Kichik maktab yoShidagi bolalarning o‘z o‘zini anglash qobiliyatini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 36.66 Kb.
bet1/2
Sana17.10.2023
Hajmi36.66 Kb.
#1706382
  1   2
Bog'liq
Xamidova Sayyora


KIChIK MAKTAB YoShIDAGI BOLALARNING O‘Z O‘ZINI ANGLASh QOBILIYaTINI RIVOJLANTIRIShNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI
Xamidova Sayyora Nabijon qizi
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o‘qituvchisi
sayyoraxamidova1993@gmail.com
Annotatsiya. O‘z-o‘zini anglashni rivojlantirishning asosiy maqsadi - sog‘lom turmush tarziga ongli munosabatni shakllantirish, bolalarni yoshligidanoq o‘zi va atrofidagi dunyo bilan uyg‘unlikda yashashga o‘rgatishdir. Maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘z o‘zini anglash qobiliyatini rivojlantirishda kichik guruhlarda ishlash hamda o‘yin, mashq, mashg‘ulotlar va o‘quv faoliyati orqali mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish mumkinligi to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar. Material, faoliyat, vazifa, o‘yin, mashq, mashg‘ulot, jamoa, guruh, munosabat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (2017 yil 30 sentabr, PF-5198-sonli) Farmonida maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatilgan [1].
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy ijtimoiy iqtisodiy shart-sharoitlar, mehnat bozori va jamiyat ehtiyojlari asosida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, uni tashkiliy-uslubiy tomonlarini takomillashtirish dolzarb muammo hisoblanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘z o‘zini anglash qobiliyatini rivojlantirish borasida ta’lim-tarbiya tizimini yanada taraqqiy ettirish uchun tuzilmaviy o‘zgarishlarni kiritish, ularning rivojlanish dinamikasini yuritish, uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlashni boshqarishning samarali tartibini joriy qilish, ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirishni talab etiladi. Shuningdek, mamlakatimiz ta’lim-tarbiya, boshqaruv hamda mutaxassis kadrlarini tayyorlashni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish ilmiy-tadqiqot ishlarini korxona va muassasalarning innovatsion faoliyatiga mos holda tashkil etilishini taqozo etadi.
Bolalarning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi o‘z o‘zini anglash qobiliyatini rivojlantirishni amalga oshirishga bevosita bog‘liqdir. Mazkur g‘oyaning ildizi chuqur va nihoyatda keng qamrovga ega bo‘lib, ilg‘or fan vakillari, mutafakkirlar va olimlar tomonidan asoslangan pedagogik-psixologik nazariya va konsepsiyalarga tayanadi.
Maktabgacha yosh davrida bolada o‘rganilayotgan narsalarga nisbatan qiziqish juda yuqori darajada namoyon bo‘ladi. Chunki bolalik davri inson hayotining eng qiziquvchan pallasi hisoblanadi. Bolalikka xos qiziquvchanlikdan samarali foydalanish, uni aynan bola hayotining zarur sohalariga yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim davrida o‘z o‘zini anglash qobiliyatini rivojlantirishning yana bir ahamiyatli jihati u bolani ijtimoiylashtirish (jamiyatning haqiqiy a’zosi, davlat fuqarosiga aylantirish) tomon qo‘yilgan ilk pedagogik-psixologik ta’sir vositasi vazifasini ham bajaradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining istiqboli ko‘p jihatdan ijtimoiylashuv omiliga bog‘liq. Kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘z o‘zini anglash qobiliyatini rivojlantirish har bir yosh bosqichida jismoniy rivojlanishning ma’lum darajasiga erishish, individual o‘zini o‘zi anglashni shakllantirish bilan bog‘liq.
O‘z-o‘zini anglashni rivojlantirishning asosiy maqsadi - sog‘lom turmush tarziga ongli munosabatni shakllantirish, bolalarni yoshligidanoq o‘zi va atrofidagi dunyo bilan uyg‘unlikda yashashga o‘rgatishdir.
Ushbu masala bo‘yicha uchta yo‘nalish mavjud:
1. Men
2. Mening organizmim.
3. Sog‘lom turmush tarzi.
“Men” yo‘nalishining vazifalari:

  • bolaga insonning mohiyatini ochishga, o‘z individualligini, o‘ziga xosligini, takrorlanmasligini anglashga yordam berish;

  • odamlarga ishonch, hayotga muhabbat, “Men borligim uchun!” mavjudlik his-tuyg‘ularni shakllantirish;

  • o‘z-o‘zini hurmat qilish, optimistlik, o‘z oilasiga, o‘z qarindoshlariga, do‘stlariga bog‘liqlikni rivojlantirish.

“Mening organizmim” yo‘nalishining maqsadlari:
- bolada o‘z organizmi, o‘z tanasi va sog‘lig‘i haqida dastlabki bilimlarni shakllantirish;
- odamlar bilan munosabatda tizimli bilimlar va insonparvarlik asoslarini yaratish.
“Sog‘lom turmush tarzi” yo‘nalishining maqsadlari:
- tana, aql va ruh madaniyatini shakllantirish;
- bolalarda o‘z organizmiga g‘amxo‘rlik qilish istagini uyg‘otish, ularga o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish usullari o‘rgatish;
- o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonishga, o‘zi bilan faxrlanishga o‘rgatish.
Bu vazifalar ustida ishlashni boshlash uchun “Sog‘lom turmush tarzi” yo‘nalishi bo‘yicha bolalar diagnostikasi mashqlarini misol keltiramiz.
Uning maqsadi o‘z salomatligi va uning atrofidagi odamlarga nisbatan barqaror hayotiy pozitsiyani shakllantirish, bolalarni sog‘lom turmush tarzining foydalari haqidagi bilimlarini kengaytirishdan iborat.
Diagnostika mashqlari natijasi:
Agar bola turli tadbirlar davomida o‘z bilimini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lsa, bolaning o‘z o‘zini anglash jarayoni to‘liq bo‘ladi. O‘z navbatida, taqdim etilgan bilimlar uni bunga undashi, faolligini rag‘batlantirishi kerak.
Materialni o‘zlashtirish tezligi va uning bilimining chuqurligi individualdir. Ko‘p narsa bolaning jinsiga, u to‘plagan tajribaning tabiatiga, uning hissiy va bilish sohalarining rivojlanish xususiyatlariga bog‘liq.
Turli materiallarning mazmuni va ularning xususiyatlariga ko‘ra, bolaning asosiy faoliyati aniqlanadi, bu esa amalga oshirilayotgan vazifaga to‘liq mos keladi. Bir holatda bu o‘yin, boshqasida - mashq, uchinchisida - mashg‘ulotlar, o‘quv faoliyati bo‘lishi mumkin. Boshqa barcha faoliyat turlari to‘ldiruvchi vazifani bajaradi, ya’ni asosiy faoliyat taqdim etmaydigan narsalarni to‘ldiradi. Ish shakllari - jamoaviy, kichik guruhlar, individual bo‘lishi mumkin.
Masalan, bolalarga o‘z tanasi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish uchun “Ichki organlar”, “Bizning yordamchilarimiz” kabi odamning sxematik qiyofasi bilan tanishtirish mavzularida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Shuningdek “Kichik yordamchilar”, “Kim eng ko‘p harakatni aytib bera oladi” o‘yinlari, “Oiladagi dam olish kuni”, “Oila fotosurati” suhbatlari orqali o‘z oilasi haqidagi tasavvurlarni kengaytirish mumkin. Bunday mashg‘ulotlar ertalab, mashg‘ulotlar paytida, yurish vaqtida va kechqurun o‘tkazilishi mumkin.
Bunday mashg‘ulotlarga ota-onalarning ham ishtirokini ta’minlash mumkin. Ota-onalarning fikrlari so‘rovnomalar, maslahatlar, ma’lumot varaqalari va boshqalar shaklida bilib olinadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘z o‘zini anglash qobiliyatini rivojlantirish borasidagi bunday mashg‘ulotlar bolalarda o‘zi haqida tasavvur paydo bo‘lishi, o‘zini hurmat qilish hissi, o‘zini o‘zi qadrlash, shaxsiy fazilatlari va o‘ziga xos xususiyatlari (ismi, otasining ismi, familiyasi) haqida bilib olishiga yordam beradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘z o‘zini anglash qobiliyatini rivojlantirishning umumiy yo‘nalishlari odamlarning chaqaloqlik, maktabgacha yoshdagi davr, maktab o‘quvchisi, yosh, qarilik, tashqi ko‘rinishidagi yosh va jins xususiyatlarining namoyon bo‘lishi, oila, qo‘shnichilik munosabatlari va o‘z oilasining madaniy an’analari haqida o‘rgatishdan iborat.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘z o‘zini anglash qobiliyatini rivojlantirishda mavjud pedagogik texnologiyalardan biri bo‘lgan “kichik guruhlarda ishlash” metodi barcha mashg‘ulotlarda qo‘llanilganda bolalar bilim darajasining ortishi, mustaqil ravishda fikrlar bildira olishi, mashg‘ulotlar jarayonida barchaning faol ishtirok etishi ortishini ko‘rsatadi. Bunda guruhdagi bolalarni bir nechta guruhga bulib ular oldiga topshiriq, aralash masala yoki savol asosida muammo qo‘yiladi. Muammoni yechish uchun guruhdagi barcha a’zolarning ishtiroki va o‘zaro muloqoti zarur bo‘ladi. Kichik guruhlarda ishlash metodining asosiy afzalligi shundaki, o‘zlashtirishi past bo‘lgan bolalarga faqat tarbiyachi emas, balki guruxdosh o‘rtoqlari ham yordam beradi [2].
Guruhlarga bo‘lib o‘rgatish kichik maktab yoshidan yuqori bosqichgacha qo‘llanilganda uzluksiz o‘zgartirib borishni talab qiladi. Chunki kichik guruhlarda bu mashg‘ulotlar bo‘yicha birinchi bor guruhlar tashkil etilganda mashg‘ulotlarning samaradorligi yuqori bo‘lmasligi mumkin. Buning sabablaridan biri bolalar bilan individual ishlashdan guruh bo‘lib ishlashga darhol ko‘nikmasligidadir. Bunday ko‘nikmani xosil qilish uchun ularni maxsus guruhlarda ishlash eslatmasi orqali ruhiy jihatdan tayyorlash kerak.
Bu eslatmada:
- guruhdoshingni diqqat bilan tinglab, uning fikrini tushunib oling, agar tushunmasangiz, qayta so‘rang;
- o‘z fikringizni qisqa va aniq bayon qilishga o‘rganing;
- guruhdoshingiz fikriga qo‘shilmasangiz, negaligini asoslab bering;
- ular sizning fikringizga qo‘shilmasa, sababini aniqlang;
- agar fikringizni noto‘g‘riligini isbotlab berishsa, xatolaringni tan oling va boshqalar.
Berilgan vazifalarni hal etilishi guruhdagi har bir a’zoga bog‘liq ekanligini unutmaslik kerak. Guruh a’zolari orasida hamjihatlikka asoslangan samimiy, xech bulmaganda betaraf munosabatni, muhitni tarkib toptirish kerak.
Shuningdek, kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘z o‘zini anglash qobiliyatini rivojlantirishda quyidagi mashg‘ulot shakllarini qo‘llash maqsadga muvofiq:
- musobaqa;
- ijodiy topshiriqlar;
- hayvonot olamiga sayohat va boshqalar.
Kichik guruhlarni shakllantirishda ixtiyoriylik tamoyiliga rioya etiladi. Bir guruhda ishlashni xohlamagan bolani majburlash mumkin emas. Guruhlar vaqtinchalik yoki doimiy ham bo‘lishi mumkin. Guruh, shuningdek, bir xil yoki turli darajadagi bolalardan tashkil topishi mumkin. Har birining o‘ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor. Kichik maktab yoshidagi bolalar bilan tashkil etilgan guruhlar vaqtinchalik bo‘lgani ma’kul. Keyinchalik doimiy guruhlar shakllana boradi.

Download 36.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling