Kesish jarayonini optimallashtirish masalalarini yechishda qo'llaniladigan matematik modellarni o'rganish


Download 97.5 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi97.5 Kb.
#1244326
  1   2   3
Bog'liq
Kesish jarayonini optimallashtirish masalalarini yechishda qo\'ll


Kesish jarayonini optimallashtirish masalalarini yechishda qo'llaniladigan matematik modellarni o'rganish

Reja:
1.Kesish rejimini tayinlash uslubi. Kesishning optimal rejimi haqida tushuncha.


2 Kesishjarayonida qo'llaniladigan moylash-sovitish moddalarining turlari.
3.Metallarni kesib ishlashning turli usuUari va ularga xos kesish parametr­lari.

Kesishning optimal rejimi haqida tushuncha

Materiallarga stanoklarda mexanik ishlov berishda eng muhim tex-nologik shart sifatida kesish rejimi ko'rsatiladi.


Kesish rejimi — kesish jarayonini ifodalovchi bir qator ko'rsatkichlarning miqdoriy qiymatlari majmuasi bo'lib, ularga shu jarayonning texnik-iqtisodiy parametrlari chambarchas bog'liqdir; bunday ko'rsatkichlarga kesish chuqurligi (0, surish (s), kesish tezli­gi (v), kesuvchi asbob kesuvchi qismining geometrik parametrlari
va turg'unligi (T), shuningdek, kesish
kuchlari quvvativa boshqalar kiradi.

Kesish rejimining xarakteristikasi berilgan konstruksion material-ning kesib ishlanuvchanligi orqali ifodalanadi. Materialning kesib ishlanuvchanligi o'z navbatida ishlanayotgan zagotovka va kesuvchi asbob materialining fizik-kimyoviy xossalari, asbob kesuvchi qismining geometrik parametrlari va kesish rejimi elementlarining optimal qiy-matlari, kesuvchi asbobning yedirilish kattaliklari va turg'unligiga bog'liq bo'lib, materialga ishlov berishda ish unumdorligi va ishlangan yuza sifatini chegaralovchi xarakteristikalar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Odatda kesib ishlanuvchanlikni baholashda ishlov berishni amalga oshi-rishdagi sarf-xarajatlarning minimal qiymatlariga mos keladigan ke­suvchi asbobning turg'unligi Tva uni ifodalovchi optimal kesish tez-Iigi v hisobga olinadi.
Biror detalni kesib ishlash orqali tayyorlashda ish unumdorligi va iqtisodiy jihatdan baholashda bir detal uchun sarf qilingan vaqt tushunchasidan foydalaniladi.
Bunday vaqt quyidagicha aniqlanadi:

Bu yerda:


asosiy texnologik vaqt (yoki mashina vaqti) bo'lib, bu vaqt
to'g'ridan to'g'ri kesish jarayoni uchun sarf bo'ladi (kesuv­chi asbobning bosib o'tgan yo'li:



Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling