Keramika buyumlari va turlari


Download 1.54 Mb.
bet1/4
Sana01.03.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1241274
  1   2   3   4
Bog'liq
PREZINTATSIYA 7

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI “Transport tizimlari va inshootlari” kafedrasi Mavzu: Keramik buyumlar va turlari

MAVZU

KERAMIKA BUYUMLARI VA TURLARI

1) Kirish 2) Qurilish va sanoat qurilishi materiallari 3) Maishiy-xo’jalik keramikasi materiallari

Keramika so’zi grekcha keramike - kulol san’ati ma’nosini anglatadi. U aslida yunoncha keramos - tuproq, sopol, kuydirilgan gil so’zidan kelib chiqqan. Keramika - maxsus tuproq yoki tuproq bilan turli minerallar aralashmasidan hosil qilingan aralashmani pishitib, undan tayyorlangan va keyin qattiq qizdirib hosil qilingan mahsulotdir

Keramika buyumlarni rivojlanishi Keramika mahsulotlarining dastlabkisi idish bo’lgan. Unda oziq-ovqat pishirilgan va ortiqchasi saqlangan. Jumladan, neolit davrida tuxumsimon qilib ishlangan dastlabki idishlardan ovqat saqlash va pishirishda foydalanilgan. Xitoyda miloddan avvalgi 3 ming yillikdagi Yanshao davrida keramikaning rivojlanishi boshlangan. XII-XIII asrlarda esa ularning shuhrati butun dunyoga tarqalgan. Chinni nomi bilan atalgan bunday mahsulotlar Markaziy Osiyo va Eronga ham keltirilgan.

Keramika chinnisi ishlab chiqarish Evropada 1700 yillarning boshiga to’g’ri keladi. Birinchi chinni zavodi 1710 yili Meysenda, ikkinchi 1717-1718 yillarda Venada ishga tushirilgan. Rossiyada birinchi chinni zavodi Peterburgda 1744 yilda qurilgan. XIX-XX asrlarda keramika sanoati Markaziy Osiyoda jadal sur’atlar bilan rivojlandi. XX asrning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Quvasoy, Xiva, Regar kabi ulkan chinni korxonalari qurildi va ishga tushirildi. Farg’ona viloyatining Rishton qishlog’ida 1970 yili keramika zavodining ishga tushirilishi sopol idish va badiiy buyumlar assortimentini ko’paytirish imkonini berdi.

Qurilish va sanoat qurilishi materiallari Qurilish va sanoat qurilish materiallari davrasiga qurilish keramikasi mahsulotlari va o’tga chidamli materiallar kiradi. Qurilish keramikasi devorbop, tomga va fasadga oid keramika, pol plitkasi, kanalizastiya uchun ishlatiladigan sopol quvurlar, kimyoviy chidamli keramika, filtrovchi kovak keramika, keramzit, agloporit va sanitariya qurilish sopol buyumlaridan tashkil topgan


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling