Kasbiy psixologiyning predmeti va vazifalari


Download 35.69 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi35.69 Kb.
#1610957
  1   2
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYNING PREDMETI VA VAZIFALARI



KASBIY PSIXOLOGIYNING PREDMETI VA VAZIFALARI
Reja:
1. Kasbiy psixologiyaning O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish jarayonlaridagi roli va ahamiyati. Kasbiy psixologiya fanining predmeti va vazifalari
2. Allomalar kasbiy etuklik va ustoz-shogirdlik mas’uliyatlari haqida.
3. Kasbiy psixologiyaning boshqa psixologiya tarmoqlari bilan aloqasi
4. Zamonaviy kasbiy talimda kasbiy psixologiyaning o‘rni va axamiyati.
5.Kasbiy rivojlanishga oid nazariyalarning qisqacha ta’rifi.
Kasbiy psixologiyaning O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish jarayonlaridagi roli va ahamiyati. Kasbiy psixologiya fanining predmeti va vazifalari
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Alisher Navoiy zamonida bir odamning miyasi oltmish yilda qabul qilishi mumkin bo‘lgan axborot xajmini bugungi asr odami bir haftada qabul qilishi mumkin ekan. Lekin bu degani 12 yoshli zamonaviy bola hamma narsani bilib ulgurdi degan gap emas. Globallashuv davri insondan har sohaga oid juda ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lishni, uni o‘z o‘rnida ishlata bilishni talab etmoqda. Ya’ni, yangi davrning o‘ziga yarasha qulayliklari va shu bilan birgalikda muammolari ham yo‘q emas. Bu o‘z kasbining egasi sifatida professional bilimlarga ega bo‘lish sohasiga ham taalluqli. Ya’ni, yoshlar misolida ta’kidlaydigan bo‘lsak, hozirda o‘quvchi-yoshlar ongida ma’lumotlar ko‘p, aql-zakovat ham yo‘q emas, biroq, muammo shundaki, global o‘zgarishlar zamoni har bir mutaxassisning raqobatbardosh kadr bo‘lishini taqozo etmoqda. Yangi davr aynan o‘z ishining mohir ustasi professionallarni kutmoqda.
Shu munosabat bilan ta’kidlash mumkinki, oxirgi paytlarda yana “ustoz bo‘lish”, “shogird tushish” degan gaplar ko‘payib bormoqda. снunki aslida azal-azaldan ustoz - shogirdlik munosabatlari jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning eng nufuzlisi va qadrlisi bo‘lib kelgan. “Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar” degan naql ham bejiz hanuzgacha qadrlanmaydi. Ustoz o‘z bilimi, malakasi va ko‘nikmalarini imkon qadar shogirdga beminnat berishga intiladi, shu bois qadriyatlarimizda “Ustoz – otangday ulug‘” degan maqol bor. yaxshi ustoz shogirdini qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikka, o‘z sohasida aql bilan fikr yurita oladigan, fikrlash jarayonida ajoyib ilmiy izlanishlar qilishga, yangi-yangi natijalar olishga o‘rgatadi. Shogirdi yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni sabr-bardosh va xushfe’llik bilan tushuntirib, uni tinim bilmasdan mehnat qilishga, o‘z mutaxassisligini mukammal egallashga, izlanishlardan mantiqiy xulosalar chiqarishga o‘rgatadi, o‘z kasbiga ishiga katta ishonch tug‘diradi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida ta’lim-tarbiya berayotgan minglab ustozlar yoshlarni nafaqat jahon andozalari talablariga javob beradigan mutaxasssis etib, ayni chog‘da fidoiy, xalqparvar, vatanparvar, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan etuk shaxs sifatida tarbiyalayotganliklari kelajagi buyuk bo‘lgan O‘zbekistonning ertasi yanada porloq bo‘lishiga zamin yaratmoqda.
Zero ushbu maqsadlarimizni amalga oshirishda Prezidentimiz Sh. Mirziyoevning “Erkin va faravon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” deb nomlangan kitobida ta’kidlaganidek “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qattiyat bilan davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”1
Kasbiy psixologiyaning fan tarmog‘i sifatidagi maqsadi “Kasbiy ta’lim” yo‘nalishida ta’lim olayotgan bakalavrlarga o‘qitilayotgan “Kasbiy psixologiya” kursining asosiy maqsadi – bo‘lg‘usi o‘qituvchi dizayner va rassom yoshlarga kasb egalari sifatida tanlagan mutaxassisliklariga bo‘lgan jamiyatning ma’naviy ehtiyojlari, turli kasblardagi professional mehnatning mazmuni, kasbning insonga qo‘yadigan psixologik talablari (professiogramma), kasbga nisbatan shaxsdagi psixologik imkoniyatlar (psixogramma), mehnat sharoitlari, shaxsning qiziqish va ehtiyojlariga tanlangan kasbning mosligi, kasbni egallashi mumkin bo‘lgan o‘quv muassasasida bo‘lg‘usi kasb egasi shaxsiga qo‘yiladigan talablar, kasb etikasi, odobi, malakasi, professional yo‘nalganlikning psixologik tabiati, turli kasbiy ixtisosliklarning xarakteri va o‘ziga xosliklari to‘g‘risidagi bilimlarning psixologik asoslarini etkazishdir.
Demak, ushbu kurs o‘ziga xos mutaxassislikka kirish bo‘lib, u psixologik jihatdan yoshlarni o‘zi tanlagan kasb to‘g‘risida mushohada qilishga, uni noto‘g‘ri tanlamaganligiga ishontirish va kasbga mehr qo‘yishga o‘rgatadi. Bundan ushbu fan tarmog‘ining predmeti kelib chiqadi, ya’ni, kasbiy psixologiyaning predmeti – kasbning hamda kasb egasining psixologik xususiyatlari bo‘lib, fan sohasi sifatida u avvalo turli kasblarda oid bo‘lgan umumiy psixologik qonuniyatlarni, kasbni egallash jarayonida namoyon bo‘ladigan shaxs xususiyatlarini hamda professional mahoratga erishishning barcha ijtimoiy, iqtisodiy hamda psixologik shart–sharoitlarini o‘rganadi.
Yuqorida ta’riflangan kasbiy psixologiyaning predmetidan uning avvalo amaliy fan yo‘nalishi ekanligini bilish hamda uning vazifalarini ajratish mumkin bo‘ladi.
“Kasbiy psixologiya” fanining vazifalarini kurs oldigan qo‘ygan maqsad hamda predmetdan kelib chiqib, quyidagicha ifodalash mumkin:
a) yoshlarga o‘zi tanlagan kasbning psixologik mohiyati hamda milliy istiqlol g‘oyalari asosida jamiyat oldidagi ahamiyatini to‘la anglatish;
b) tanlangan kasbning professional yo‘nalish sifatidagi jamiyatda tutgan nufuzi va ahamiyatiga xolis baho berishga o‘rgatish
v) har bir talabaning tanlangan kasb to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish, boyitish, bunda psixologiya arsenalidagi ishonchli metodikalar va testlardan foydalanishga o‘rganish;
g) kasb etikasi, odobi, professional ahloq tushunchalari doirasida tanlangan kasbning murakkab qirralarini jamiyatda barqaror bo‘lgan qadriyatlar va ma’naviy mezonlar nuqtai nazaridan tahlil qilish; kasbga sadoqat tamoyillarini belgilash;
d) bo‘lg‘usi o‘qituvchi dizayner va rassom–yoshlarni to‘g‘ri professional yo‘nalishni shakllantirishning psixologik hamda pedagogik texnologiyalardan boxabar qilish, professional motivatsiya, professional maorif va konsultatsiya asoslari bilan tanishtirish;
e) shaxsning idvidual psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘zini o‘zi kasbiy anglash, kasbiy muloqotning sirlarini anglatish, professional bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni egallashda jamoaviylik psixologiyasi tamoyillariga o‘rgatish.
Kursning amaliy hamda nazariy ahamiyati bo‘lib, u yoshlar ongini mutaxassislikka kirish bilan bog‘liq bilimlar bilan to‘ldiradi, kasbiy maorif tamoyillarini bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatida qo‘llashga o‘rgatadi, zamonaviy psixologiya va kasb pedagogikasidagi eng ilg‘or pedagogik hamda axborot texnologiyalari yordamida kasbiy bilimlarni oshirib, amaliy jihatdan bakalavrlarda kasbiga aloqador qator psixologik hamda ijtimoiy psixologik kompetensiya (bilimdonlik)ni takomillashtirishga xizmat qiladi.
2017 yil 20 aprel PQ-2909-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan. shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. kitobida yoshlarda professional mahoratni shakllantirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shaklantirish, ularni milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni vatanparvarlik fazilatlari bilan uyg‘unlantirishga juda katta e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoevning “Erkin va faravon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” kitobida barcha ishlarimizning mezoni sifatida ma’naviyatni ta’kidlab, aynan ichki dunyosi boy, madaniyatli, iymon va e’tiqodi teran insongina qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, eli, yurti, jamiyat manfaati, oilasi mustahkamligi uchun halol mehnat qiladi, o‘z kasbining ustasi bo‘lib, uni ko‘klarga ko‘tarib, Vatani, mamlakati mustahkamligi uchun o‘zini fidoiy qiladi.

Download 35.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling