Kationlarning birinchi analitik guruhlari


Download 66.46 Kb.
bet1/15
Sana08.05.2023
Hajmi66.46 Kb.
#1444489
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KATIONLARNING BIRINCHI ANALITIK GURUHLARI


KATIONLARNING BIRINCHI ANALITIK GURUHLARI
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
I. BOB. Kationlarning analitik gruppalarga bo’linish printsiplari…………………5
1.1. Eritmalarni bo’lib-bo’lib yoki sistemali analiz qilish……….…………………5
1.2. Birinchi analitik guruh kationlarining umumiy tavsifi………………………..15
II. BOB. Birinchi guruh kationlari analizining nazariy asoslari………………20
2.1. Analitik reaktsiyalarning o‘tkazish usullari………………………………..…20
2.2. Sifat analizida qo’llaniladigan reaktivlar…………………………………..…27
Xulosa…………………………………………………………………………….31
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………32


Kirish.
Analitik kimyo- har xil moddalar va ular aralashmasining sifat va miqdoriy tarkibini o‘rgatuvchi fandir. Bu fan sifat va miqdoriy analiz usullariga bo‘linadi. Sifat analizi- analiz qilinayotgan modda yoki moddalar aralashmasi qanday kimyoviy elementlardan (atomlar, ionlar yoki ionlar guruhidan) tashkil topganligini aniqlash usullarini o‘rgatadi. Miqdoriy analiz- aniqlanayotgan moddada kimyoviy elementlarning qancha miqdorda borligini aniqlash usullarini o‘rgatadi. Murakkab moddalar, avvalo, sifat analiz qilinib, so‘ngra tekshirilayotgan elementlarning massa foizlari, ya'ni miqdorlari aniqlanadi.
Analitik kimyoni usullari moddalarning turli xususiyatlariga asoslanadi. Masalan, moddalarning cho‘kmaga tushishi, rangi, gaz holatda bo‘lishi kabi xossalarga asoslanib analitik usullar yaratilgan. Bu usullarni uch guruhga kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullarga ajratish mumkin. Kimyoviy usullar kimyoviy reaksiyalarga asoslanadi. Analiz jarayonida ishlatiladigan, reaksiyalar analitik reaksiyalar ularni vujudga keltiruvchi moddalar esa, reagentlar deyiladi. Fizikaviy usullarda kimyoviy reaksiyalardan foydalanilmaydi, faqatgina moddalarning fizikaviy xususiyatlari tekshiriladi. Analizning fizik- kimyoviy usullari kimyoviy reaksiyalar vaqtida sodir bo‘ladigan fizikaviy o‘zgarishlarni tekshirishga asoslangan. Shuni alohida ta'kidlash lozimki fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar xilma-xil murakkab tuzilishga ega bo‘lgan asboblarni qo‘llashni talab etadi. Ana shu sababli kimyoviy analiz metodlari qulay va ularning qishloq xo‘jaligida qo‘llanilish sohasi ham kengdir.
Analitik kimyoni qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati. Analitik kimyo fani bilan agronomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, zoogigiena, qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish fanlari bevosita bog‘liqdir. Kimyoviy analizsiz xom- ashyo va tayyor mahsulot sifatiga baho berish ishlab chikarish jarayonlarini tushuntirish mumkin emas. Ekinlardan mo‘l hosil olishda, chorvachilikda, tuproq tarkibini o‘rganishda, turli o‘g‘itlardan foydalanishda analitik kimyo usullaridan keng foydalaniladi. Shuning uchun bo‘lajak agronomlar, agrokimyogarlar, zoomuhandislar biologik jarayonlarning mohiyatini to‘liq tushuna olish imkoniyatini analitik kimyo beradi.
Sifat analizi usullari.
Tekshirilayotgan moddaning miqdori yoki hajmiga ko‘ra analiz usullari: makro-, yarim-mikro-, mikro-, va ultramikro usullariga bo‘linadi:
*ЛMakro usulda reaksiya o‘tkazish uchun 1-10 g quruq modda yoki 10-100 ml eritma olinadi. Reaksiyalar oddiy probirkalarda olib boriladi, hosil bo‘lgan cho‘kmalar filtrlash orqali ajratiladi, yuviladi va aniqlanadi.
Yarim-mikro usulda reaksiya olib borish uchun 0.05-0.5 g quruq modda yoki 1­10 ml eritma olinadi. Reaksiyalar tubi kichraytirilgan probirkalarda tomchi usullarida o‘tkaziladi. Cho‘kmalarni eritmalardan ajratish uchun sentrafugalardan foydalaniladi.
Mikro usulda analiz olib borish uchun 0.001-10-6 g quruq modda yoki 0.1-1 ml eritma olinadi. Reaksiyalar maxsus probirkachalarda o‘tkaziladi.
Ultra-mikro usulda analiz olib borish uchun 10-6-10-9 g quruq modda yoki 10-4­10-6 ml eritma olinadi.
Keltirilgan usullardan yarim - mikrousulda ham aniq natijalar olish mumkin. Shuning uchun tekshirilayotgan moddani sifat jihatdan kimyoviy analiz qilishda asosan yarim - mikro usul ishlatiladi.



Download 66.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling