Kirish. Zoogeografiya fanining mazmuni, obekti, fanning maqsad va vazifalari hamda rivojlanish tarixi Reja


Zoogeografiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi


Download 26.14 Kb.
bet3/6
Sana27.02.2023
Hajmi26.14 Kb.
#1233985
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU 1. Kirish. 3oogeografiyaning fanining maqsad va vazifalari, fanining ahamiyati va rifojlanish tarixi

Zoogeografiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Zoogeografiya oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarishda o‘z uslublaridan tashqari qator fanlarning yutuqlaridan, tadkiqot uslublaridan ham foydalanadi.
Zoogeografiya hayvonlar sistematikasi bilan yaqindan aloqadadir. 1936 yilda atoqli olim V.G.Geptner «Sistematikasiz zoogeografiya ham bo‘lishi mumkin emas» deb yozgan edi. Mikroevolyutsion jarayonlarni o‘rganish zoogeografik g‘oyalarni tushunish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli zoogeografiya evolyutsion nazariya ma’lumotlari va g‘oyalaridan foydalanadi. Paleozoologiya materiallari o‘tmishda hayvonlarning tarqalishini aniqlashda eng qulay asos bo‘lib xizmat qiladi.O‘simliklar geografiyasi (fitogeografiya) fani zoogeografiya bilan juda chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni yagona fanning (biogeografiya) qismlari sifatida qarash lozim. O‘simlik va hayvonlarning taqsimlanishi bir xil omillar ishtirokida amalga oshadi, ularning evolyutsiyasi esa bir xil qonunlarga bo‘ysunadi. Fitogeografiyaning fan sifatida rivojlanish tarixi zoogeografiyata qaraganda ancha oldin boshlangan.
Zoogeografiya zkologiya, iklimshunoslik, landshaftshunoslik, geologiya, paleogeografiya, tarixiy geologiya, tarix, arxeologiya va boshqa fanlar hamda sohalar bilan uzviy aloqada rivojlanmoqda.
Zoogeografiya fanining ahamiyati
Zoogeografiyaning nazariy ahamiyati quyidagilardan iborat:
-Hayvonot dunyosining planetada tarqalishi to‘g‘risida tushuncha hosil qilish;
-Yer sharining turli hududlaridagi faunalar o‘rtasida mavjud farqlarning sababini ochib berish;
-O‘tmishda hayvonlarning kelib chikish markazlaridan tarqalishlarini boshqargan yoki boshqarayottan qonuniyatlarni ochib berdi.
-Zoogeografiyaning amaliy ahamiyati ov xo‘jaligida, dsngiz baliqchilikda, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi zararkunandalarini o‘rganishda, hayvonlarning sonini boshqarishda, ularni iqlimlashtirishda, tabiatni muhofaza qilishda, hayvon turlariiing kelajakdagi holatini bashoratlashda, meditsinada va boshqa sohalarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Download 26.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling