Kitob tarixi,kitob tanlash va mutolaa qilish


Download 445.29 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi445.29 Kb.
#199898
Bog'liq
Muloqot Soati


Kitob tarixi,kitob tanlash va mutolaa qilish

Kutubxona – kitoblar va kishilik jamiyati tarixi yigʻindisi boʻlgani uchun insonparvar muassasadir. Bunda insoniyat erishgan barcha ilmlar, turli fan sohalari boʻyicha shaklidan, xilidan, turidan, tilidan qatʼi nazar, adabiyotlar toʻplangan. Kutubxonalar zulmatga, nodonlikka, jaholatga qarshi kurashda faol boʻlgan, kishilar qalbiga ezgulik, yaxshilik, sahovat, sadoqat, mehr-muhabbat, oqibat urugʻlarini singdirgan. U insoniyat butun borligʻining buyuk hujjatlashgan guvohi sifatida yashab kelmoqda. Unga zarurat sezgan har bir kishi bemalol foydalana olishi va, oʻz navbatida, kutubxonalar shu maqsadda hammabop boʻlishi kerak.

Bora-bora madaniyatning takomillashuvi ijtimoiy va moddiy madaniyat taraqqiyotining tarixan rivojlanishiga asos boʻlib, kutubxonalar, kitob fondi, ularni tashkil etish va boshqarishning, kitobxonlarga xizmat koʻrsatishning muhim omiliga aylanib qoldi.

Qadimgi davrlardagi Shumer va Nineviya sopol taxtachalaridagi yozuvlardan Misrdagi papirus oʻrama kitoblarigacha, oʻrta asrdagi masjid va madrasalardagi taqchil qoʻlyozmalardan to dastlabki maktablar uchun yaratilgan darsliklargacha boʻlgan hamma davrda kutubxonalar koʻplab tarixiy oʻzgarishlarni boshidan kechirdi va oʻsha davr jamiyat talablariga, taraqqiyotiga javob berib keldi. Har bir jamiyatning gʻoyalari, yangiliklari, oliy maqsadlari kutubxonalarning rivojlanishiga, mazmun-mohiyatiga taʼsir etdi. Shu tufayli, kutubxonalarning jamiyatda tutgan oʻrni, maqsad va vazifalari shunga qarab oʻzgarib, rivojlanib bordi. Hamon kutubxonalar jamiyat maʼnaviy kamolotini ta'minlaydi



Sizni o'ylashga majbur etadigan kitoblargina eng nafli kitoblardir.

T. Parker

O'qish san'ati o'zganing xiylagina ko'magi yordamida fikr yurutish san'atidir; o'qish o'zga bilan birga fikrlash, o'zganing fikrini mulohaza qilib ko'rish, o'zlarimizning fikrlarimizga o'xshash va unga zid fikrlarni xayoldan o'tkazish demakdir.

E.Fage

Ilmiy asarlarning eng yangisini, badiiy asarlarning esa eng qadimiysini o'qigan ma'qul. Klassik adabiyot sira eskirmaydi.

E.Bulvar-Litton

Eng yaxshi san'at asarlarini vaqti-vaqti bilan takror sinchiklab ko'rmoq zarur, ularda ko'z ilg'amas teranlik yashiringan bo'ladi.

I.Gyote

Ko'hna haqiqatlarni sevishga undovchi kitob eng yangi va asl kitobdir.

L.Vovenarg

Koʻpchilik, afsuski, kitob oʻqishni bilmaydi va koʻp kishilar nima uchun oʻqiyotganini tuzukroq tushunib ham yetmaydilar. Baʼzilar buni savodli boʻlishning qiyin, biroq yagona yoʻli, deb biladi. Ularning fikricha, har qanday kitob kishini “oʻqimishli” qila oladi. Boshqa birovlar uchun esa oʻqish, bu – dam olish, shunchaki vaqtni oʻtkazish va ularga nimani (maqola, roman, sheʼr, xabar va hokazo) oʻqish baribir, zerikarli boʻlmasa bas. Shunchaki dam olish, vaqt oʻtkazishni istagan va “oʻqimishli” boʻlish haqidagina qaygʻuradigan oʻquvchi kitobdagi dilni poklovchi, kishini ruhlantiruvchi qandaydir nomaʼlum bir kuchni sezadi. Biroq bu kuchni u aniq tasavvur etolmaydi va baholay ham olmaydi. Bunday kitobxon tibbiyotdan mutlaqo bexabar bemorga oʻxshaydi, yaʼni aynan qaysi dori kerakligini anglamasdan, har bir qutichadagidan tatib koʻra boshlaydi. Aslida, mutolaa borasida ham har bir kishi oʻzi uchun zarur, yangi kuch hamda ruhiy taʼsir baxsh eta oladigan kitoblarnigina topa bilishi maqbul emasmikin?Albatta, biz mualliflarga odamlar koʻp mutolaa qilishlari yoqadi. Muallifning kitobxonlar haddan tashqari koʻp kitob oʻqishlariga eʼtibor qaratishi u qadar toʻgʻri emas. Chunki mingta loqayd oʻquvchidan oʻnta yaxshi kitobxon afzal. Shu bois, bemalol taʼkidlayman, hamma joyda haddan tashqari koʻp mutolaa qilishadi va bu – adabiyot uchun obroʻ emas, balki ziyon keltiradi, xolos. Kitob mustaqil boʻlmagan kishilarni yana ham maʼnaviy zaiflashtirish uchun yozilmaydi, bundan tashqari, undan baʼzan noqobil odamlarga arzon-garov manzara hamda osongina oʻzgartirilgan hayotni koʻrsatish uchun ham foydalanishadi. Kitoblar insonni hayotga yoʻllagandagina, unga xizmat qilgandagina foydali. Agar kitob oʻquvchiga oz boʻlsa-da, kuch-gʻayrat, shijoat, maʼnaviy poklik baxsh etmasa, mutolaa uchun sarf etilgan har bir soat behuda va besamar qolaveradi.Kitob - beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy.

   Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir.

   Bugungi axborot asrining ilg’or texnologiyalarisiz kunlarimizni tasavvur qilolmamasak-da, tengdoshlarimiz orasida kitobga oshno bo’lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir. Ko’cha ko’yda, transportlarda qo’llarida kitob tutgan insonlarni ko’rib quvonamiz.Afsuski, ba’zan yoshlar orasida qimmatli vaqtini behuda ishlarga, xususan, haddan tashqari ko’p kompyuter va qo’l telefoni o’yinlarini o’ynash, mazmunsiz filmlarni ko’rishga sarflashlari to’g’ri emas. Buning o’rniga, o’qishdan tashqari o’tadigan vaqtini samarali ishlar uchun rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, kunning ma’lum qismlarini foydali kitob mutolaasi uchun ajratish muhim ahamiyatga ega. Chunki, “yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqsh” yanglig’ o’qigan kitobi yillar o’tsa-da hayotda albatta asqotadi.
Download 445.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling