Kimyoviy texnologiya
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 mlrd.m 3 bolgan uglevodorod gazlarlarini adsorbtsion tozalash jarayoni tahlili va adsorberni hisoblash
Фан мазмуни, Фан мазмуни, Фан мазмуни, 2 5337156490652288276, , , Бетон, ona tili 4-sinf ochiq dars, midterm LTA Kenjayeva Risolat 433 group(1), Dunyoning ishlaridan yopiq test, gazlarning molekulyar massasini aniqlash, Shirinova Dilshoda 4 topshiriq, 6-sinf II, 6-sinf II
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO MUHANDISLIK- TEXNOLOGIYA INSTITUTI “KIMYOVIY TEXNOLOGIYA ” fakulteti “NEFTKIMYO SANOATI TEXNOLOGIYASI” kafedrasi Himoyaga ruxsat berildi «KT» fakulteti dekani _______dots. AtaullayevSh.N. «___»_____________2016yil Ro’yxatga olish raqami № ___
«NKST» kafedrasi mudiri _______dots. Bozorov G’.R. «___»____________2016 yil
Mavzu: Ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 mlrd.m 3 bo’lgan uglevodorod gazlarlarini adsorbtsion tozalash jarayoni tahlili va adsorberni hisoblash
Boltaev Bekzod
Rasulov U.A.
Himoya kuni _______________ DAK bayoni _______________ DAK bahosi _______________ DAK kotibi _______________
BUXORO MUHANDISLIK – TEXNOLOGIYA INSTITUTI “"Kimyoviy texnologiya" fakulteti "Neftkimyo sanoati texnologiyasi" kafedrasi Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi yo’nalishi 2-12 NGKST guruhi "Tasdiqlayman"___________________ Kafedra mudiri dots. Bozorov G’.R. 2015 yil 30 dekabr
Talaba Boltaev Bekzod 1.Bitiruv ishining mavzusi:Ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 mlrd.m 3 bo’lgan uglevodorod gazlarlarini adsorbtsion tozalash jarayoni tahlili va adsorberni hisoblash 25. 11. 2015 yilda kafedra majlisida ma’qullangan va institut rektorining 30. 12. 2015 yildagi70-КВКТ (01) sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan. 2. Bitiruv ishini topshirish muddati: 1 iyun 2016 yil 3. Bitiruv ishini bajarishga doir boshlang’ich ma’lumotlar:Uglevodorod gazlarlarini adsorbtsion tozalash texnologiyasi tahlili bo’yicha adabiyatlar sharxi, internet ma’lumotlar, hisoblash qismini bajarish uchun ishlab chiqarishdan olingan ma’lumotlar. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 mlrd.m 3 4. Hisoblash-tushuntirish yozuvlarining tarkibi (ishlab chiqiladigan masalalar ro’yxati): KIRISH 1.TEXNIK QISM 2.TEXNOLOGIK QISM 3. HISOBLASH QISMI 4. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI 5. GRAFIK QISMI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 5. Chizma ishlari ro’yxati 5.1.Tabiiy gazni H 2 S dan adsorbsiya usuli bilan tozalash qurilmasini sxemasi 5.2. Uzluksiz ishlaydigan mavhum qaynash qatlamli adsorbsion qurilmasi sxemasi 5.3. Davriy ishlaydigan vertikal adsorberning chizmasi 5.4. Gaz tarkibidagi H 2 S va merkaptanlarni aniqlash qurilmasi sxemasi 6. Bitiruv ishi bo’yicha maslahatchi (lar)
№ Bo’lim nomi Maslahatchi o’qituvchi F.I.SH. Imzo,sana Topshiriq berildi
Topshiriq bajarildi 1 Kirish Rasulov U.A. 30.12. 2015
2 Texnik qism Rasulov U.A.
3 Texnologik qism Rasulov U.A.
4 Hisoblash qismi Rasulov U.A.
5 Hayot faoliyati xavfsizligi qismi Nematulloyev S.S.
6 Grafik qism Rasulov U.A. 30.12. 2015
№ Bitiruv ishi bosqichlarinig nomi Bajarish muddati Tekshiruvdan o’tganlik belgisi I.
Kirish 22.01.2016 y.
II. Texnik qism 27. 03.2016 y.
III. Texnologik qism 12.05.2016 y.
IV. Hisoblash qismi 16.05.2016 y.
V. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi 20.05.2016 y.
Xulosa 25.05.2016 y.
Topshiriqni bajarishga oldimBoltaev Bekzod Topshiriq berilgan sana 30. 12. 2015 yil O’ZBEKITSON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI “Neftkimyo sanoati texnologiyasi” kafedrasi BITIRUV MALAKAVIY ISHI UCHUN TOPSHIRIQ 2-12 NGKST guruhi tolibi: Boltaev Bekzod BMI mavzusi: Ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 mlrd.m 3 bo’lgan uglevodorod gazlarlarini adsorbtsion tozalash jarayoni tahlili va adsorberni hisoblash KIRISH 1.TEXNIK QISM 1.1. Gaz qonunlari
1.2. Uglevodorodli tabiiy gazlar xaraktersitikasi 1.3. Adsorbsiya jarayoni
1.4. Adsorbentlarning turlari va ulaming xossalari 1.5. Adsorberlar va ularning turlari 1.6. Adsorbstiya jarayonini tashkil etish usullari 2.TEXNOLOGIK QISM 2.1. Gazlarni guruhlanishi va ularni qayta ishlashga tayyorlash, gaz gidratlari
2.2. Gazni qayta ishlash zavodlaridagi asosiy texnologik jarayonlar tavsifi 2.3. Gazlarni adsorbsiya usuli bilan tozalash 2.4. Gaz tarkibidagi nordon komponentlar miqdorini tajribadaaniqlash 3. HISOBLASH QISMI 3.1. Adsorberning adsorbent bo’yicha ish parametrlarini hisoblash
3.2. Adsorberning issiklik balansi hisobi 4. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI 4.1. Texnik xavfsizlik qoidalari 4.2. Yong’in xavsizligi 4.3. Mehnat muhofazasi
5.1.Tabiiy gazni H 2 S dan adsorbsiya usuli bilan tozalash qurilmasini sxemasi 5.2. Uzluksiz ishlaydigan mavhum qaynash qatlamli adsorbsion qurilmasi sxemasi 5.3. Davriy ishlaydigan vertikal adsorberning chizmasi 5.4. Gaz tarkibidagi H 2 S va merkaptanlarni aniqlash qurilmasi sxemasi “KT” fakulteti dekani: dots. Ataullayev Sh.N. “NKST” kafedrasi mudiri: dots. Bozorov G’.R. Rahbar: Rasulov U.A. Bitiruvchi: Boltaev Bekzod MUNDARIJA bet
KIRISH....................................................................................................................... 1.TEXNIK QISM 1.1. Gaz qonunlari.......................................................................................................
1.2. Uglevodorodli tabiiy gazlar xaraktersitikasi........................................................ 1.3. Adsorbsiya jarayoni................................................................................................
1.4. Adsorbentlarning turlari va ulaming xossalari……………………………………. 1.5. Adsorberlar va ularning turlari............................................................................. 1.6. Adsorbstiya jarayonini tashkil etish usullari............................................................. 2.TEXNOLOGIK QISM 2.1. Gazlarni guruhlanishi va ularni qayta ishlashga tayyorlash, gaz gidratlari..........
2.2. Gazni qayta ishlash zavodlaridagi asosiy texnologik jarayonlar tavsifi............... 2.3. Gazlarni adsorbsiya usuli bilan tozalash.............................................................. 2.4. Gaz tarkibidagi nordon komponentlar miqdorini tajribadaaniqlash.................... 3. HISOBLASH QISMI 3.1. Adsorberning adsorbent bo’yicha ish parametrlarini hisoblash...........................
3.2. Adsorberning issiklik balansi hisobi....................................................................
4.1. Texnik xavfsizlik qoidalari.................................................................................. 4.2. Yong’in xavsizligi................................................................................................ 4.3. Mehnat muhofazasi..............................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI............................................. KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq. Ana shunday muhim obyektlar haqida gapirganda, janubiy koreyalik investor va mutaxassislar bilan hamkorlikda Surg‘il koni negizida barpo etilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasini alohida ta’kidlamoqchiman. Umumiy qiymati 4 milliard dollardan oshadigan ushbu majmua dunyodagi eng zamonaviy, yuqori texnologiyalar asosida ishlaydigan, yirik korxonalardan biri bo‘ldi. Majmuaning ishga tushirilishi yiliga 83 ming tonna noyob polipropilen mahsulotini ishlab chiqarish imkonini beradi. Holbuki, bu mahsulot ilgari mamlakatimizga chetdan, katta valyuta hisobiga olib kelinar edi. Ayni vaqtda mazkur korxona polietilen ishlab chiqarish hajmini 3,1 barobar ko‘paytirish, mingdan ziyod yuqori malakali mutaxassislarni ish bilan ta’minlash uchun imkoniyat yaratishi bilan ulkan ahamiyatga egadir. Mamlakatimizning 2016-yilga belgilab olingan marra va maqsadlari, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini aniqlab olishda jahon miqyosidagi hali-beri davom etayotgan global inqiroz bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan jiddiy muammolarni hisobga olmasligimiz mumkin emas, albatta. Ana shu muammolar tufayli bugungi kunda dunyo bozorlarida talabning keskin kamayib, noaniqlik saqlanib qolayotgani, shafqatsiz raqobatning tobora kuchayib borayotgani, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi jahondagi ko‘pchilik davlatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz.
Bunday o‘ta murakkab vaziyat barchamizdan ertangi kunimizni ko‘rishda, istiqbolimizni belgilab olishda, avvalo, eskicha qarashlar qolipidan voz kechishni, umrini o‘tab bo‘lgan, aytish mumkin, inersion usullardan to‘liq voz kechishni talab etadi.
Biz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo‘lishi zarur. Ayni shunday yangicha qarash va harakatlar butun faoliyatimizning negizini tashkil etishi shart. Shu borada ichki imkoniyat va zaxiralarimizni ishga solishning eng muhim yo‘nalishi bizning zaminimizdagi boy mineral xomashyo va o‘simlik dunyosi resurslarini chuqur qayta ishlashni bosqichma-bosqich oshirib borish, shuningdek, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishning hajmi va turini kengaytirishdan iborat bo‘lishi kerak. Boshqacha aytganda, xomashyoni jahon bozorida talab katta bo‘lgan mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlashning 3-4 bosqichli tizimiga o‘tishimiz zarur. Bu tizimning ma’no-mohiyati shundan iboratki, ubirinchi bosqichda xomashyoni dastlabki qayta ishlash, ya’ni yarim fabrikatlar tayyorlash, keyingi bosqichda sanoat asosida ishlab chiqarish uchun tayyor materiallarga aylantirish, uchinchi, yakuniy bosqichda esa iste’mol uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Bu boradagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda har bir turdagi birlamchi xomashyo, ya’ni yarim fabrikatlarni chuqur qayta ishlashdan tortib, uni iste’mol uchun tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo‘lgan yakuniy bosqichga qadar butun ishlab chiqarish jarayonini kuzatib borish zarurati paydo bo‘lmoqda. Muxtasar aytganda, ishlab chiqarishni tashkil etishning butun jarayonini – xomashyoni chuqur qayta ishlashdan toki uni tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo‘lgan yo‘lini – siklini, sarflangan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi va nechog‘liq o‘zini qoplashini asoslab bergan holda, prognoz qilishni ta’minlash darkor. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida 2030-yilda, yangi turdagi tovarlar tayyorlashni o‘zlashtirish asosida neft-gaz-kimyo sohasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3,2 barobar, rangli metall mahsulotlari 2,2-marta, qora metalldan tayyorlanadigan buyumlar 2,3 karra, kimyo sanoati mahsulotlari, jumladan, mineral o‘g‘itlar 3,2 barobar ko‘payishi mumkin. Ayni shu ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, ya’ni, jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilgan, o‘zimizning resurs va imkoniyatlarimizni real baholagan holda, biz oldimizga aniq maqsadni – ya’ni, 2030- yilga borib mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 2 barobar oshirish vazifasini qo‘yishimiz uchun bugun, hech shubhasiz, barcha asoslarimiz bor. O‘zbekiston gaz konlarini o‘zlashtirishning yangi bosqichi Neft-gaz sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri. Ushbu soha taraqqiyoti mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi, sanoatining yuksalishi va xalqimiz farovonligi yanada oshishida muhim omil bo‘ladi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2015-yil 4-martdagi «2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi farmonida neft-gaz sanoatini rivojlantirishning yangi istiqbollari belgilab berilgan. Ushbu hujjatga muvofiq neft-gaz sanoatida tabiiy gaz va gaz kondensatini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va turini kengaytirish, eksportni ko‘paytirish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangilarini barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy yilda umumiy qiymati 20,6 milliard dollarlik 38 investitsiya loyihasini bajarish rejalashtirilgan. Buxoro viloyatida joylashgan Qandim gazkondensat konlari guruhini o‘zlashtirishdagi asosiy ishlab chiqarish obyekti hisoblangan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ulardan biridir. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Rossiyaning «LUKOYL» neft kompaniyasi bilan hamkorlikda “Qandim-Havzak-Shodi-Qo‘ng‘irot” mahsulotini taqsimlash to‘g‘risidagi bitim doirasida Qandim gazkondensat konlari guruhini o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirmoqda. Ushbu guruhga Qandim, Quvachi-Olot, Oqqum, Parsanko‘l, Xo‘ja va G‘arbiy Xo‘ja kabi oltita gazkondensat koni kiradi. Qandim gazni qayta ishlash majmuasi tarkibiga yiliga 8,1 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega zavod, shuningdek, 114 qazish qudug‘i, 11 maxsus maydon va 4 yig‘uv punktini o‘z ichiga olgan tabiiy gazni to‘plash tizimi kiradi. Bundan tashqari, 370 kilometr gaz quvuri, 160 kilometr avtomobil yo‘li qurish rejalashtirilgan. Majmua va infratuzilma obyektlarini barpo etishga 7 mingga yaqin kishi jalb etiladi. – Bu kompaniyamizning O‘zbekistondagi eng yirik investitsiya loyihasidir, – dedi «LUKOYL» kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov. – Uskunalar yetkazib berish, gazni qayta ishlash majmuasini qurish va Qandim konlar guruhini jihozlash bo‘yicha shartnoma qiymati 2,7 milliard dollarni tashkil etadi. Dastlabki bosqichda ushbu loyihaga yo‘naltiriladigan jami investitsiya hajmi 3,3 milliard dollar miqdorida baholanmoqda. Bu yerga eng yaxshi mutaxassislar va zamonaviy texnologiyalar jalb etiladi, ishlab chiqarish xavfsizligi, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir barcha standartlarga rioya etiladi. Muxtasar aytganda, Qandim gazni qayta ishlash majmuasining barpo etilishi O‘zbekiston gaz konlarini o‘zlashtirishni yangi bosqichga ko‘taradi. Markaziy Osiyodagi yirik ishlab chiqarish majmualaridan biri bo‘lgan ushbu zavodda 2 mingdan ziyod doimiy ish o‘rni yaratiladi. Toshkentda “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida tozalangan metan asosida sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqarish” loyihasiga bag‘ishlangan kreditorlar forumi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda eksport-kredit agentliklari, xalqaro neft-gaz kompaniyalari, moliya tashkilotlari, qator xalqaro institutlar vakillari qatnashdi. Tadbir “O‘zbekiston GTL” qo‘shma korxonasining “Oltin yo'l GTL” zavodini loyihaviy moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlandi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri G.Saidova, “O‘zbekiston GTL” qo‘shma korxonasi bosh direktori J.Von va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, jumladan, neft-gaz sohasini rivojlantirish, soha taraqqiyotiga xizmat qiladigan qulay sarmoyaviy muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar berayotganini alohida ta’kidladi. Sohada yangi korxonalar barpo etilib, mavjudlari zamon talablari asosida modernizatsiya qilinmoqda. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko‘paytirish, mahalliylashtirishni kengaytirish, korxonalararo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish uchun qulay imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda.
1.1. Gaz qonunlari Gaz holati uchun Boyl-Moriott qonuni Bir-biridan mustaqil holda 1662 yilda ingliz olimi Boyl va 1667 yilda franstuz olimi Mariott izotermik jarayon uchun quyidagi qonunni kashf etdilar: o’zgarmas
Bu qonun doimiy haroratda gaz bosimi hajmi orasidagi bog’lanishni ifodalaydi. qonunga muvofiq gaz hajmi qanchalik yuqori bo’lsa, bosim shunchalik past bo’ladi va aksincha, bosimning hajmga ko’paytmasi RV = const (bu erda, P - bosim; V - hajm) bo’ladi. Odatda, gazlar hajmi normal sharoitda o’zgacha holatlarda o’lchanadi. shu bois gaz hajmini normal sharoitlarga keltirish uchun Boyl-Moriot bilan Gey-Lyussakning gaz qonunlarini birlashtiruvchi tenglamasidan foydalaniladi: 0 0
T V P T PV
bu erda, V- bosim P ga tengligi va T- haroratdagi hajm V 0 – normal bosim; R 0 va
T 0 - haroratdagi (273°K) gazining hajmi. Boyl-Moriot qonunini tasvirlovchi egri chiziq izoterma deyiladi. Ushbu qonun ideal gazlarga tatbiqetiladi. Real gaz bu qonunga qisman bo’y sunadi. Biroq normal harorat (0°C) va normal bosim (760 mm.s.u)ga yaqin sharoitda bu gazlar ushbu qonunga bo’ysinib, yuqori bosimda chetga chiqadi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling