Kitob tumani 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi Ibragimov Bahromning olib borilayotgan tajriba-sinov ishlari haqida fikr-mulohazalari
Download 35.5 Kb.
|
Bahrom
- Bu sahifa navigatsiya:
- .Biologik jarayon , hodisalarni kuzatish , tushunish va tusuntirish kompetensiyasi
- Tajribalarni o’tqazish uchun zarur jihozlar bilan ishlay olish kompetensiyasi
- O’rta Osiyoda ,shu jumladan O’zbekistonda botanika fanining rivojlanish asos solgan buyuk olimlar
- Kitob tumani 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi Ibragimov Bahrom
Kitob tumani 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi Ibragimov Bahromning olib borilayotgan tajriba-sinov ishlari haqida fikr-mulohazalari . O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’limi markazi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2014-yil 15-avgustdagi “O’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo’yicha o’quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan DTSlari va o’quv dasturlari loyihalarini tajriba-sinovdan o’tkazish to’g’risida”gi 41/QQ-, 249/QB-, US-53-sonli qo’shma burug’i hamda 4-umumiy o’rta maktabning N31-2- buyrug’ asosida kitob tumanidagi 4 – umumiy o’rta ta’lim maktabida biologiya fanidan tajriba-sinov maydonchasi faoliyat ko’rsatmoqda. Tajriba – sinov sinflarida o’rganilgan har bir mavzu yuzasidan kundalik kuzatuv daftarlari tizimli yuritilib, tahliliy xulosalar asosida taklif va mulohazalar berib borilmoqda. Kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturlarining tajriba – sinovi jarayonida o’quvchilarda biologiya fanidan belgilangan .Biologik jarayon , hodisalarni kuzatish , tushunish va tusuntirish kompetensiyasi “Klaster”, “Zinama zina ” “Venn deagrammasi” uslublari yordamida shakllantirildi . Ekoogik madaniyat kompetensiyasi “Muammoli ta’lim texnoligiyasi”, “Aqliy hujum” uslublari yordamida shakllantirildi . Tajribalarni o’tqazish uchun zarur jihozlar bilan ishlay olish kompetensiyasi “Muammo qo’yish”, “Tushunchalar tahlili” uslublari yordamida , laboratoriya jarayonida havsizlik qoidalari , kimyoviy moddalar , jihozlardan foydalanish hamda ular yordamida mavzularga oid bo’lgan oddiy tajribalar o’tqazish layoqati shakillantirildi . Biologiyadan olgan bilimlarni amaliyotda qo’llash kompetensiyalar o’rganilgan bilim ko’nilmalarni kundalik amaliy hayotga qo’llay olish , sog’lom turmush tarziga oid mashg’ulotlarni bilish , kundalik iste’mol maxsulotlarning foydali va zararli tomonlarini farqlay olish kompetensiyalari shakllantirildi. Yuqorida keltirilgan kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlashda Rtm tomonidan taqdim etilgan materiallar, “Ziyonet” ta’lim portal materiallaridan, kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanilgan holatda prizentatsiya materiallari, slaydlar, test topshiriqlari, amaliy topshiriqlar, jadvallar bilan ishlash, o’quvchilarning o’z-o’zini baholash usullaridan foydalanildi . Shu bilan bir qatorda, kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturlarining tajriba – sinovi jarayonida o’quvchilarning ayrim mavzularda kompetensiyasini shakllantirishida qiyinchiliklar kuzatildi. Masalan: 6-sinfda “O’rta Osiyoda ,shu jumladan O’zbekistonda botanika fanining rivojlanish asos solgan buyuk olimlar ” mavzusida ayrim botanik olimlar (Y.P. Korovin , J . K. Saidov. va boshqalar ) haqida darslikda malumot berilmagan ularni o’rganilishida muammolarga duch keldik. Muammoni bartaraf etish uchun qoshimcha adabiyotlardan va internet tarmoqlaridan foydalandik. Nazorat ishlari , yangi mavzular 1 soatda berilgan , ushbu soat maxsus kompetensiyalarni shakllantirilishi uchun kam deb hisoblayman. Biologik savodhonlikni oshirish maqsadida , mavjud axborot manbalardan xabardor bo’lish hamda ulardan foydalanish kompetensiyasi, umummadaniy kompetensiyalarni shakllantirish uchun uyga vazifa sifatida berilgan mustaqil ishlar yaxshi samara berdi. Kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturlarining tajriba – sinovi jarayonida o’quvchilarning ayrim mavzularda kompetensiyasini shakllantirishida qiyinchiliklar kuzatildi. Masalan: 7-sinfda chala o’zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar 23-paragrf taqvim ish rejaga va o’quv dastur loyihasiga kiritilmagan .Ushbu mavzuni dasturga darsliklarga kiritilishini taklif qilaman. Pardaqanotlilar turkumi vakili asalarilar haqida ma’lumotlar berigan ammo chumolilar haqida ma’lumot darslikda berilmaganligi tufayli RTM va “ziyonet” faoliyatidan foydalanilib, o’quv filmlaridan foydalanildi , shu bilan bir qatorda qoshimcha adabiyotlardan va internet tarmoqlaridan foydalandik.Ushbu ma’lumotlarni ham darslikka kiritilishini taklif qilaman . Nazorat ishlari va yangi mavzular uchun taqvim rejada 1 soatdan berilgan , ushbu soat maxsus kompetensiyalarni shakllantirilishi uchun kam deb hisoblayman va nazorat ishlari uchun alohida soatlar ajratilishini yoki umumlashtiruvchi darslar sifatida berilishini taklif qilaman . Biologiyadan olgan bilimlarni amaliyotda qo’llash kompetensiyalar o’rganilgan bilim ko’nilmalarni kundalik amaliy hayotga qo’llay olish , sog’lom turmush tarziga oid mashg’ulotlarni bilish , kundalik iste’mol maxsulotlarning foydali va zararli tomonlarini farqlay olish kompetensiyalari shakllantirildi. Bunda asason Impuls – plakat-«Ushbu mavzuda meni hammasidan ko‘proq ..... qiziqtiradi», «Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki, .....», «Men orttirgan bilimlarimni .... qo‘llayman», «Ushbu mavzuni o‘rganish jarayonida men.... erishdim», «Men ..... to‘g‘risida ko‘proq bilib olmoqchi edim», «Men uchun ..... murakkab bo‘ldi» kabi topshiriqlar orqali amalga oshirildi. Shu bilan bir qatorda, kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturlarining tajriba – sinovi jarayonida o’quvchilarning ayrim mavzularda kompetensiyasini shakllantirishida qiyinchiliklar kuzatildi. Muammoni bartaraf etish uchun qoshimcha adabiyotlardan va internet tarmoqlaridan foydalandik.6-sinflarda Tokdoshlar oilasi taqvim ish rejada berilmagan, ish rejaga kiritilib o’tildi. 7-sinflarda berilgan namunaviy nazorat ishlarida N.I-5ning 2-savolida, N.I- 6ta 3-5-savollarida xatoliklar ketgan. O’tkazilayotgan mazkur tajriba sinov ishlarining ta’lim sifati va samaradorligi borasida ahamiyati juda ham katta . Biz pedagog xodimlar masulyatni his qilgan holda oldimizga qo’yilgan maqsad va vazifalarni sidqi dildan bajarishga harakat qilamiz . Kitob tumani 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi Ibragimov Bahrom Download 35.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling