Kapital qo’yilmalarning mohiyati va uning mazmuni


Kapital qo’yilmalarning samaradorligi va ularni baholash


Download 23.28 Kb.
bet4/4
Sana25.04.2023
Hajmi23.28 Kb.
#1397898
1   2   3   4
Bog'liq
REFERAT

3.Kapital qo’yilmalarning samaradorligi va ularni baholash.
Zamonaviy sharoitda shunday vaziyat yuzaga keldiki, korxonalar, loyihalash va ilmiy-tadqiqot institutlari, banklar va boshqa tijorat tashkilotlari investitsiyalarni iqtisodiy asoslashning zamonaviy uslubiyoti bilan qurollanmaganligi ulardan foydalanish samaradorligiga salbiy ta‘sir ko’rsatmoqda. So’nggi yillarda iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalarni iqtisodiy asoslash uslubiyotiga bag’ishlangan ko’pgina masalalar yoritib kelinmoqda. Shu boisdan tijorat tashkilotlari uchun ma‘qul va tushunarli bo’lgan hamda xalqaro amaliyotni hisobga oluvchi investitsiyalarni iqtisodiy asoslashning umumtanolingan uslubiyotini ishlab chiqish nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.
Kapital qo’yilmalarni iqtisodiy samaradorligi ularni foydalanish ko’rsatkichlaridan bo’lib, mablag’larni ijtimoiy-ishlab chiqarishning u yoki bu tarmog’iga sarf qilishdan tutiladigan maqsad bo’lib hisoblanadi.
Davlat kapital qo’yilmalarni xalq xo’jaligini turli sohalariga sarflar ekan, albatta uning yordamida ishlab chiqarishni kengaytirishni, ya‘ni ishlab chiqarish quvvatlarini ishga solishni, va shu orqali mahsulotlarini miqdorini ko’paytirishni, uning sifatini yaxshilash, raqobatbardoshliligini oshirishni maqsad qilib qo’yadi.
Ana shu qo’yilayotgan maqsadlarga erishishni turli yo’llari mavjud:
1. kapital qo’yilmalarni iqtisodiy asoslangan yo’nalishlarga sarflash va ularni mintaqalar bo’yicha optimal joylashtirish;
2. korxona va tashkilotlarda milliy iqtisodiyot va chet el texnikasini oxirgi yutuqlari asosida ishlangan texnika va texnologiyalarni qurilishni va ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sifatini oshirish, mehnat unumdorligini, mahsulot tannarxini va foydalilik darajasini o’sishini ta‘minlash;
3. qurilishni jadallashtirish va ishlab chiqarishga yangi quvvatlarni kiritish, qurilishlarni sifatli ishlangan texnik loyihalar bilan ta‘minlash;
Kapital qo’yilmalarni umumiy miqdorida ishlab turgan korxonalarni qayta qurishga ketadigan sarflarni ulushini ko’paytirish – ularni iqtisodiy samaradorligini muhim ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Ammo korxonalarni qayta qurish har bir aniq holatida chuqur iqtisodiy asoslashni talab qiladi.
Korxonalarni qayta qurishga sarflayotgan kapital qo’yilmalarni iqtisodiy samaradorligini aniqlashda qayta qurishgacha bo’lgan iqtisodiy ko’rsatkichlar undan keyingi iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Sanoat korxonalarini qayta qurish ishlab chiqarishni texnik darajasini oshirishni, uskunalarni unumdorligini o’stirishni va ishlab chiqarish quvvatlarini o’sishini ko’zda tutadi. Qayta qurish natijasida mahsulot ishlab chiqarishni o’sishi korxona foydasini pasayishiga olib keladi, ammo mahsulot tannarxini pasayishiga olib kelmaydi. Bunday holatda qayta qurishni iqtisodiy samaradorligi foyda summasini o’sishi (∆D) zarur bo’lgan kapital qo’yilmalarning birligi nisbati (K) bilan aniqlanadi:
Loyiha yechimlarini iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun dastlab ishlab turgan korxona va inshoatlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurishni zarurligini va maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy asosnomalari (TIA) ishlab chiqiladi. Bunday texnik-iqtisodiy asosnomalar rejalarga kiritiladigan har bir qurilish bo’yicha ishlab chiqilishi lozim.
Yirik korxonalar bo’yicha texnik-iqtisodiy asosnomalar loyiha tashkilotlari tomonidan ishlanadi. Texnik-iqtisodiy asosnomalarda odatda tegishli tarmoqlarda quvvatlarning o’sishini ta‘minlovchi loyihalashtirilayotgan korxonalarni ahamiyatini xususiyatlari; korxonani mo’ljallayotgan quvvatlarni va mahsulot xillarini asoslash; zarur kapital qo’yilmalar hisob-kitobi; kapital qo’yilmalardan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik va mo’ljallanayotgan qurilishning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari o’z aksini topishi lozim. Asosiy ko’rsatkichlardan tashqari kapital qo’yilmalarni iqtisodiy samaradorligini asoslash, ularni o’zini oqlash muddatlarini hisoblash; loyiha yechimlarini iqtisodiy baholash uchun qo’shimcha va yordamchi texnik-iqtisodiy ko’satkichlar ham qo’llaniladi.
Ularni qatoriga ishlab chiqarish maydonining 1 m kvadratiga mahsulot ishlab chiqarish, imorat va inshoatlarning qurilish kubaturasini ko’rsatuvchi miqdor koeffitsiyenti va boshqalar zarur bo’ladi. Sanoat korxonalarini loyihalashda ishlab chiqarish maydonlaridan maqsadga muvofiq foydalanish, imoratlar xillarini to’g’ri tanlash ancha sezilarli iqtisodiy samara berishi mumkin. Kapital qurilish ishlarining yuqori sifat darajasiga erishishda qurilish sifati yuzasidan olib boriladigan nazorat muhim o’rin egallaydi. Qurilish sifati yuzasidan nazorat qurilish-montaj ishlarining, shuningdek, qurilish materiallari va buyumlarining muvofiqligini tekshirishni anglatadi.


  1. Kapital qo’yilmalarning samaradorligi.

Download 23.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling