Gmz3 oqova suvlarini ko`p bosqichli tozalash bo`yicha tajribaning 4-kuni
Download 107.5 Kb.
|
Farmonova hisobot
08.08.2022 GMZ3 oqova suvlarini ko`p bosqichli tozalash bo`yicha tajribaning 4-kuni. Soat – 9:30 Harorat - 28°C; shamol tezligi – 137 km/s 1-idishdagi o`simliklarning o`sish va rivojlanishi nisbatan sekinlashgan. Oqova suv tarkibidagi loyqa miqdori dastlab ko`p bo`lganligi sababli tajribadagi o`imliklar ildiz sathini qoplab olgan. Shu bois tajribaning 3-sutkasida (07.08.2022y) 1-idishga 100gr biomassadagi yangi o`simlik tuplari ekildi. Tajribaning 4 – sutkasida (08.08.2022y) ularning normal vegetatsiyasi davom etdi. Shu bilan birga dastlabki konstruksiyaning 1-idishda bo`lgan o`simlik massasi ham 80% zararlangan bo`lsada yangi kurtak va novdalar rivojlanish davom etmoqda. 2-idishda o`simliklarning dastlabki biomassalarida barg yaproqlari qurigan, ammo, bandlari tirik. Barglarning quyoshga qaragan tomoni zararlangan. Yangi chiqarilgan barg yaproqlarida qurish bor. 3-idishda o`simliklarning umumiy xolati yaxshi. Ona o`simlikning barg yaproqlari zararlangan. Ildizlari normal, tiniq, yaltiroq, to`q ko`k rangda. 4-idishdagi o`simliklarning vegetatsiyasi yaxshi. Barglarda shikastlanish kam. Ildiz tizimida rang o`zgarish holati kuzatilmagan. Tiniq 5-idishdagi o`simliklar 7.08.2022 kuni ekilgan. Barglarda qurish yo`q. ildiz tizimi yaxshi. Uchi oqish, ko`rinishi normal. Barg bandlarining quyoshga qaragan tomoni normal. Barglarning umumiy soni 62 ta bo`lib, ulardan 5 tasi qurigan. 6-idishga o`simliklar bugun (08.08.2022) solindi. Ekilgan o`simlik ildizi normal. To`pgul mavjud. Jami barg yaproqlarining soni 56ta. Ildizlari oq. Tiniq. 09.08.2022 Soat – 9:00 Harorat - 31°C; shamol tezligi – 105 km/s 1-idishdagi o`simliklarda qurish jarayoni davom etmoqda. Yangi tashlangan massa gullash davrini o`tamoqda. Barg yaproqlarida taranglik pasayib qurish alomatlari boshlanish sezilmoqda. Ammo barg bandlarida shikastlanish alomatlari yo`q. Ldizining uchki qismi oq rangda, sog`lom. 2-idishdagi o`simliklarning ildiz qismi qoraygan. O`simlikning 40% qismi qurish jarayonida. Barg bandining quyoshga qaragan tomoni qurigan, suvga botgan tomonida esa qurish alomatlari yo`q. Barg yaproqlarida esa qurish davom etmoqda. Yangi barglar hosil bo`lmoqda. 3-idishdagi o`simliklar ildizida zararlanish xolatlari deyarli yo`q. Barg yaprog`ining faqat chetki qismlarida biroz qurish alomati bor. Barg bandlarining zararlanmaganini ko`rish mumkin. O`simlik biomassasida umumiy barglar soni 66 ta bo`lib, ulardan 42 tasi mutlaqo sog`lom barg. 24 tasida chetida sariqlik mavjud. 4-idishdagi o`simliklarda qurish alomatlari yo`q. Ildiz qismi kuzatilganda rangi to`q yashil ekanligi, tiniqligi va uchki qismida qoramtir yo`qligini ko`rish mumkin. To`pguldagi gullar changlanib bo`lib, gulbandi pastga qarab o`sishda davom etmoqda. Barg bandlarining suvga qaragan tomonida ham, quyoshga qaragan tomonida ham shikastlanish alomatlari yo`q. Barg yaproqlarining faqat chetki qismida sariqlik paydo bo`la boshlagan. Barg yaproqlarining tarangligi normada. Umumiy biomassadagi barg yaproqlar soni 64 ta bo`lib, ulardan 11 tasida qurish alomatlari sezila boshlagan. Yangi Barglar hosil bo`lgan. 5-idishdagi o`simliklarning rivojlanish holati normada ketmoqda. Ildiz zonasida mutlaqo zararlanish ko`rinmadi. Rangi to`q ko`k, uchki qismi tiniq oq rangda. Barg bandlarida taranglik yuqori, rangi yashil. To`pgullar changlanib bo`lgan. 3 ta to`pgul suvostida, 5 tasi suvga qarab o`smoqda. Jami Barglar soni 69 ta bo`lib ulardan 12 tasida qurish alomatlari mavjud. Barglar orasida yangi hosil bo`lgan yosh barglar ko`plab uchraydi, ya`ni 1 sutkada 13 taga ortgan.
(5-idishdagi barglar uzunligi) 6-idishdagi suv harorati 22°C. Bu idishdagi o`simliklar kecha (08.08.2022) solindi. Xolati juda ham yaxshi. O`simlik ildizining rangi tiniq, to`q ko`k rangda. Uchki qismlari esa oqish, uchki qismida xiralashish yo`q. Barg bandlari mutalqo sog`lom. 3 ta to`pgul suvga rarab o`smoqda. Barg yaproqlarining holati yashil, sog`lom. 10 ta barg yaprog`ining uchki qismida 0,1-0,2 mm uzunlikda sarg`ayish mavjud. Barg yaproqlarining soni 64 ta bo`lib, 4 tasi sarg`ayishni boshlagan. 7-idishdagi suvga 100 gr atrofida ozuqa adsorbend qo`shildi. Adsorbent yaxshilab eritildi. So`ngra unga yangi o`simlik ko`chati o`tqazdik. Ushbu o`simlik massasida 4 ta to`pgul mavjud. Barg yaproqlarining soni 64 ta. Qurish alomatlari yo`q. Barg bandlari sog`lom.
(7-idishdagi barglar uzunligi) Download 107.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling