Kirish I bob. O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan arxiv sohasida qabul qilingan qonunlar, qarorlar, nizomlar, buyruqlar va boshqa relevant hujjatlar


Download 41.53 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi41.53 Kb.
#1573633
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Arxiv sohasidagi qonun hujjatlari


Kirish
I BOB. O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan arxiv sohasida qabul qilingan qonunlar, qarorlar, nizomlar, buyruqlar va boshqa relevant hujjatlar.
1.1. O'zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy veb-sayti, davlat institutlarining veb-saytlari, davlat kutubxonalaridan olingan ilmiy manbalar, axborot resurslari va boshqa muhim manbalar.
1.2. Arxiv sohasidagi hukumat qarorlarining maqsadi, ularning amalga oshirilishi, mavzuga oid tartibotchilik.
II BOB. Arxiv sohasining qanday rivojlanganligi, hukumat qarorlarining o'zgartirishlari, muhim ustuvor maqsadlari va boshqa o'zgarishlar.
2.1 Arxiv sohasining qanday rivojlanganligi, hukumat qarorlarining o'zgartirishlari, muhim ustuvor maqsadlari va boshqa o'zgarishlar.
2.2. Arxiv sohasiga oid hukumat qarorlarining amalga oshirishida qo'llanadigan yangi yondashuvlar va boshqa tavsiyalar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida xo’jalik va ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishiga hamda
davlatchilikning vujudga kelishiga olib keldi. Deyarli bir vaqtda ijtimoiy zarurat
tufayli yozuv ham paydo bo’ldi. Qadimiy davlatlar o’zlarining ijtimoiy funksiyalarini bajarish jarayonida turli hujjatlar (qonunlar, farmonlar, mulk va soliq hisobotlari va h.) yaratish hamda ularni saqlashga ehtiyoj sezdilar. Shu tariqa hujjatlarni saqlaydigan muassasalar – arxivlar paydo bo’ldi. “Arxiv” atamasi lotincha “arxivum” so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida “mahkama”, “muassasa” degan ma’noni bildiradi. Lekin bu so’z hozirgi kunda boshqacha ma’noda qo’llaniladi. Arxiv deganda biz odatda faqat hujjatlar saqlanadigan muassasani tushunamiz. Arxivlarda turli idoralar, korxonalar, tashkilotlar, shu-ningdek ayrim shaxslar faoliyati jarayonida yaratilgan va to’plangan hujjatlar va materiallar saqlanadi. Arxiv hujjatlaridan foydalanish. Shartnoma asosida amalga oshiriladigan arxiv ishi va xizmatlarini bajarish jarayonida arxiv saqlovxonasidan yig‘majildlar, ro‘yxatlar, mikrofilmlar, kino, foto, fono hujjatlarni olib berish; turar joylar, tashkilotlar tarixi bo‘yicha tarixiy ma’lumotnomalar tayyorlash; mulkiy huquqlar, evakuasiya, nasl-nasablarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarni arxiv ma’lumotnomasi berish orqali ijro etish;
10 yildan ortiq davr uchun ish haqini tasdiqlash to‘g‘risida arxiv ma’lumotnomasini berish (10 yilgacha bepul);
hujjatlarni mavzuli tanlab olish va to‘liq tayyorlab berish;
hujjatlarni mavzuli aniqlash, shu jumladan davriy nashrlar, kino, foto, fono hujjatlar asosida;
alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha mavzuli so‘rovlarni bajarish, shu jumladan kino, foto, fono hujjatlar asosida ma’lumotnomalar tayyorlash;
kino, foto, fono hujjatlar bo‘yicha axborot mazmunidagi (yozma ko‘rinishda) ma’lumotnoma berish;
talab asosida mavzuli fotoalbomlar va videotasvirlar tayyorlash;
radio, teleko‘rsatuvlar, ko‘rgazmalar tayyorlash;
davlat arxivida ekskursiya o‘tkazish;
foydalanuvchilarga montaj varaqlarini o‘quv zalida ko‘rib chiqish uchun berish va qabul qilib olish;
kinohujjatlarning kinozalda namoyishini tashkil etish;
fonohujjatlarni maxsus uskunada eshittirish;
turli negativlardagi plyonka va oyna, kinoplyonkalardan ularning foto nusxalarini ko‘chirib tayyorlash;
hujjatlardan nusxa tayyorlash;
talab asosida ma’lumotlarni ko‘rsatilgan manzilgacha yetkazib berish.
Xizmatning natijasi:
davlat, jamiyat va fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida tegishli shaklda arxiv hujjatidan ko‘chirma nusxalar, arxiv ma’lumotnomalari va hujjatlar tavsifi tayyorlanib ma’lumotnoma beriladi. Muddati - cheksiz.
Xizmat ko‘rsatuvchi organ va blankalar olish joyi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) tizimidagi xizmatlar nomenklaturasida mazkur xizmat turi kiritilgan davlat arxivlari.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish to‘g‘risidagi so‘rov, jismoniy yoki yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-xukukiy shakli, uning joylashgan yoki yashash joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik yoki jismoniy shaxs hujjatlardan foydalanishni mo‘ljallayotgan faoliyat turi ko‘rsatilgan holda, ixtiyoriy ravishda tuzilgan shaklda taqdim etiladi.
Huquqiy asoslari:
O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyundagi “Arxiv ishi to‘g‘risidagi” qonuni;
O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 101-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 apreldagi “Arxivlarning asosiy ish turlari bo‘yicha vaqt va ishlab chiqarish namunaviy normalari to‘g‘risida”gi 100-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 12 sentyabrda 2615-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom;
O‘zbosharxiv” boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 26 iyulda tasdiqlangan “Davlat arxiv jamg‘armasi arxiv hujjatlaridan foydalanish bo‘yicha ishlar va xizmatlar asosiy turlarining bahosi” Preyskurant U-18-04-71 III-qism (26.07.1999).

Xizmatni oluvchilar:
jismoniy va yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda buyurtmachilar deb yuritiladi).
So‘rov taqdim etish muddati:
arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun so‘rov takdim etish muddati belgilanmagan.
So‘rovni ko‘rib chiqish muddati:
jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan rasmiy va yozma xatlar davlat arxiviga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.


Download 41.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling