Kasb psixologiyasining predmeti, maqsadi va asosiy konseptual qoidalari


Download 1.29 Mb.
Sana21.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1645531
Bog'liq
Презентация без названия (2)

Kasb psixologiyasining predmeti, maqsadi va asosiy konseptual qoidalari

Kasbiy psixologiya

Kasbiy psixologiya

Reja:

1. Kasbiy psixologiya fanining predmeti,

2. Kasbiy psixologiyaning maqsadi va vazifalari,

3. Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi,

4. Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.

Kasbiy psixologiya fanining predmeti

Shaxs va kasb hamkorligining psixologik xususiyatlari. • Shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillari

• Kasbiy jihatdan kelib chiqadigan psixologik muammolar

• Maktabgacha yoshdagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini xilma-xilligi.

• Ta'limning keyingi turini tanlash va umumiy o‘rta ta'lim maktabini bitirgandan so‘ng ishga joylashish.

• Kasbiy ta'limning keyingi turlarini tanlash jarayonida kasbiy maslahatlar berish.

• Ta'limning keyingi turlarini tanlash va o‘ziga xos maxsus kollejini bitirib ishga joylashish.

• Kasbiy ma'lumot olishga tayyorgarlik jarayonida kasbiy maslahatlar berish, kasbiy tanlov, kasbiy tekshiruvdan o‘ta olmaganlarga psixologik yordam berish.

• Kasbiy ma'lumot olish va tayyorgarlik, kasb xatoliklariga yo‘l qo‘yish, ta'lim jarayonidan qoniqmaslik va boshqalar.

• O‘quv-kasbiy faoliyatning mohiyatini kuchaytirish, ta'lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarini joriy etish hamda ta'lim oluvchining shaxs sifatida o‘zini-o‘zi boshqara olish, ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

• Ish joyini qidirish, ishga joylashish, malakaviy talablar va lavozim majburiyatlarini qabul qilinishi, yangi ijtimoiy kasbiy vazifani anglab olish.


Kasbiy tanlov va kasbga yaroqlilikni (layoqatini) aniqlash.
• Yosh mutaxassis tomonidan yangi ijtimoiy, kasbiy talablar va mas'uliyatlarini qabul qilinishi.
• Kasbga kirib borish orqali kasbiy tajribaga ega bo‘lish, hayotda yangi tartib, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarga moslashish.
• Kasbga ko‘nikishdagi ijtimoiy qiyinchiliklar, kasbiy layoqatsizlikning yashirin shakli, kasbiy xulq-atvorni egallashdagi va yangi hayot tarziga ko‘nikishdagi qiyinchiliklar.
• Kasbiy faoliyatdagi yuksalish imkoniyatlari, ish haqi, kasbdan va rahbarlar bilan o‘zaro munosabatlardan qoniqmaslik, kasbiy rivojlanishdagi ziddiyatlar va ularni korreksiya qilish.
• Kasbiy mehnatdan shaxsiy ma'noni topish, kasbiy hayotning yangi tomonlarini qidirish, insonlar bilan bo‘lgan munosabatlardagi ziddiyatlaridagi inqirozlardan chiqish va kelishmovchiliklarni hal etish hamda psixologik charchoqni bartaraf etish.
• Majburiy ravishda ishdan bo‘shash, yangi ish joyini qidirish, kasbini o‘zgartirish.
• Kasbiy hayotdagi yangi yo‘lni tan olish.
• Mutaxassislikning destruktiv rivojlanishi, kasbiy deformatsiyalar kasbiy charchoq holatida kasbning ma'nosini yo‘qolishi.
• Shaxsning kasbiy deformatsiyalarini aniqlash va tahlil etish, uning sabablarini o‘rganish, kasbga nisbatan ko‘nika olmaslikni yengib o‘tish. • Kasbiy faoliyatdan chetlashish (nafaqaga chiqish).
• Ijtimoiy-psixologik keraksizlik tufayli kelib chiqadigan psixologik zo‘riqishdan xalos etish, yangi hayot tarzi va hayotda yangi ma'noni topishga intilish.
Yuqorida sanab o‘tilgan jihatlar shaxs va kasb hamkorligida uchraydi va bu murakkab, dramatik jarayon sifatida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bo‘lib o‘tadi. Shaxsning kasbga bo‘lgan moslashuvida normativ bo‘lmagan vaziyatlarni hal etishda psixologiya muhim ahamiyatga ega. Aynan u shaxs va kasb o‘rtasida optimal munosabatlarni o‘rnatishda yordam berishi, kishilarni kasblar dunyosi bilan tanishtirishi lozim. Shaxs va kasblarga moslashuvning ko‘p aspektli psixologik fundamentlari an'anaviy tarzda mehnat psixologiyasi tomonidan tadqiq etilgan. Ammo shaxsning to‘liq kasbiy shakllanish jarayoni aniqlanmagan. XX asr bo‘sag‘asida paydo bo‘lgan mehnat psixologiyasi kasbiy faoliyat turlarini, faoliyatning insonga, uning psixofiziologik imkoniyatlariga bo‘lgan talablarini, kasbiy qobiliyat, ko‘nikmalarini o‘rganadi.
Mehnat psixologiyasi
• Mehnat faoliyatining psixologik qonuniyatlari va xususiyatlari
• Mehnat faoliyatining yangi va uning psixologik, bajaruvchilik tavsiflari
Muhandislik psixologiyasi
• Inson va texnikaviy tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning psixologik qonuniyatlari
Inson-mashina tizimi
Pedagogik psixologiya
• Ta'lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlari
• Ta'lim oluvchi va tarbiyalanuvchi shaxsi
• Yosh davrlari psixologiyasi
• Shaxsning ontogenezda rivojlanishining psixologik qonuniyatlari
• Shaxsning ontogenezda psixik rivojlanishi
Muhandislik psixologiyasi - inson va texnik tuzilmalar o‘rtasidagi informasion aloqa vositalari va jarayonlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmoqidir. Muhandislik psixologiyasi psixologiyaning texnik moslamalar bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda o‘zaro ta'sirini tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi. Muhandislik psixologiyasining ilmiy vazifasi optimal konstruksiyalarni psixofiziologik jihatdan asoslash va mehnat unumdorligini orttiruvchi psixikani loyihalashda mutaxassis injenerlarga bevosita yordam berishdan iboratdir.
Kasb psixologiyasining metodologik asosi - bu shaxsning kasbiy shakllanish konsepsiyasidir. Mazkur konsepsiyaning asosiy mohiyati shundaki, kasb tanlash jarayonida shaxs miqdor va sifat jihatidan rivojlanib boradi ya'ni ular o‘z yo‘nalishini boyitib boradi, shu orqali tajriba va salohiyat shakllanadi. Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to‘qnashuvlar, destruktiv o‘zgarishlar bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy omillarga, shuningdek tasodifiy holatlarga, hayotiy muhim kasbiy voqyealarga bog‘liq bo‘ladi.
Kasbiy shakllanish - bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o‘z ichiga olib, u kasbiy maqsadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy hayotning tugallangungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu geteroxron jarayondan optasiya, ya'ni kasbiy ta'lim va tayyorgarlik, profadaptatsiya, professionalizm hamda mahorat bosqichlarini ajratish mumkin.
Kasbiy shakllanish turlari
Kasbiy shakllanish yo‘li va tezligi bir guruh omillar bilan belgilanadi. Ularga yosh, individual-psixologik, kasbiy texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni kiritish mumkin.
Kasbiy rivojlanish - bu yo‘nalish salohiyat va muhim kasbiy sifatlarning boyib borishi, mehnat faoliyati samaradorligini oshirib borish bilan belgilanadi.
Shaxsning kasbiy rivojlanish va kasbiy jihatidan o‘zini topa olish uchun o‘z ustida ishlashi va turli masalalarni hal qilish uchun bor kuchini sarflash, shartsharoitlar hamda imkoniyatlar yaratish, kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi destruktiv an'analarni o‘zlashtirishda kishilarga psixologik madad va yordam ko‘rsatish.
Kasbiy jihatdan o‘zini anglash
Insonning kasbni psixologik imkoniyatlarini kasbiy faoliyat mazmuni va talablari bilan bo‘lgan jihatlarini mustaqil anglab olishi, shuningdek ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda bajariladigan ishidan ma'no topishi
Professionalizatsiya destruksiyalari. Professionalizatsiya jarayonidagi miqdor va sifat o‘zgarishlar, shaxsning rivojlanishi va deformatsiyasi bilan kuzatiladi.
Kasbiy o‘zini-o‘zi faollashtirish shaxsning kuchini faollashtirish yo‘li bilan kasbiy rivojlanishni tezlashtirish, normadan ortiq kasbiy faoliyatni namoyon etish, shuningdek turli xil psixotexnologiyalarda qatnashish va boshqalar.
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling