Kirish. Zoogeografiya fanining mazmuni, obekti, fanning maqsad va vazifalari hamda rivojlanish tarixi Reja


Download 26.14 Kb.
bet1/6
Sana27.02.2023
Hajmi26.14 Kb.
#1233985
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU 1. Kirish. 3oogeografiyaning fanining maqsad va vazifalari, fanining ahamiyati va rifojlanish tarixi


Kirish. Zoogeografiya fanining mazmuni, obekti, fanning maqsad va vazifalari hamda rivojlanish tarixi
Reja:
1. Zoogeografiyaning mazmuni va obyekti, zoogeografiya faning maqsadi, vazifalari
2. Zoogeografiyaning asosiy yo‘nalishlari
3. Zoogeografiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi
4. Zoogeografiya fanining rivojlanish tarixi


Tayanch so‘zlar: Biosfera, fauna, populyatsiya, registratsion zoogeografiya, kauzal zoogeografiya.
Zoogeografiyaning mazmuni va obyekti. Zoogeografiya-hayvonlarning geografik taqsimlanishini, ularning planetamizda qadimda va hozirgi paytdagi tarkalishini hamda bu tarqalinshing umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Zoogeografiya biologiya va geografik fanlariga mansub. Bu fan nisbatan yosh fandir. Uning rivojlanish davri va eng muhim kashfiyotlari X1X-asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.
Zoogeografiyaning asosny obyekti fauna va arealdir.
Zoogeografiya faning maqsadi, vazifalari quyidagilardan iborat:
-Xayvonlarning biotsenozda tarqalish qonuniyatlarini o‘rganish.
-Fauna hamda aniqlangan turlarning hozirgi vaqtda joylashish qonuniyatlari va sabablarini o‘rganish.
-Atronogen ta’sir natijasida areal va populyatsiyalarningg o‘zgarishi.
-Hayot jarayoni qonuniyatlarini o‘rganish, shuningdek insonning tabiiy tizimlarga va biosferaga bo‘lgan ta’sirini bir butun xolda o‘rganish.
-Populyatsiyalar sonini saqlab qolish
-Biosferaning ayrim uchastkalarini etalon sifatida saqlab
qolish.
-Ovchilikni xo‘jalik sohasiga o‘tkazish.
Zoogeografiyaning asosiy yo‘nalishlari
Zoogeografiyani registratsion (ro‘yxatga olish), solishtirma va kauzal zoogeografiya qismlariga bo‘lish qabul qilingan.
I. Registratsion zoogeografiya, har qanday faunistik kompleksni o‘rganishga kirishishda dastlab uning tarkibidagi barcha turlarni imkon darajasida ro‘yxatga olish lozim.
2. Solishtirma zoogeografiya. urlar ro‘yxati aniqlangandan so‘ng bir hudud faunasinipg turlar tarkibi boshqa qo‘shni yoki birmuncha uzoq fauna bilan solishtiriladi. Natijada har bir faunistik kompleksning o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtirish imkoniyatlari yaratiladi. Bunday yo‘l tutish keyichalik faunaning yoshi, uning o‘tmishda va hozirda boshqa faunalar bilan alokasini saqlashda qo‘l keladi.

Download 26.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling