Kichik akademiya


Download 1.25 Mb.
bet1/5
Sana19.03.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1284577
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Boqiy Tuman Shahri [dramatik trilogiya]




BOQIY TUMAN SHAHRI
DRAMATIK TRILOGIYA
O`qish uchun dramalar

KICHIK AKADEMIYA NASHRIYOTI. 2023
Maktab “Kichik akademiya” rahbari:
M. M. Abdullayeva
Ijodiy rahbar:
Turdibekova Nigora Zokirovna
Yosh ijodiy izlanuvchi/muallif:
9-G sing o`quvchisi Meliboyev Elshod

TAQRIZ
Meliboyev Elshodbek ushbu pyesalarda zamonaviy fizika, raqamli texnologiyalar fanlaridagi muhim g`oya va nazariyalarni badiiy til bilan tasvirlashga uringan. Trilogiyaning dramasida qismda insonlarning o`z o`tmishi, kelajagi va, umuman, hayot va umidlariga bo`lgan munosabatlarini ko`rsatishga uringan.


“Mavjud Bo`lmagan Urush” dramasida shaharni anomaliyadan tozaluvchi ikki farroshlar shu damgacha ko`rmagan hodisalar guvohi bo`lishadi. O`z muammolari bilan band jamiyat ularni deyarli sezmaydi, lekin ular shu jamiyatning o`limini kechiktirishadi. Mana ular shunday anomaliyalarni topishdiki, agar ularni sog` qolgan dunyoga ko`rsatishsa, unga yangi umid yo qotil berishlari mumkin.
“Raqamli Ong” dramasida ahamiyatsiz talaba do`stlar yurtiga umid berishga urinishadi – haqiqiy raqamli ong. U insonlarni tugamas bo`ronlardan xalos qilishi mumkin edi, havoni tozalash imkonini topa olardi. Ammo uning rivoji, yoxud ulg`ayishi talabalar kutgandek bo`lmadi...
“Marhumlar” dramasida hayotda qamal bo`lgan shahar nihoyat ozod bo`ladi...
Ijodiy rahbar: Turdibekova Nigora Zokirovna

Reja:
I. Mavjud Bo`lmagan Urush


II. Raqamli Ong
III. Marhumlar
IV. Epilog
MUALLIFDAN
Bu trilogiya ilmiy fantastik – tragediya janrlarida yozilgan bo`lib, uch dramatik hikoyalardan tashkil topgan. Pyesalardagi voqealar yagona shaharda – Tuman shahrida sodir bo`ladi. Undagi qahramonlar orasida aloqa yo`q va pyesalar bir-birini davom etmaydi. Har bir pyesani trilogiyadan alohida tushunish mumkin.

Bosh qatnashuvchilar:


Adisa
Abror
Bahodir
Sardor
Jonil


Asosiy voqealar shaharning janubiy distrikti1 va uning atrofida sodir bo`ladi.

I
MAVJUD BO`LMAGAN URUSH


PROLOG
ADISANING UYI.

Uyga kiraverish asosiy xonaga o`tadi. Bu xonada oshxona va mehmonxona uyg`unlashgan.


Adisa – o`rta yoshdagi qiz. Bir qarashda tanasi nozik, yoshiga qaraganda yoshroq ko`rinadi.
Adisa o`ziga qahva damlash uchun suv qaynatadi. Derazaga qarab qoladi.
Derazada quyuq tuman-u reklama bannerlarining chirog`idan boshqa hech narsa ko`rinmayapti.
Birdan eshik taqillaydi. Adisa eshikni ochishi bilanoq, Abror uyga kirib ketadi.
Abror - Adisa bilan tengdosh, uning hamkasbi, oz o`sgan, to`zigan sochli.

ADISA.
(hayron)


Abror?! Nima bo`ldi?

ABROR.
(vahimada, ko`zlarida qo`rquv ko`rinadi)


Adisa, muhim gap bor!

ADISA.
Qanday gap?


ABROR.
Kecha sen topgan daladagi anomaliyalar!


ADISA.
Tinchlan, o`tirib ol. Qahva ichasanmi?


ABROR.
ha…


ADISA.
Har doimgidek, shakarlimi?


ABROR.
Ha, rahmat…


(tinchlanib oladi)

Adisa ikki chashka qahva olib kelib, Abrorning oldiga o`tiradi.


ADISA.
Xo`sh, kechagi anomaliya. Ularning anomaliyasining sababini topdingmi?


ABROR.
Ha! Gap ham shunda!


ADISA.
U yerda atmosfera odatdagidan zaharliroq ekanmi?


ABROR.
Yo`q! Anomaliyaning sababi atmosfera emas! Bu anomaliya ham emas!


ADISA.
(hayron)


Unda, nima?
BIRINCHI PARDA

KATTA DALADA.




Dalada qurib ketgan o`tdan boshqa o`simlik yo`q. Atrofda quyuq tuman. Quyuq tuman orasida, dala atrofida teraklar ko`rinadi.
Dalaning bir nuqtasidan kulirang tutun chiqyapti.
Uzoqdan Adisaning mashinasi kelib to`xtaydi.
Adisaning mashinasi zamonaviy ko`rinishiga qaramay, atrofdagi tuman tufayli, changa qoplangan.
Adisa mashinadan chiqadi.
Adisa yoqali ko`ylak ustidan nimchak kiyib olgan. Nimchak – paltoga o`xshaydi, lekin yengi yo`q. Nafas olish uchun yuziga kislorod niqobini taqib olgan.
Ko`ylagining o`ng yoqasiga aloqa qurilmasi yopishtirilgan. Undan Abror aloqaga chiqadi.
Adisa dala bo`ylab yuradi. Chap qo`lida detektor.

ADISA.
Abror, shu yer ekanligiga komilmisan?


(detektorga qarab)
Butun dala anomaliyaga to`la deganding-ku... hech narsa yo`q.

ABROR.
Ha, bu o`sha dala. Mening qurilmalari hech adashmaydi.


ADISA.
(dala bo`ylab yurib)


Qanchalar kamtarsan-a.

ABROR.
Bo`lmasam-chi!


Adisa tutun tomonga qara boradi.


Yerda qandaydir qurollarning qoldiqlari ko`rinadi. Ular tordek tebranishadi.

ADISA.
(hayron, egiladi)


Bunaqa anomaliyani hali ko`rmaganman.

ABROR.
Kamera yaxshi ko`rsatmayapti...


Adisa yoqasidagi qurilmani to`g`irlab qo`yadi.


ADISA.
Bu nimaligini bilasanmi?


ABROR.
(yengil qo`rquvda)


Adisa, men yordamchi guruhni yuborganman, tezroq u yerdan ket.

ADISA.
Qayerdan buncha g`amxo`rlik?


ABROR.
Soching to`kilishiga javobgar bo`lmoqchi emasman. Tezroq ketaver.


ADISA.
Xo`p, atrofni yana bir bor qarab chiqay. Hisobot uchun.


Dala bo`ylab yuradi. Fonarga o`xshagan qurilma bilan yerni skanerlaydi. Birdaniga yer ostidan g`alati harbiy kiyimdagi odam hujum qiladi.


ABROR.
Adisa!


Adisa yerga yiqilganidan so`ng, `harbiy` o`qotar qurol olib unga o`t ochadi.


Adisa o`qdan o`giriladi, lekin niqobi shikastlanadi. Darrov qurolini olib, `harbiy`ning qurol ushlagan qo`liga o`q otadi.
Qo`li jarohatlanganidan, ular mushtlashishga o`tishadi. Uning hujumlarni qaytarib, Adisa uning bo`yniga `o`tkir` hujum qiladi.
Hujumdan `harbiy` bo`g`ilib xushidan ketadi.

ABROR.
(tinch ohangda)


O`ldirib qo`ymadingmi?

ADISA.
(chuqur nafas olib)


Yo`q, xushidan ketgan, xolos.

ABROR.
Shu uslubingni menga o`rgatishing kerak.


ADISA.
Senga qanday foydasi tegadi?


ABROR.
Har ehtimolga qarshi.


ADISA.
Kompyuteringdagi haligi papkaga o`xshabmi?


ABROR.
Qaysi papka?


ADISA.
(jilmayib)


“xotiramni yo`qotsam” degani.

ABROR.
(yengil g`azabda)


Qo`ysangchi!

ADISA.
(yengil kulib qo`yadi)


ABRORNING LABORATORIYASI

Xonaga kirganda, xonaning o`rtasida uzun, deyarli butun xonani egallagan, ish stoli ko`rinadi. Bir tomonida abrorning asosiy kompyuteri, boshqa tomonida chala yasalgan qurilmalar, xonaning boshqa burchagida esa kichik server-kompyuter. Xona unchalik ham yoritilmagan, asosan yorug`lik stolga tushadi, koridor derazasidan ham chiroq nurlari tushadi.


Adisa kirib keladi.

ADISA.
Haligi, daladagi odam kimligini aniqlashibdimi?


ABROR.
(kompyuterga qarab)


Senga ham “xayrli kun”.

ADISA.
(Abrorning oldiga kelib)


La`nati... niqobimni sindirdi.
(Abrorga)
Hoy, vaqting bo`lsa, niqobimni tuzatib bera olasanmi?

ABROR.
(niqobni olib, stoldagi fonarni unga yo`naltirib qaraydi)


Yangisini sotib olsang bo`lmaydimi?

ADISA.
Uygacha yetib borishim uchun yetsa bas, qolaversa, bu yerdagi do`konlarda niqoblar qimmat.


ABROR.
Mayli... evasiga mukofot bormi?


ADISA.
Keyingi haftada maoshim chiqganda beraman.


ABROR.
Pul demadim-ku.


ADISA.
Nima?


ABROR.
Balki, seni biror joyga taklif qilarman... do`st sifatida?


ADISA.
Qo`ysangchi.


ABROR.
Hazillashmayapman!


ADISA.
Men ham. Balkim, keyingi safar... faqat do`st sifatida!


ABROR.
Ha, albatta!


(niqobni berib)
Mana, tayyor.

ADISA.
Rahmat.


(xonadan chiqib ketadi)

ABROR.
(orqasidan)


Keyingi safarda bahona qilma!

ADISANING UYI. BIR KUN O`TIB.


ADISA.
Nega shunchaki qo`ng`iroq qilmading?


ABROR.
Qo`ng`iroqlarimizni yashirin eshitishlari mumkin!


ADISA.
(kinoya bilan, kulimsirab)


Nima, massonlarga ishona boshladingmi?

ABROR.
Yo`q!


Atmosfera zaharlanganidan beri, yo`q, hayotimda bunaqa anomaliyani uchratmaganman! Ilm-fanda revolyutsiya sodir bo`lishi mumkin!

ADISA.
Abror, nima deyotganingni tushunmayapman! Menga hali ham anomaliya sababini aytmading!


ABROR.
Ha, uzr. Gap shundaki, anomaliyaning sababi atmosfera, yoki boshqa falokat emas. Sababi – Kvant Fizikasi!


ADISA.
Kvant fizikasi?


ABROR.
Ha! Aniqrog`i, to`lqin funksiyasi2. Bu...


ADISA.
Bu nimaligini bilaman. Lekin, katta jismlarda bu funksiya borligi imkonsiz-ku?


ABROR.
Bu, sen Kvant mexanikasi3ning qaysi ta`rifiga tayanishingga bog`liq. Ha, Kopengagen ta`rifi4ga ko`ra olam ikki tabiat qonunlariga ega: kvant mexanikasi va mumtoz mexanika5.


ADISA.
Ha, shuning uchun ham imkonsiz deyapman.


ABROR.
Lekin boshqa ta`rif ham bor.


ADISA.
Ko`polamli ta`rif6mi?


ABROR.
Ha, unga ko`ra olamda faqat bir tabiat qonuni bor...


ADISA.
Ha, kvant7 fizikasi. Lekin bu ta`rifga ko`ra ham bu imkonsiz, har qanday ta`sir to`lqin funksiyasini yo`q qiladi.


ABROR.
Bor anomaliya ham shunda! Lekin bu muammo ummonining bir tomchisi, xolos.

ADISA.
Qanday muammo?


ABROR.
Gap shundaki bu anomaliyalar – qurol qoldiqlari!


ADISA.
Qanday qurol?


ABROR.
Qanday bo`lsa, ham bunaqasi bizning olamda bo`lmagan.


ADISA.
To`xta! Ya`ni aytmoqchisanki, bu qurilmalar o`zga olamdan?


ABROR.
Hozirgacha, aniq ayta olmayman. Hozirgacha!


ADISA.
Menga hujum qilgan odam-chi? Uni tergov qilishdimi?


ABROR.
Ulgurmadik. Bir odam kelib, olib ketdi. Davlat hodimi. Keyin anomaliya haqida mendan so`radi. Mendan hisobot olganidan so`ng, “Ishingizni davom eting” deb ketishdi.


ADISA.
Qanday hodim? Bir o`zimidi?


ABROR.
G`alati formadagi askarlar ham bor edi, “Xavfsizlik xizmatidanmiz” deb o`zlarini tanishtirishdi. Birorta ham davlat odamida bunchalar g`alati formalarni ko`rmagandim.


[pauza]
Senga g`alati tuyilmayaptimi?

ADISA.
Ha...


LABORATORIYA. KEYINROQ.

Butun xona qorong`i. Birgina, Adisa va Abror turgan va kompyuterlar turgan joylar yoritilgan.


Ikkisi ham stol ustidagi, shisha quti ichidagi anomaliyaga qarab turishibdi. Qo`llariga laboratoriya qo`lqoplari taqilgan.
Adisa, qora shim va nimchak-paltosida, sochlari orqaga o`ralgan.
Abror, oq ko`ylakda, yenglari shimarilgan, ko`k tusdagi shimda.

ADISA.
Balki, bu superpozitsiya8 emasdir.


ABROR.
Unda nima? Boshqa ta`rif topa olmayapman.


ADISA.
Ya`ni, ha bu to`lqin funksiyasi, lekin bu tebranish uning oqibatidir?


ABROR.
Interferensiya9 demoqchimisan?


ADISA.
Ha! Xuddi, yorug`lik interferensiyasidek. Qolaversa, malekula va qattiq jismlarda ham interferensiya jarayonini yarata olishgan-ku!


ABROR.
Ha lekin, birinchidan, bu jarayon uchun jismni ikki teshikli to`siqdan o`tkazish kerak, ikkinchidan, interferensiyani malekular hajmdagi jismlarda yaratishgan, bu esa materiya!


[pauza]
Lekin...
(chiroqni anomaliyaga yo`naltirib)
Buni qara! Yorug`lik ta`sirida anomaliya tebranishi yo`qolmayapti, u kamayyapti.

ADISA.
Interferensiya katta hajmda emas...


ABROR.
Malekular darajada bo`lyapti. Bunga qaramay, materiya bundan parchalanib ketmayapti.


ADISA.
Ha! Balki, bu anomaliya ham emasdir?


ABROR.
Aytmoqchisanki, interferensiyani sun`iy ravishda yaratishgan...


ADISA.
Ha. Qolaversa, sen bu qandaydir qurol qoldiqlari deding.


Abrorning yuzi ham hayron, ham xursand edi. U darrov anomaliyaning bir qismini olib, ehtiyotlik bilan elektron mikroskob ostiga qo`ydi.


ABROR.
(mikroskobdan qarab)


Materiya tarkibida noma`lum malekulalar bor ekan. Buning ustiga... ularning tuzilmasi juda g`alati ... xuddi, sun`iy ravishda tuzilgandek...
(mikroskobdan boshini ko`taradi)

Adisa ham mikroskobdan qaray boshlaydi. Abror kompyuterdagi xabarga jalg`iydi.


ADISA.
Ha ... interferensiya qanday hosil bo`lishini yaxshiroq o`rganish uchun, bu ... juda kamlik qiladi.


ABROR.
(kompyuterga qarab)


Adisa, shunga o`xshash yana uchta anomaliyalarni topdim.

ADISA.
(mikroskobdan boshini olib, Abrorga qarab)


Qayerda?

ABROR.
Uchta tashlandiq zavodlar. Hammasi bir firmaga tegishli. Atmosfera zaharlanganidan so`ng, yopilib ketgan.



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling