Kavsar turdiyeva


Download 48.61 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi48.61 Kb.
#1016960
  1   2   3
Bog'liq
KAVSAR TURDIYEVA


KAVSAR TURDIYEVA
Bolalar adabiyotining yosh avlod tarbiyasiga ta`siri shakshubhasizdir. Ayniqsa, eng kichik yoshdagilar uchun she`riyat janrlaridagi asarlar bolalar ongiga tez yetib borishi, tez esida qolishi, shuningdek, ilk tarbiya samaralaridan biri sifatida yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashdagi asosiy vositalardan biridir.
So`nggi yillarda bu yo`lda samarali ijod qilib kelayotgan o`zbek bolalar shoirlari talaygina. Ular keksa avlod vakillarining eng yaxshi an`analarini saqlagan holda o`z yangi yo`nalish va uslublarini ham yaratmoqdalar. Shulardan biri Kavsar Turdiyevadir.
Kavsar Turdiyevaning har bir she`ri ma`naviy yo ma`rifiy tarbiyaga, ko`pincha, ikkalasiga baravar xizmat qiladi.
Kavsar Turdiyevaning bolalarga atalgan she`rlarini mavzu jihatdan bo`lib chiqsak, ularda vatanparvarlik, mehnat, tabiat, bog`cha va maktab, ota-onaga munosabat, do`stlik, sog`lom turmush tarzi va boshqa mavzularni uchratish mumkin.
Har qaysi she`r bolalar adabiyotining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan tarzda o`quvchilar yoshi va bolalar she`riyatining talabidan kelib chiqqan holda yoritiladi.
Muallif she`rlarining ma`naviy-axloqiy yuki, tasviriyligi, musiqiyligi, ularning ko`pchiligi kuyga solinishiga sabab bo`ldi. Jumladan, “Mard o`g`lonlar bo`lamiz”, “Lolaqizg`aldoq”, “Zamonaviy qizaloq”, “Sehrli o`lka”, “Mittivoylar qo`shig`i”, “Bolalik”, “Yaxshi bola, yomon bola” va boshqalar. Masalan, “Yaxshi bola, yomon bola” she`ri eng kichik yoshdagi bolalarga mo`ljallangan bo`lib, ularning yoshiga ko`ra qilgan ishlarini tasvirlab, yaxshi yo yomonligi ta`kidlanadi:
Gullar ekib, daraxtlarni oqlaganlar,
Tabiatning go`zalligin saqlaganlar,
Jonzotlarga kimda mehr kuchli, mo`ldir,
Bilib qo`ying, bunday bola yaxshi, zo`rdir.
Kichik maktab yoshidagi bolalarga mo`ljallangan “Mard o`g`lonlar bo`lamiz” she`ri ham ota va o`g`ilning savol-javobi tariqasida beriladi. Unda xalq og`zaki ijodi mahsuli bo`lgan maqollardan unumli foydalanadi va bolalarga ommabop, sodda tilda o`z fikrlarini ifodalaydi. Aynan savol-javob shakli she`rda xuddi samimiy suhbat ko`rinishini namoyon qiladi va o`quvchining ishonchini oqlaydi:

Tog`ni baland demangizlar,
Istasangiz yiqasiz,
Raqiblarni kuchli demang,
G`ayrat qiling, yengasiz.
Mard bo`linglar, botir bo`ling,
Shu otangiz tilagi.



Ezgu ishga qodir bo`ling,
Yigitga shu keragi.
Ha, dadajon, qo`rqmaymiz biz,
Mard va polvon bo`lamiz.
Ishonchingiz oqlash uchun
Kuch-qudratga to`lamiz.



Umuman, shoiraning vatanparvarlik mavzusidagi ko`pgina she`rlarida Vatan uchun yosh avlodning mas`ulligi, ular shu yurt ravnaqi uchun kuch-g`ayratlarini ayamasliklari kerakligi, onaVatanning yaratib berayotgan imkoniyatlaridan to`lagonli foydalanishlari o`zlarining, shu bilan birga, Vatanning yuksalishiga olib kelishi yaqqol ko`rsatiladi. Chunki yurt farzandi – o`sha elning bir bo`lagi, ular bir-birini to`ldiradi va bir-biriga kerak:
Yuqoridagi she`rda Vatan, uning qismlari, bo`laklari, ya`ni uni tashkil qiluvchilari quyosh, oy, zamin uyg`unligi tarannum etiladi.
Vatanim qaydadir?
Qalbim so`roqlar,
Yuragim bog`langan
Yaqin-yiroqlar.
Vatan – yuragimning
Tug`ilgan joyi.
O`lkamning quyoshi,
Yurtimning oyi.
Vatanim jismida
Men ham bir bo`lak,
Vatanim menga-yu,
Men unga kerak.
Agar bu yerda Vatan obrazi lirik talqin etilsa, “Vatan iqbol kutar” she`rining har bir misrasi go`yo harakat uchun dasturdek jaranglaydi:
Senda, menda, bizda,
Har bir o`g`il-qizda,

Download 48.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling