Kimyoviy bog'lanishning hosil bo'lishi
Download 418.3 Kb.
|
Haytmurod kimyo 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- H2,O2,N2,Cl2. Murakkab moddalar – HCl, H2O, MgO, NaCl, H2SO4.
Kimyoviy bog'lanishning hosil bo'lishi Reja:
Kimyoviy bogʻlanish haqidagi ta’limot – hozirgi zamonning asosiy masalasidir. Bu ta’limotni bilmay turib kimyoviy birikmalarning turli-tumanlik sabablarini, ularning hosil boʻlish mexanizmini, tuzilishini va reaksiyaga kirisha olish xususiyatlarini tushuntirib boʻlmaydi. Kimyoviy elementlarning atomlari birbiriga birikib, juda koʻp oddiy va murakkab moddalarning molekulalarini hosil qiladi. Bu molekulalarda atomlar bir-birlari bilan qanday kuch hisobiga bogʻlanishi mumkin. Odatdagi sharoitda inert gazlarning atomlari erkin holda mavjud boʻla oladi (He, Ne, Ar, Kr, Xe, Rn), boshqa har qanday element atomlari erkin holda uzoq vaqt mavjud boʻla olmaydi, ular bir-biri bilan birikishga harakat qiladi, natijada esa oddiy yoki murakkab moddalarni hosil qiladi. Oddiy moddalar – H2,O2,N2,Cl2. Murakkab moddalar – HCl, H2O, MgO, NaCl, H2SO4. Oddiy moddalar Murakkab moddalar Har qanday kimyoviy element oʻzining tashqi energetik qavatida elektronlar sonini tugallangan holatda yetkazishga intilishini bilamiz. Demak, tashqi energetik qavat 8 ta elektron bilan toʻlganida tugallangan boʻladi. Kimyoviy birikmalar hosil boʻlishda element atomi yadrosida oʻzgarish sodir boʻlmaydi, asosan guruh elementlari tashqi energetik qavatidagi elektronlarda – qoʻshimcha guruhcha elementlarida tashqi va tashqidan oldingi energetik qavatda oʻzgarish sodir boʻladi. Ma’lumki har bir element oʻzining tashqi energetik qavatidagi elektronlarning yadroga bogʻlanish energiyasi bilan farqlanadi. Ayrim elementlarning tashqi energetik qavatidagi s-elektronlar yadroga kuchsiz bogʻlanganligi tufayli ular kimyoviy reaksiyalarda oson elektron beradi. Bunday elementlar metallardir. M: natriy atomining tashqi energetik qavatida 3s1 1ta elektron boʻladi va u kimyoviy reaksiylarda osonlik bilan bitta elektron yoʻqotib ikkinchi qavatni ochib qoʻyadi. Na ning 2-qavatida esa 8 ta elektron boʻladi. Download 418.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling