Kelib chiqish sababi
Download 405.79 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kelib chiqish sababi
- Kasallikni davolash
- Kasallikning oldini olish
Husnbuzarlar so‘ngi yillarda dermatologiyaning eng dolzarb muamolaridan biri hisoblanadi. Bizning o‘lkamizda husnbuzar kasalligi judayam keng tarqalgan ommaviy muammo hisoblanadi. Husnbuzar jinsiy balog‘at davriga yetishdan boshlab yoshlarda va undan katta yoshdagi insonlarda ham uchrab turadi. Kelib chiqish sababi Husnbuzarning kelib chiqish sababi — asli yog‘ bezlarining yiringli yallig‘lanishi hisoblanadi. Husnbuzar bizning hududda judayam ommaviy va dolzarb muammolardan. Asosan ekologiyaning buzilishi, oshqazon-ichak kasalliklari, qalqonsimon bez kasalliklari, noto‘g‘ri ovqatlanish, gormonal buzilishlar hisobiga kelib chiqadi. Kasallikni davolash Husnbuzar kasalligini davolashda bir necha uslublar mavjud. Shulardan biri klassik terapiya. Bunda bir qator muolajalar o‘tkazilishi lozim bo‘ladi. Asab tizimi, oshqozon-ichak sistemasi va boshqa a'zolarni tekshiruvlardan o‘tkazish lozim bo‘ladi. Husnbuzar kasalligi o‘smirlar va Yoshi katta insonlarda turli xilda uchrashi mumkin. Husnbuzar kasalligi estetik muammo bo‘libgina qolmasdan, ayniqsa o‘smirlarda chuqur psixologik muammolarga ham olib kelishi mumkin. Masalan tashqi qiyofaning buzilishi, o‘zgarishlar tufayli psixologik muammolar kelib chiqadi. Kasallikni davolash vaqtida dermatologga murojaat etish judayam muhim sanaladi. Chunki vaqtida boshlangan davo kelajakda yuzni va husnbuzar toshgan boshqa qismlarning mukammal davolanishiga hamda chiroy qaytarilishiga olib keladi. Husnbuzarlarni davolashni so‘nggi zamonaviy usullaridan biri lazeraterapiya hisoblanadi. Lazeraterapiyaning husnbuzarlarni davolashdagi ahamiyati shundaki, husnbuzarlardan qoladigan ikkilamchi asoratlar, chandiqlar, yallig‘lanishlar, yuz o‘zgarishi kabi muammolar bartaraf etiladi. O‘smir yoshdagi bolalarda husnbuzarni qo‘li bilan siqish hollari ko‘p uchraydi. Qo‘l bilan siqilganda yoki uyda o‘z holicha davolash muolajalari olib borilsa, husnbuzarlardan keyin judayam xunuk chandiqlar qolishi mumkin. Bundan tashqari yuz terisining o‘zgarishi natijasida ikkilamchi infeksiya tushishi ham mumkin. Husnbuzarlar paydo bo‘lishi natijasida o‘smirlarda ruhiy muammolar ham paydo bo‘lishi mumkin. Ya'ni husnbuzar chiqishi o‘smirlarning do‘stlari, yaqinlari oldida siqilishlariga, o‘zini bir pog‘ona pastda ko‘rishlariga olib keladi. Judayam katta muammolardan biri bu – husnbuzarlarning og‘ir formasi bilan yuz sohasining kuchli, og‘ir zararlanishi bo‘lgan o‘smirlarning o‘z joniga qasd qilish ham uchrab turishidir. Ular bu kasallikning davosi yo‘q, bir umr shunaqa xunuk bo‘lib qolaman deb o‘ylashadi. Bunday vaqtda faqat dermatolog davosidan tashqari psixolog yordami va nazorati ham kerak bo‘ladi. Kasallikning oldini olish Husnbuzar toshganida krem va pardoz uchun ishlatiladigan har xil moddalardan foydalanib bo‘lmaydi. Bunday paytda husnbuzarlarni qo‘l bilan sitish ham, o‘z holicha har xil muolajalar qilib ko‘rish ham yaramaydi. Aksincha, husnbuzar toshganda dermatolog vrach yoki kosmetologga uchrashib, ulardan kerakli maslahatlar olish va ular nazoratida davolanish zarur. Vrach maslahatlariga amal qilingandagina husnbuzar tezda yo‘qolib ketishi mumkin. Download 405.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling