Kirish fanni maqsadi, vazifasi va muammolari, tarixi, o’rganish metodi


Download 150.42 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi150.42 Kb.
#1570878
Bog'liq
kimyo MT 1





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETINING

Biologiya Ta’lim Yo’nalishi


202- guruh talabasi Halimova Nargizaning

Umumiy Kimyo fanidan



Kirish - fanni maqsadi, vazifasi va muammolari, tarixi, o’rganish metodi.
Glossariy

  1. Qadimda Misr Kem – Qora yer deb nomlangan. Qadimgi Misr ruhoniylari kimyo hunarmandchiligining ajoyib ustalari bo‘lib, kimyo asta-sekin “Misr fani” deb nomlana boshladi.

  2. Kimyo - moddalar, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va bu o’zgarishlarni boshqarish usullarini o’rganadigan fandir

  3. Kimyo fanining rivojlanish bosqichlari

  1. Alkimyodan oldingi davr: eramizdan avvalgi III asrgacha. Alkimyodan oldingi davrda modda haqidagi bilimlarning nazariy va amaliy tomonlari bir-biridan mustaqil ravishda rivojlandi, hunarmandchilik rivojlangan.

  2. Alkimyo davri – eramizdan avvalgi III asrdan eramizning XVII asrgacha davr. Bu davr alkimyogarlari falsafa toshini, uzoq umr ko‘rish eliksirini, alkagestni (universal erituvchi) izlash, arzon metallarni oltinga aylantirish bilan shug‘ullanganlar. Alkimyoning tarafdorlari bo‘lmagan zamondoshlari uni tanqid qilishgan. Abu Ali ibn Sino: “... Men buni imkonsiz deb hisoblayman, chunki bir metallni boshqasiga aylantirishning yo‘llari yo‘q”, – deya xitob etgan.

  3. Ilmiy kimyoning tug‘ilish davri (XVI–XVIII asrlar). Bu bosqichda Parasels (Filipp Aureol Teofrast Bombast fon Gogengeym), R. Boyl, G. Kavendish, G. Shtal, A. Lavuazyening xizmatlari katta bo‘lgan. Bu davrda kimyo fan sifatida to‘liq takomillashdi.

  4. Kimyoning asosiy qonuniyatlarini kashf qilish davri 1789 – 1860-yillarni oʻz ichiga oladi va Dalton, Avogadro, Berzelius ishlari kimyoning asosiy tushunchalarini shakllantirishda beqiyosdir.

  5. Klassik kimyo davri (1860-yil – XIX asr oxiri). Klassik kimyo davri fanning jadal rivojlanishi bilan xarakterlanadi: elementlarning davriy tizimi, molekulalarning valentlik va kimyoviy tuzilishi nazariyasi, stereokimyo, kimyoviy termodinamika va kimyoviy kinetika yaratildi; amaliy noorganik kimyo va organik sintez muvaff

aqiyatlarga erishdi.

  1. Zamonaviy davr: XX asr boshidan hozirgi kungacha. XX asrning ikkinchi yarmida biologik kimyoning yorqin muvaff aqiyatlari – oqsillar va DNKning tuzilishini, tirik organism hujayralarining ishlash mexanizmlarini o‘rganish va ko‘plab kashfi yotlar misol bo‘la oladi.

  1. Alkimyo“ asoschisi Abu Miso Jobir ibn Xayyom (721-815) metallarning paydo boʻlishidagi oltingugurt-simob nazariyasini olgʻa surgan, yaʼni yer qaʼrida quruq bogʻlanishdan oltingugurt („metallar otasi“), nam bugʻlanishdan esa simob („metallar onasi“) paydo boʻladi degan fikrni aytadi. Ularning turli xil nisbatlarda birikishidan oltin, kumush, mis, temir, qalay, qoʻrgʻoshin, shisha hosil boʻladi. Shu asnoda oddiy metallarni nodir metallarga oʻtkazish haqida maʼlumotlar beriladi

  2. Element“ tushunchasiga koʻra, oltingugurt — yonuvchanlik, simob — uchuvchanlik, tuz esa eruvchanlikni bildiradi. Shoʻnga koʻra, bu moddalar turining kashf qilinishi asosiy fikr boʻldi.

  3. Kimyoning ikkita asosiy vazifasi bor:

– fоydаli хоssаlаrgа egа bo‘lgan mоddа yoki mаtеriаllаrni оlish.
– kimyoviy mоddаlаr saqlagan vа kimyoviy o‘zgarishlаr jаrаyonidа аjrаlib chiqadigаn enеrgiyadаn fоydаlаnishni.

  1. Modda – o‘ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan zarralar (molekulalar, atomlar yoki ionlar) to‘plami.

  2. Xossa – moddaning o‘ziga xosligini, uni boshqa moddadan ajratishga imkon beradigan xususiyatlari hisoblanadi. Kimyogarlar ikki xil turdagi xususiyatni inobatga olib moddalarni o‘rganadilar: moddaning fizik va kimyoviy xossalari.

  3. Fizik xossalar – odamning sezgi a‘zolari tomonidan idrok qilinadi yoki biror asbob, qurilma yordamida o‘lchanadi. Fizik xossalarga rang, hid, zichlik, erish, qaynash, elektr o‘tkazuvchanlik kabi xususiyatlar kiradi.

  4. Kimyoviy xossalar – moddaning yangi modda hosil qilish qobiliyatini tavsifl ovchi xususiyatlaridir. Kimyoviy xossalarga moddalarning yonishi, temirning zanglanishi, archilgan kartoshkaning qorayishi misol bo‘ladi

Download 150.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling