelganda.
Kapital qo’yilmalar asosan 4 xil usulda bo’ladi:
-kompaniyaning o’z daromadlari;
-investitsiyalar;
-kreditlar;
-daromad.
Kapital qo’yilmalar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida yangi qayta qurilgan, hamda kengaytirilgan joriy asosiy jamg’armalar tashkil qilishga mo’ljallangan moliyaviy mablag’lar. Mablag’lar muntazam tayyorlov bosqichidan qurilish ishlab chiqarish bosqichiga aylanadi, shundan so’ng mahsulotni sotish bosqichiga o’tiladi, bunda ular jamg’arma bo’lib o’zgaradi. Ma’lumki, yangi korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob‘ektlarini texnik jihatdan qayta qurollantirish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy, iqtisodiy, moddiy va mehnat harajatlari yig’indisi kapital qo’yilmalarni anglatib, o’z navbatida, kapital qo’yilmalar iqtisodiy jihatdan kapital investitsiyalarni anglatadi, ular deyarli bir mazmunni bildiradi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohasida kiritiladigan investitsiyalarni, qo’yilmalarni harajatlar majmuasini anglatadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda kapital qo’yilmalarning mohiyatiga quyidagicha ta‘riflar berilgan: kapital qo’yilmalar – bu asosiy kapitalga yo’naltirilgan real investitsiyalarni (qo’yilmalarni), shu jumladan, yangi qurilish, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni texnik qayta qurollantirish, ta‘mirlash, kengaytirish, mashina va uskunalar sotib olish, loyiha-qidiruv ishlari, shuningdek, uy-joy hamda madaniy-maishiy qurilishlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan harajatlardir.
Statistik hisobotlarda va iqtisodiy tahlil jarayonlarida bunday investitsiyalar kapital hosil qiluvchi investitsiyalar, deb ham nomlanadi. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra, kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga yo’naltirilgan qo’yilmalarni anglatadi. Umuman olganda, kapital qo’yilmalar aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun mo’ljallangan hamda asosiy fondlarni barpo etish va yangilash bilan bog’liq bo’lgan jami harajatlarni aks ettiradi.
Kapital qo’yilmalar quyidagi harajatlarga yo’naltiriladi:
qurilish-montaj ishlari;
turli jihozlar va asbob-uskunalarni sotib olish;
boshqa har qanday harajatlar – loyiha qidiruv ishlari, qurilish maydonini tayyorlash kabilar.
Kapital qo’yilmalarning texnologik tarkibi – bu mashina va asbob-uskunalarni sotib olishga va qurilish montaj ishlarini amalga oshiriga ketadigan harajatlar orasidagi nisbatni aks ettiradi. Amalda asosiy fondlarni aktiv qismini (mashina va asbob-uskunalarni) takror ishlab chiqarishni kapital qo’yilmalardagi ulushini oshirish yo’li bilan ularni texnologik tarkibini takomillashtirish sarflar samaradorligini oshirishni muhim yo’nalishi hisoblanadi. Kapital qo’yilmalarning texnologik tarkibi qurilish montaj ishlarining, jihozlarning, asbob-uskunaning, shuningdek, jamg’armaning mulkiy hajmi hisobidagi turlicha harajatlarning ratsional hajmini aniqlashga xizmat qiladi. Kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilishini qurilish- montaj ishlariga sarflayotgan harajatlar miqdorini kamaytirish yo’li bilan amaldagi asosiy jamg’armalardan ham to’liq foydalanish imkonini beradi. Faoliyat yuritayotgan korxonalarning quvvatlarini qo’llab-quvvatlash, ularni texnik qayta qurollantirish, kengaytirish qayta qurish va yangi korxonalarni qurish kapital qo’yilmalarni takror ishlab chiqarish aks ettiradi.
Kapital qo’yilmalarni takror ishlab chiqarish tarkibi ularni bir tomondan yangi qurilishlarga, ikkinchi tomondan mavjud korxonalarni qayta qurish va texnik qayta qurollantirishni va kengaytirishga saflanadigan mablag’lar miqdori o’rtasidagi nisbatni aks ettiradi.



Download 23.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling