Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi
Download 32.5 Kb.
|
Savollar
Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi. Elektropoezd sharqqa tomon 80 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Shamol esa sharqdan g’arbga qarab 15 km/soat tezlik bilan esmoqda. Poyezddan chiqayotgan tutun qaysi tomonga qarab harakatlanadi? Bir shox, bir ko’z, ammo karkidon emas. Men suvman va suv yuzasida suzib yuripman. Men kimman? Uchta toshbaqa sudralib bormoqda. 1-toshbaqa: mening ortimdan ikkita toshbaqa sudralib kelmoqda. 2-toshbaqa: mening oldimda ham, ortimda ham bittadan toshbaqa sudralib kelmoqda. 3-toshbaqa: mening oldimda ikkita toshbaqa, ortimdan esa bitta toshbaqa sudralib kelmoqda. Bu qanday qilib bo’lishi mumkin? Qaysi talaffuz to’g’ri: «oq rangdagi tuxum sarig’ini ko’rmayapman» yoki «tuxumning oq rangli sarig’ini ko’rmayapman»? Hatto eng katta kastryulkaga ham uni solib bo’lmaydi. U nima? Sun’iy yo’ldosh yer orbitasini 1 soat 40 daqiqada aylanib chiqadi, lekin teskari yo’nalishda shu aylanib chiqish uchun 100 daqiqa vaqt ketadi. Buning sababini izohlang. Qaysi o’simlik yig’ib olinganidan so’ng, uning 90% yoqib yuboriladi, 10% esa tashlab yuboriladi. U qaysi o’simlik? Italiyaning bayrog’i qizil-oq-yashil rang ketma-ketligidan iborat. Qaysi mevaning ko’ndalang kesimi ularga bu ranglarni tanlashga yordam bergan? U Geyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegrda katta, Madonna va Kleopatrada umuman yo’q, Rim papasida bor, lekin uni ishlatmaydi. Gap nima haqida ketyapti? Finlyandiya, Nоrvegiya, Shvetsiyada yangi yil kuni uni sоvg’a qilishsa bilingki, sizga baxt va iliqlik istashayоtgan bõladi. Yunоnistоn va Ispaniyada u havf-xatar belgisi bõlgan. Haqiqatdan ham undan katta xavf bõlishi mumkin. Savоl u nima? 1-b, 2-I, 3-u, 4-t, 5-b. Siz qolgan beshta harfni yozib bering. Fransuzlarda “Tuxumdan olmagacha” degan ibora bor. Ular bu koni foyda ekani uchun ham bunga amal qilishadi. Savol: “Tuxumdan olmagacha” iborasida nima nazarda tutilmoqda? U AQSHliklarda O. K. Y. tarzida berilsa yaponlarda Y. O. K. shaklida, bizda K. O. Y. ketma-ketlikda beriladi. Agar anglagan bo’lsangiz nimaning ketma-ketligi keltirilmoqda? Aynan bir poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashgan. Bu qaysi shahar va davlat? Qadimgi Sparta ayollari erlari qabriga borganda o’z vafodorliklarini belgisi sifatida bir kichkina idishda hech qayerda sotilmaydigan suyuqlik quyib kelishar ekan. Savol: qanday suyuqlik haqida gap ketmoqda? Bir vaqtning o’zida 2 uy yonmoqda, biri bdavlat kishiniki, ikkinchisi kambag’al kishiniki. Qaysi uyni politsiya birinchi bo’lib o’chirishga shoshiladi? Loy va jundan tanasi, Xovlimizda xonasi. Yemishi olov, xamir, Beradi shirmoy, patir. Na boshi bor, na tani, Na joni, na vatani. Eshitsa biror ovoz, Javob qaytarar shovvoz. Download 32.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling