Kirish Aylanma pechning tuzilishi va ishlash prinsipi
Download 222.63 Kb.
|
2 5235524207080641843
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Aylanma pechning tuzilishi va ishlash prinsipi
- III. Yoqilg’ining yonishini hisoblash.
MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………… Aylanma pechning tuzilishi va ishlash prinsipi………………… Yoqilg’ining yonishini hisoblash……………………………….. Tabiiy gazning yonish hisobini bajarish…………………. Asosiy jihozning issiqlik balansini tuzish………………………. Jihozning aerodinamik hisobi…………………………………... Xulosa…………………………………....................................... Adabiyotlar……………………………………………………... Kirish Xalq xujaligining rivojlanishida qurilish materiallarining ahamiyati juda katta. Sanoat va uy-joy qurilishining kun sayin o‘sib borishi qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. Shuning uchun qurilish materiallari hamda ularni ishlab chiqarish texnologiyasi, ulardan yasalgan materiallar tarkibini bilish va o‘rganish har bir quruvchi-mutaxassis uchun muhimdir. Shu bilan birga, mutaxassis quyidagilarni yaxshi bilishi lozim: a) materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo; b) xomashyoni ishlash va buyum tayyorlash jarayoni; v) qurilish materiallarining xossalari, ularni sinash usullari va qabul qilish; g) tashish va saqlash usullari; d) materiallarning qurilishda, kerakli joylarda ishlatilishi; e) materiallarni tejash yo‘llari. Respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo’yicha barqaror o’sish suratlarini ta’minlash, shuningdek, korxonalarni moderniztsiya qilish, texnika va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatida tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 2019 – yilning 13-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezdenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Qurilish materiallari ishlab chiqarishda innovatsion g’oyalar va texnologiyalar” mavzusida matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 23 maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4335-sonli qarorida qurilish materiallari sohasini jadal rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish me’zonlari belgilab beriladi. 2003-yilda respublika Qurilish materiallari sanoatida (yirik va o’rta korxonalar bo’yicha) 4062,5 ming tonna sement, 568,1ming km2 ichki devorlarni qoplashga mo’ljallangan bezakli sopol plitkalar, 34,7 mln.m2 yumshoq yopma (tom) materiallari, 313,7 mln dona shartli taxta shifer, 360 ming m2 linoleum, 6434,5 ming m2 deraza oynasi ( 2 mm qalinlik hisobida), 41,2 ming tonna gips va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoq mahsulotlari chet mamlakatlariga eksport qilindi (2004-yilda 31,7 mln. AQSH dollori). Qotishida о‘zaro ta’sir etuvchi mahsulotlarning kolloidlanish, kristallanish, fazaviy tarkibini о‘zgarishi о‘rin tutadi. Mashhur kimyorgar va texnologlar bо‘lmish A. Le-SH atelye, A. Lyafyum, J. L. Vika, V. Mixaelis, G. Kyul, R. Bogg, A. R. Shumyachenko, A. A. Baykov, P. P. Budnikov, V. A. Kind, V. F. Juravlev, V. N. Yung, P. A. Rebinder, S. D. Okorokov, Y. M. Butt, N . A. Toropov, M.M. Sichyov va boshqa bir qator olimlarning ilmiy izlanishlarda hozirgi zamon sement ishlab chiqarishni ilmiy jihatdan asosladilar. Biroq, gidratatsiya, qattiq jism xususiyatlarini shakllanishi, sement toshining qotishi va korroziyalanishi kabi murakkab kimyoviy jarayonlari hanuz oxirigacha oydinlashtirilmadi. Respublikamiz xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materyallari salmoqli o‘rin egallaydi.Shu jumladan qurilish materyallarini umumiy ishlab chiqarish hajmiga nisbatan tsement – 70 % ni,shifr – 15 % ni,maxsus qurilish materyallari – 10 %ni va boshqalar - 5 % ni tashkil qiladi. Ushbu keltirilgan ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki qurilish materyallari ichida sement ishlab chiqarilishi katta ahamiyatga ega va tez suratlarda rivojlanib bormoqda. Sement kimyosi masalalari dunyo olimlari tomonidan amalga oshiriluvchi fundamental ilmiy izlanishlardandir. Ushbu ilmiy izlanishlarni natijalari sement kimyosi bо‘yicha о‘tkaziluvchi yirik xalqaro forumlar – kongresslarda umumlashtiriladi va muhokama etiladi. Ushbu qurilish materialining o’rtacha yillik о‘sishi 6 % dan ortadi, bu esa sement ishlab chiqarilishining rivojlanishini boshqa sanoat mahsulotlariga nisbatan ancha yuqori ekanligidan guvohlik beradi. Bugungi kunda sement tayyorlash texnalogiyasi sohasi oldida bir qancha vazifalar turadi. Bu vazifalarga 1000-2000 markali, mustahkamlik darajasi yuqori hamda o‘ta tez qotib, sutka mobaynida markadagi mustahkamligining 70% iga erishadigan sementlar tarkibini ishlab chiqarish va ularni tadbiq etish kiradi. Bunday sementlar asosida tayyorlanadigan betonlar va beton konsruksiyalar korroziyaga, sovuq,quruq va issiq iqlim sharoitiga chidamliligi bilan birga suv o‘tkazmaslik kabi xossalarini oshirishi ham muhim vazifalardandir. II. Aylanma pechning tuzilishi va ishlash prinsipi Aylanma pech – yotiq silindr shaklidagi sanoat pechi. Aylanma pech boʻylama oʻqi atrofida aylanadi yoki tebranadi. Metallarni suyuklantirish, materiallarni quritish, bolgʻalash yoki shtamplash uchun metall xom ashyoni qizdirish, metall buyumlarga ishlovi berish, sement pishirish va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan. Pechning aylanib turishi natijasida issiqlik bir tekis taqsimlanadi, shuning uchun pechning ichki qoplamasi uzoqqa chidaydi. Aylanma pechda material yoki buyumlar yonilgʻining yonish mahsulotlari, elektr toki yoki elektr yoyi bilan qizdiriladi. Quritish va issiqlik ishlovi berish (issiqlik termik ishlash)da material pechning bir boshidan kiritilib, ikkinchi boshidan chiqariladi; bunday pechlar uzluksiz ishlashi mumkin. Quruq usulda sement ishlab chiqarish ishlatiladigan aylanma pechlarning uzunligi 3,6-52; 4-60; 5-75; 6,9/7-95 m ga ega bo`lgan Germaniyaning “Gumbolt” firmasining aylanma pechlari keng tarqalgan. Takomillashgan tuzilmaga ega siklonli issiqlik almashtirgichlarda dekarbonizatsiyalanish darajasi 35-40 % ga yetadi. Bunday pechlarning unumdorligi 4000 t/sut gacha bo`lishi mumkin. Siklonki,issiqki almashtirgichli aylanma pechlarning ishlash prinsipi quyidagicha. Quruq donalanmagan xomashyo uni pechga kirgunga qadar muallaq holatda bula turib harakatdagi issiq gazlar va gaz orasida shiddatli issiqlik almashinishini ta’minlaydi. Har qaysi siklonda issiqlik almashinish gaz va xomashyoning bir tomonga yo`nalgandagi harakati, yani to`g`ri oqim prinsipi asosida, barcha siklonlar tizimida esa issiqlik almashinish – qarama-qarshi oqim prisipi bo`yicha, ya’ni aylanma pechdan chiquvchi issiq gazlar quyi siklondan yuqori siklonga qarab harakat qiladi, xomashyo esa yuqori siklonga tushib, siklonlarning barcha bosqichlaridan o`tib, aylanma pechga tushadi. Siklonli issiqlik almashtirgichlari bo`lgan aylanma pechlarning afzalligi – soda tuzilganligi, ishonchli tarzda ishlashi, issiqlik sarfining kamligi, klinkerning solishtirma chiqishining ko`pligi va uning yuqori sifatliligi, issiqlik almashtirgichlarda harakatlanuvchi qismlarning mavjud emasligi, xomashyo aralashmasiga nisbatan yuqori sifatda bo`lishini talab etmasligidir. Bu pechlarning kamchiliklari – siklonli issiqlik almashtirgichlarni yuqori balandliklarda o`rnatilishi (12 m gacha), gaz oqimiga bo`lgan yuqori aerodinamik qarshilik, chiqib ketuvchi gazlarning yuqori haroratda bo`lishi, xomashyo zarrachalari o`lchamlarining kichikligi (10 mkm gacha) sababli chi quvchi gazlarni tozalashning mjurakkabligidir. Aylanma pechlarning aylanishlar tezligini boshqarish bosqichli bo‘lib, minutiga 0,61,2 aylanish oralig‘idadir. Pechning korpusi olovbardosh g‘isht bilan futerovka qilinadi, Chiqish qismida pech futerovkasining qalinligi 700 mm, Rasmda:Quruq usulda sutkasiga1800 t portlandsement beradigan SMЦ-73 aylanma pechning ko’rinishi: 1-o’lchami5 x 75 m li aylanma pech; 2-xom-ashyoni qabul qilib oluvchi pech moslamasi; Z-SMЦ-75 stiklonli issiqlik almashuvchi qurilma; 4-xom-ashyoni uzatish qurilmasi; 5-SMЦ-83 "Volga-150 S" kolosnikli sovitgich. Pechning sovuq chetida 2,5 m oralig‘ida filtr-isitgich o‘rnatilgan bo‘lib, uning uzunligi 3,5 m dan iborat. Quruq usulda sement ishlab chiqarishda ishlatiladigan aylanma pechlar 4 zonadan iborat bo‘lib, ular quyidagicha nomlanadi: Siklonli issiqlik almashtirgichlar tizimi 4, 5, 7, 9 siklonlarning to`rt bosqichidan (I-IV) tashkil topadi. Ular varaqasimon po`latdan payvandlash yordamida tayyorlanib, ichki tomonidan o`nga chidamli g`isht bilan qoplanadi. Siklonlar vertikal bo`yicha metall yoki temirbeton etajerkalarda joylashtiriladi va o`zaro 2, 3, 8, 10, 13 tutun yo`llari orqali tutashtiriladi. Xomashyo uni pnevmonasoslar orqali 12 bunkerga beriladi, u yerdan ta’minlagichi va sarf o`lchash asbobidan tashkil topgan ulushlovchi jihozga yetkaziladi. So`ng xomashyo uni 4000C gacha qizigan gazlar bilan 8 gaz yo`li orqali 7 siklonga chiqariladi. .Changsizlantiruvchi siklonlarga, so`ng 15 tutun so`ruvchi ventiyator vositasida elektrofiltr orqali 14 tutun chiqarish quvuriga beriladi. IV bosqich siklon ichidan 7 xomashyo uni 250-3500C gacha qizigan markazga intilma kuchi ta’sirida qamrab olinadi va III bosqich 9 siklonga yo`naladi, u yerdan esa xuddi shunday ravishda avval II bosqich 5 siklonga, so`ng esa I bosqich 4 siklonga va 1 pechga keladi. Maydalangan sement klinkeri xech qanday aralashmasiz yoki qum yoxud qum va shag‘al bilan suvda qorilganda, vaqt о‘tishi bilan tishlashib tobora mustahkamlana boradigan va toshsimon holatga о‘tadigan sementtoshga, qorishmaga va betonga aylanadigan plastik hamir, qorishma va beton hosil bо‘ladi. Yangi hosil bо‘lgan kimyoviy birikmalarning tarkibi sementlarning kimyoviy va mineralogik tarkibiga, shuningdek, reaksiya ketayotgan muhitda temperaturaning о‘zgarishiga bog‘liq. Ma’lumki, oddiy portlandsementning klinker qismi kuyidagi fazalardan iborat (% hisobida): Alit C3S ……………………………………………………………..45…60 Belit C2S …………………………………………………………….20…30 Uch kalsiy alyuminat C3A (qisman 12CaO•7Al2O3)………………5…12 C4AF (alyumoferrit fazasi) …………………………………………10…20 Shisha fazasi ………………………………………………………….5…15 CaO (erkin holda) ……………………………………………………0,5…1 MgO, erkin va boshqa fazalarda ………………………………………1…5 Na2O+K2O ishqoriy fazalarda ……………………………………….0,5…1 Hozirgi vaqtda aylanma pechlar xomashyo uni va xomashyo shlamini kuydirish uchun eng keng qо‘llaniladigan agregatlardandir. Quruq va hо‘l usulda sement ishlab chiqarish uchun qо‘llanuvchi agregatlarining tuzilishi bir-birlaridan sezilarli farq qiladi. Quruq usul bо‘yicha sement ishlab chiqarishda ishlovchi kuydirish agregati pech tashqarisida joylashuvchi issiqlik almashtirgichlar tizimi va kaltalashtirilgan aylanma pechdan iborat. Issiqlik almashtirgichlar tо‘rt bosqichlik siklonlardan tashkil topadi va ularda xomashyo uni siklonlarning yuqorigi (tо‘rtinchi) bosqichidan pastki (birinchi) siklonga tomon harakat qiladi. Materialni siklonli issiqlik almashtirgichlar ichida bо‘lishi uchun bir minutga yaqin vaqt talab qilinadi, bu vaqt ichida harorat 750–800 °C gacha kо‘tariladi va materialning qisman dekarbonizatsiyalanishi sodir bо‘ladi. Dekarbonizatsiyalanish darajasi pech tashqarisidagi siklonli issiqlik almashtirgichlarning turiga ko’ra 30-40% tashkil etadi,qо‘shimcha reaktor qо‘llanishida esa (dekarbonizator) 90–95 % yetadi. Issiqlik almashtirgichlar qurilmalaridan о‘tgach xomashyo aralashmasi aylanma pechga kiradi, siklonli issiqlik almashtirgichlardan chiquvchi gazlar esa xomashyo maydalovchi tegirmonlarga yoki sovutgich orqali kollektorlarga о‘tadi, bu yerga tegirmonlar orqali о‘tgan gazlar bilan birlashadi. Chiqib ketuvchi gazlar kollektor ichidan chiqishda elektrofiltrlar vositasida tozalanib dimosos yordamida tutun mо‘rikonga yо‘naltiriladi. Hozirgi paytda sement ishlab chiqarish eng keng tarqalgan quruq usulda ishlovchi Ø6,4 m diametrli, uzunligi 95 m bо‘lgan va 125 t/soat unumdorlikdagi aylanma pechda amalga oshiriladi. III. Yoqilg’ining yonishini hisoblash. Tabiiy gazning yonishi hisobini bajarish
Qisman aralashtish gorelkasida gazni yondirishda havoning ortiqchalik koeffitsenti a=1,15 ga teng. Atmosfera havosi tarkibidagi namlikning miqdori d=10g/kg quruq havo. Ishchi yoqilg’i tarkibini aniqlaymiz: CH4vl=CH4c∙ %=95,9 =95,9∙0,991=95.036%; С2H6vl=1,9∙0,991=1,8829%; C3H8vl=0,5∙0,991=0,4995%; C4H10vl=0,3∙0,991=0,2973%; N2vl=1,3∙0,991=1,2883%; H2Ovl=1,0%. Tarkibini qayta hisoblash natijalarini quyidagi jadvalga tushiramiz. Nam holdagi ishchi yoqilg’ining tarkibi, %
Tabiiy gazning yonishini quyidagi formula bo’yicha hioblaymiz: Qнр=358,2∙95,036+637,5∙1,8829+912,5∙0,4995+1196,5∙0,2973=36053,67kj/nm3. Issiqlik ekvivalenti topamiz: Et= =1,23. Nazariy jihatdan kerakli quruq havo miqdorini topamiz: CH4 +2O2=CO2+2H2O; C2H6+3.5O2=2CO2+3H2O; C3H8+5O2=3CO2+4H2O; C4H10+6.5O2=4CO2+5H2O. L0=0,0476∙(2∙95,036+3,5∙1,8829+5∙0,4995+6,5∙0,2973)=9,57nm3/nm3. a=1,15 da atmosfera havosining haqiqiy miqdorini aniqlaymiz: Ld=1,15∙9,57=11 nm3/nm3. Atmosfera hgavosining haqiqiy miqdorini hisoblaymiz: Ld=(1+0,016d )Ld=1,016∙11=11,18 nm3/nm3. Endi a=1,15 da gazning yonish mahsulotlari miqdorini topamiz: Vco2=0,01(0,10+95,036+2∙1,8829+3∙0,4995+4∙0,2973)=1,016nm3/nm3; VH2O=0,01(2∙95,036+3∙1,8829+4∙0,4995+5∙0,2973+0,99+0,016∙10∙11,18)=2,02nm3/nm VN2=0,79∙11+0,01∙1,2883=8,7 nm3/nm3; VO2=0,21(1,3-1)9,57=0,603 nm3/nm3. a=1,15 da yonish mahsulotlarining umumiy hajmini topamiz: Va=1,016+2,02+9,84+0,603=13,484≈13,5 nm3/nm3. Yonish mahsulotlarining % tarkibi: ΦCO2= ∙100%=7,53%; ΦH2O= ∙100%=15%; ΦN2= ∙100%=72,9%; ΦO2= ∙100%=4,5%. Jami: 100%. a=1,15 da 100nm3 tabiiy gazning yonish jarayoning moddiy balansini tuzamiz.
Download 222.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling