Kiprikda qolgan tong


Download 9.77 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi9.77 Kb.
#1842167
Bog'liq
KIPRIKDAGI TONG1


SAID AHMADNING "KIPRIKDAGI TONG” ASARIDA QO'LLANGAN IBORALARNING LINGVISTIK TAHLILI
Annotatsiya: Ushbu maqolada O'lmas Umarbekovning g'oyat hayoti va ijodi asarlari hamda Said Ahmadning O'lmas Umarbekovga bag'ishlangan Kiprikda qolgan tong qiissasi haqida so'z yuriltilgan
O'lmas Umarbekov-O'zbekiston xalq yozuvchisi,o'zining ko'plab romanlari-yu qissalari bilan ko'plab kitobxonlarning qalbidan joygan adib.O'lmas Umarbekov xalq va ustozlar nazariga tushgan nurli inson bo'lgan,uning nafaqat asarlari balki hayot yo'li ham gʻoyat ibratlidir.O'lmas Umarbekov hayoti haqida yozilgan eng ajoyib asar bu Said Ahmadning "Kiprikda qolgan tong"asaridir.Asar g'oyat ta'sirlidir bu asarda siz O'lmas Umarbekov Said Ahmad,Abdulla Qahhor kabi buyuk yozuvchilarimizning sermazmun hayotiga nazar tashlaysiz,ularni qalbdan anglaysiz.Buyuk yozuvchi asarni yozib boshlar ekan shunday deydi:"Insonni badnom qiladigan har qanday xaromharish ishlardan o'zini tiya olgan bu dunyoga pok kelib pok ketgan nurdek tiniq hayot kechirga Alloh dargohiga farishta bo'lib yo'l olgan do'stim jigarim ukam qadrdonim hech qachon yodimdan chiqmaydigan sevikli yozuvchim O'LMAS UMARBEKOV ga bag'ishladim ushbu qissani".Ha,O'lmas Umarbekov ko'pchilik uchun sevimli yozuvchi.Uning "Sevgimsevgilim","Odam bolish qiyin","Fotima va Zuhra" kitoblarini o'qimagan kitobxon bo'lmasa kerak.O'lmas Umarbekovning yaratgan asarlari oʻtgan asrning ikkinchi yarmidagi o'zbek adabiyoti,o'zbek nasri rivojida o'rni salmoqlidir.Yozuvchining ilk kitobi-"Hikoyalar(1958). "Xatingni kutaman" "Yurak so'zlari" (1960) "Boboyong'oq", "Yulduzlar", "Menga ishonmaysanmi" (1962) "Hayot abadiy" (1964) "Charos"(1966), Ko'prik (1968), "Bolgar qo'shiqlari", "Oltin yaproqlar"(1972), "Qiyomat qarz"(1976) "Yer yuzi yonganda"(1993) kabi hikoya to'plamlari nashr etilgan. Uning 1970yilda yozilgan "Odam qiyin” romani har kitobxon qalbidan chuqur joy olgan. Bu asar adibning ilk romani bo'lib katta shuhrat qozongan.Asar bosh qahramoni Abdulla yaxshi o'qidi olim bo'lib yetishdi. Lekin vaqtincha hoy-u havas, boylik va shuhratparastlikka uchishi oqibatisa sevgilisi Gulchehraning o'limiga sababchi bo'ldi. Asar fojeaviy yakun topadi.Abdulla esa bir umr vijdon azobida qolib ketadi. Zero,"Olim bo'lish oson-u Odam bo'lish qiyin". Asar yakunida Abdulla ko'pchilikning buvisining tog'asining, do'stlari Samad va Qosimning butun Mingbuloq qishlogʻining nazaridan qoldi. Inson eng oliy jazo ham odamlaridan nazaridan qolishdir. Abdulla o'z sevgisini va o'zini, o'zligin sotdi. Bir umr o'zini baxtdan mosuvo etdi. Asardan chiqadigan xulosa shuki, biz insonlar baxtni izlaymiz yelamiz yuguramiz ammo u yonginamizda bo'ladi, baxt bu -hech qanaqa boylik yoki mashhurlikda emas.Baxt-bu oddiy hayot.Sevimli insonlaring yoningda bo'lishi va ularning senga ishonishidir.O'lmas Umarbekovning ushbu romani vaqtlar sinovidan o'tib kelayotgan,qancha yillar oʻtsa ham o'z ahamiyatinin yo'qotmaydigan asardir.O'lmas Umarbekov "Yoz yomgʻiri", "Kimning tashvishi yo'q", "Urush farzandi"singari qissalar, "Tuhmat", "Oqsoqol", "O'zing uchun o'l yetim" kabi dramalar muallifi. Yozuvchi kasalxonada o'lim bilan olishib yotgan chog'ida ham ijod ijod qilishda davom etdi. Va Qizimga Maktublar (Mangu hayot bo'sag'asida) nomli avtobiografik asari yaratildi. Ushbu asari yaratilishida Yozuvchining Turmush oʻrtogʻi

Kasalxonada ham kitob yozishiga qulaylik yaratadi.Said Ahmad Asar xususida shunday deyd: "Bugun bizga yetib kelgan Qizimga Maktublar yozuv stolining eshigiga qog'oz qo'yib yozilganini ko'pchilik bilmasa kerak. Sarlavha tagidagi yozuvga ko'zingiz tushgan boʻlsa kerak Unga Mangu Dunyo bo'sag'asida deb yozilb qo'yibdi. Bu uning foniy dunyodan boqiy dunyoga ko'chyapman degani. U shunday berilib yozardiki ertaga jarroh bo'g'ziga nashtar urishini ham unutib qoʻygan edi. O'lmasning yozishiga berilib ketganidan Zuhro (O'lmas Umarbekovning ayoli) xursand edi. U o'limni unutib qo'yib endi nimalar yozishini qanaqa kitoblar chiqarishini Zuhroga to'lib toshib gapirib berar edi" O'lmas Umarbekov g'oyat iste'odli Alloh nazari tushgan Inson Va buyuk yozuvchi bo'lgan.Adibning barcha asarlari bizga umr yo'llarimizda hamroh bo'ladi. Xulosa qilib aytganda O'lmas Umarbekov umrining so'nggi lahzalarida ham hayotdan o'z umidini yo'qotmagan adabiyotni bir zum bo'lsa ham tark etmagan jonkuyar yozuvchi va Mehribon Otadir. Uning eng so'nggi asari Qizi Umidaga bag'ishlangan edi. O'lmas Umarbekovning O'zbek adabiyotidagi o'rni,asarlarining ahamiyati beqiyosdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Odam bo'lish qiyin romani Yangi asr avlodi Toshkent-2019

  2. Kiprikda qolgan tong qissa.Said Ahmad "Sharq"NMAK Toshkent-2008

  3. o’g’li, R. S. S. ., & o’g’li, I. N. K. . (2021). Reforms in Education. "ONLINE - CONFERENCES&Quot; PLATFORM, 138–140. Retrieved from http://papers.onlineconferences.com/index.php/titfl/article/view/341

  4. Norov, I. (2021). METHODS Of Teaching Phonetics In Other Language Groups. Барқарорлик ва Етакчи Тадқиқотлар онлайн илмий журнали, 1(5), 306-309.

  5. Taqvim.uz

  6. Wikipedia.uz

Download 9.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling