Kasbiy psixologiya fanining shakllanishi, tarixi, maqsad va vazifalari


Download 1.41 Mb.
Sana01.05.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1419587
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING SHAKLLANISHI, TARIXI, MAQSADI

KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING SHAKLLANISHI, TARIXI, MAQSAD VA VAZIFALARI

REJA 1. KIRISH 2. KASB PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI 3. KASB PSIXOLOGIYASI FANINING SHAKLLANISH TARIXI 4. KASB PSIXOLOGIYASINING BOSHQA FANLAR BILAN BOG`LIQLIGI 5. O`QUV FANLARI TIZIMIDA KASB PSIXOLOGIYASI 6. XULOSA

Psixologiya lotincha “psyuxe"-ruh, "logos"-fan, ta'Iimot degan so'zlardan  oiingan bo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha qilib aytganda psixologiya ruhshunoslik, 

insonshunoslik haqidagi fan hisoblanadi. Psixologiya, falsafadek juda qadimiy fanlardandir va juda boy tarixga egadir.Pisxologiya dastlab falsafa doirasida faoliyat ko'rsatgan. Psixologiya juda uzoq tarixga ega. Dastlabki psixologik 

tasavvurlar Qadimgi Sharq mamlakatlarida, Xitoy, Hindiston, Misr kabi mamlakatlarda vujudga kelgan. Psixologik tasavvurlarning vujudga kelishida odamlar o'rtasida farqlarning mavjud ekanligi, ammo bu farqlarning sabablari aniq bo'lmaganligi bilan bog'liq.  

Kishining psixikasi haqidagi ta'limotni birinchi marta Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) «Ruh haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan bo'lgan psixologiyaga asos solgan olim yoki psixologiya fanining «otasi» deb hisoblanadi. U bir qancha asarlar yozib, ularda psixologiya masalalari bo'yicha o'z qarashlarini bayon qiladi. Aristotel ruh tan bilan uzviy bog'langan, deb hisoblaydi. «Ruh-deydi u-o'z taiatiga ko'ra hukmron asosdir, tana esa tobe narsadir». Aristoteldan keyin Demokrit, undan keyin Epikur (342-271 yillar), Rim shoiri va faylasufi Lukresiy Karr (99-95 yillar) psixologiya fanining rivojlanishiga o'z nazariyalari bilan hissa qo'shdilar. Lukresiy psixik hodisalarning tanaga bog'liqligini tajribada asoslab berdi. 

  • Kishining psixikasi haqidagi ta'limotni birinchi marta Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) «Ruh haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan bo'lgan psixologiyaga asos solgan olim yoki psixologiya fanining «otasi» deb hisoblanadi. U bir qancha asarlar yozib, ularda psixologiya masalalari bo'yicha o'z qarashlarini bayon qiladi. Aristotel ruh tan bilan uzviy bog'langan, deb hisoblaydi. «Ruh-deydi u-o'z taiatiga ko'ra hukmron asosdir, tana esa tobe narsadir». Aristoteldan keyin Demokrit, undan keyin Epikur (342-271 yillar), Rim shoiri va faylasufi Lukresiy Karr (99-95 yillar) psixologiya fanining rivojlanishiga o'z nazariyalari bilan hissa qo'shdilar. Lukresiy psixik hodisalarning tanaga bog'liqligini tajribada asoslab berdi. 

0’rta asrlardan fransuz tabiatshunos olimi R.Dekart nomini tilga olmaslik mumkin emas. Chunki bu olimning nomi bilan keyinchalik fiziologiyada va Psixologiyada ko'p ishlatiladigan refleks tushunchasi bog’liqdir. R.Dekart o'z zamonasida birinchi marta refleks tushunchasini odam hatti-harakatini tushintirishda ishlatdi va harakatlarni tashqi muhit ta'siri ostida ro'yobga kelishini refleks mexanizmi deb tushuntiradi. Lekin R.Dekart odam faoliyatini to'g'ridan to'g'ri jonsiz mexanizm, mashina sifatida tasavvur qiladi, odam ruhining bu xattiharakatlarga biron bir aloqasi bo`lishi mumkinligini butkul rad etadi.

  •  Ya`ni refleks tushunchasi uning risolalarida juda tor manoda, faqat fizik aks ettirish ma'nosida qabul qilingan. Lekin shunga qaramay, bizning zamonga kelib, R.Dekart ta'limoti mexanikligi uchun em'as, balkim materialistic dunyo qarashdan kelib chiqayotganligi uchun refleks tushunchasi qaytadan tahli l qilingan holda qabul qilindi. 

Psixologiya fanining rivojlanishida CH.Darvinning evolyusion nazariyasi nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ldi.  Vilgelm Vund 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya amaliysini tashkil qildi. Oradan ko'p o'tmay, 1881 yili Berlin universiteti qoshida eksperimental psixologiya instituti tashkil qildi. XIX asrning oxirida Rossiyada Tokarskiy, Bexterev, Langerlar, 1911 Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya amaliysi ochildi. XIX asrning oxirlaridan boshlab, psixologiyaning boshqa sohalri: hayvonlar psixologiyasi, tarixiy psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixologiyasi maydongakeldi. Eng muhimiXX asrga kelib, psixologiyaning tatbiqiy sohalari paydo bo'ldiki, endi qo'lga kiritilgan yutuqlar bevosita ta'lim, tarbiya, sanoat, biznes,marketing xizmatlari, boshqaruv, sog'liqni saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish sohalariga dadil joriy etila boshladi. 

XXI asrning birinchi yiliga kelib, psixologiya nazariy, tahliliy fandan bevosita amaliyotning ehtiyojlarini qondiruvchi tadbiqiy fanga aylandi. Biz sobiq sho’rolar davrida tabiatni birlamchi, ruhni ikkilamchi deb o'rgana'r edik, birinchi o'ringa borliqni, ikkinchi o'ringa tafakkurni qo'yar edik. Sharq mutafakkirlari ma'naviy hayot jamiyat taraqqiyotini, kishilar faoliyatini belgilaydi, deb ta'lim beradilar. Shu bilan birga ular ijtimoiy hayot va ijtimoiy ong o'rtasidagi munosabatlar murakkab ekanligini ta’kidlaydilar, ijtimoiy ong ijtimoiy borliq bilan davlat, huquq, siyosat va boshqa shu kabilar bilan bog'liq ekanligini uqtiradilar.  


Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling