Kelishildi” Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori


Download 301.97 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi301.97 Kb.
#1390407
  1   2   3   4   5
Bog'liq
TATU Fargona filiali


KELIShILDI”
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori
________________ Sh. To‘rayev
____” _____________ 2023 yil






TASDIQLAYMAN”
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
________________ B. Maxkamov
____” _____________ 2023 yil





Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti
Farg‘ona filialining 2023-2026 yillarda strategik rivojlantirish


D A S T U R I



T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mablag‘ va
moliyalashtirish manbalari


Mas’ul ijrochilar

I. O‘quv jarayoni bo‘yicha

1.1.

Filialda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash, rivojlangan xorijiy mamlakatlar universitetlarida kadrlar tayyorlashning normativ-huquqiy bazasini o‘rganish va shu asosda filial faoliyatini takomillashtirishga imkon beruvchi me’yorlarni ishlab chiqish.

Ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida filial tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish,
rivojlangan xorijiy mamlakatlar universitetlari ta’lim menejmentining ilg‘or me’yorlarini filial o‘quv jarayoniga tatbiq etish; onlayn video seminarlar tashkil etish.

2023 yil
I-chorak

Filialning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Direktor,
Direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari, o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i,
xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i,,
xodimlar bo‘limi boshlig‘i.

1.2

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ta’lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqotlar sifati va samarasini oshirish maqsadida filial tarkibiy tuzilmasini takomillashtirib borish.

1. Xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish;

2. Har o‘quv yilida xorijdagi yuqori salohiyatli kamida 2 nafar professor-o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga jalb etish.





2023 yil
II-chorak

Filialning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Direktor,
Direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari, o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i,
xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i,
xodimlar bo‘limi boshlig‘i.

1.3

Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimi bo‘yicha filial reytingini oshirish

1. Oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, har bir yo‘nalish bo‘yicha ishchi guruhlarni shakllantirish,
2. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi tomonidan ijro intizomini tahlil etish va tezkor choralar ko‘rish.

2023 yil
I-chorak,
2023-2026 yy davomida

-

Direktor,
direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari,
ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i,
monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i

1.4

Raqamli texnologiyalar asosida pedagogik faoliyat samaradorligini baholash va rag‘batlantirish tizimini yaratish

1. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida kafedra, fakultet va texnikum kesimida professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy, ilmiy va “Ustoz-shogird” faoliyati samaradorligini baholashning mezonlarini shakllantirish va avtomatlashtirilgan monitoring tizimini joriy etish.
2. Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirish maqsadida rag‘batlantirish va tanqidiy baholash mexanizmini joriy etish

2023 yil iyun

Filialning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Direktor,
direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, raqamli texnologiyalar markazi boshlig‘i

1.5

Filialda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonlarini tashkil etish samaradorligini oshirish

  1. Mavjud hamda yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun ishlab chiqilgan o‘quv rejalardagi mutaxassislik tanlov fanlarni o‘qitishni buyurtmachilar talabidan kelib chiqib o‘quv jarayoniga tadbiq etish.

  2. Yangi va mutaxassislik tanlov fanlardan amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim uchun uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish

  3. Filial bilan korxonalar o‘rtasida o‘zaro innovatsion-korporativ hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida professor-o‘qituvchilarni ilmiy-amaliy stajirovkalarini tashkil etish va monitoringini olib borish.

2023 yil avgust,
2023-2026 yy davomida

Filialning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Direktor,
direktor oʻrinbosarlari, fakultet dekanlari,
ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, oʻquv-uslubiy boʻlim boshlig‘i,
Ilmiy-tadqiqotlar, innova-siyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i

1.6

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning o‘quv rejalarida ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasi asosida mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish (bakalavriat ta’lim yo‘nalish-larida 60 foizgacha, magistratura mutaxassislik-larida 70 foizgacha) orqali professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamalarini optimallash-tirish hamda talabalarda bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

1. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalarida mustaqil ta’lim ulushi bosqichma-bosqich oshirish.
2. Professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamalarini optimallashtirish maqsadida "Filialning vaqt me’yorlari"ni ishlab chiqish.

2023 yil avgust,
2023-2026 yy davomida

-

Direktor,
direktor oʻrinbosarlari, fakultet dekanlari,
oʻquv-uslubiy boʻlim boshlig‘i,
xodimlar boʻlimi boshlig‘i.

1.7

Real iqtisodiyot va iste’molchilar talablarini e’tiborga olgan xolda Davlat ta’lim standartlari tuzilmasi va mazmuni bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Real iqtisodiyot va iste’molchilar talablari asosida Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlarining loyihalariga takliflar ishlab chiqish.

2023 yil avgust,
2023-2026 yy davomida

-

Direktor oʻrinbosarlari, Ishchi guruh,
oʻquv-uslubiy boʻlim boshlig‘i

1.8

“Fakultetlar reytingi” mezonlarini ularning xususiyatidan kelib chiqib yaratish va uni muntazam tizimli takomillashtirib borish, har yil yakuni bo‘yicha uni aniqlash.

Fakultetlarda o‘quv jarayonini, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy tadqiqot ishlarini sifatli va samarali tashkil etish, filialning xalqaro va milliy ta’lim va tadqiqotlar maydonidagi nufuzini yanada kuchaytirish hamda uning axborot-resurs va moddiy-texnik salohiyatini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini hisobga olgan holda “Fakultetlar reytingi” ni yaratish.

2023 yil iyun,
2023-2026 yy davomida

-

Direktor oʻrinbosarlari, o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i,
fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i



1.9

Tarmoqlar va mehnat bozori-ning ijtimoiy-iqtisodiy rivoj-lanishi istiqbollari va talablariga muvofiq filial ta’lim yo‘nalishlarini kengaytirish.

1. Ilg‘or xorijiy universitetlar tajribalarini o‘rganish asosida yaratiladigan yangi o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish.
2. Data science, Electrical engineering, Sun’iy intellekt, Kosmik aloqa tizimlari, Kiberxavfsizlik bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish.
3. Ishlab chiqilgan malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarini kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan kelishish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish.
4. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari, tadqiqot institutlari va kompaniyalar bilan istiqboldagi yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida o‘qitiladigan fanlarning ta’lim kontentini shakllantirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2023 yil avgust,
2023-2026 yy davomida

-

Direktor,
direktor oʻrinbosarlari, fakultet dekanlari,
ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, oʻquv-uslubiy boʻlim boshlig‘i

1.10

Filialning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida masofaviy o‘qitish shaklini joriy qilish.

1. Masofaviy o‘qitish shaklini joriy qilish bo‘yicha sharoitlar va talablarni ishlab chiqish.
2. Malaka hujjatlarini tan olish bo‘yicha tashkiliy hujjatlarni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.
3. Masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish.

2023 yil avgust,
2023-2026 yy davomida

Filialning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Direktor,
direktor oʻrinbosarlari, fakultet dekanlari,
ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

1.11

O‘quv va amaliyot jarayon-larida tarmoq korxonalari ishtirokini kengaytirish asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish

1. Filial pedagog-o‘qituvchilarining ilmiy-metodik ishlari va amaliy mashg‘ulotlar olib borishlari, talabalarning malakaviy amaliyotlarini o‘tashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida soha korxonalarida mutaxassislik kafedralari filiallarini tashkil etish
2. Talabalarni kadrlar buyurtmachi tashkilotlarga biriktirish hamda o‘qishni yakunlagunga qadar mazkur tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini hamda amaliyotni bo‘lajak ish joylarida o‘tash tizimini yo‘lga qo‘yish

2023 yil iyun-iyul,
2023-2026 yy davomida

-

Direktor oʻrinbosarlari, fakultet dekanlari,
Marketing va talabalar amaliyoti bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, oʻquv-uslubiy boʻlim boshlig‘i,
Mutaxassislik kafedra mudirlari

1.12

Bitiruvchi yosh mutaxassislarni o‘z kasbiy sohasi bo‘yicha ishga joylashishi, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari, kasbiy faoliyatini monitoring qilish maqsadida aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish

1. Oliy ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bakalavr bitiruvchilarini o‘z sohasiga mos korxona va tashkilotlarga ishga kirish uchun suhbatga yuborish.
2. IT-markaz, IT-parklar, ishlab chiqarish korxonalari bilan tuziladigan shartnoma bandlarida ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyoti davrida filial bitiruvchilarini moddiy va ish yuzasidan rag‘batlantirib borish, kelgusida ularni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlash bandlarini kiritish.
3. Hamkorlikda tuzilgan memorandum hamda shartnomalar asosida tayyorlangan kadrlarni chet elning yirik kompaniyalariga ishga yo‘naltirish

2023 yil iyun-iyul,
2023-2026 yy davomida

-

Direktor oʻrinbosarlari, fakultet dekanlari,
Marketing va talabalar amaliyoti bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i,
Mutaxassislik kafedra mudirlari


Download 301.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling