Klassiszm R. Shubertning hayoti va ijodi Motsartning hayoti va ijodi
Download 56.69 Kb.
|
R.Shubert hayotida Motsart
MAVZU: “R.Shubert hayotida Motsartning o’rni REJA: Kirish Klassiszm R.Shubertning hayoti va ijodi Motsartning hayoti va ijodi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Mundarija KIRISH Musiqaning samoviy yoki ilohiy ekanligi qadimiy manbalarda o‘z aksini topgan. Insoniyat esa o‘z ma’naviyati darajasida o‘zining ma’naviy boyliklarini shakllantirib, davrlar osha rivojlantirib kelgan. Bu jarayonda har soha zamonlar evrilishida charxlanib, mukammallashib, yangidan-yangi ijodiy munosabatlar negizida boyib, o‘z samarasini namoyon etib kelgan. Musiqa sohasining azaliy qadriyatlardan zamonaviylik mezonlariga bo‘lgan jarayonlami faqatgina ohanglarda muhrlangan betakror asarlardangina anglash mumkin. Buning esa ko‘lami juda keng, ulami tasavvur ham qilish mushkul. Chunki, har bir xalqning o‘z ma’naviyati, ma’rifati, estetikasi bo‘lib, hayot degan jarayonda milliy hamda mahoratli omillar bilan sug‘orilib kelingan. Buning negizida ikki ulkan tafakkur yo‘nalishlari, ya’ni xalq ommaviy musiqasi va tafakkuming individual ijodiy munosabatlarining mahsuli o‘rin olgan. Musiqa san’atining azaliy an’analari Sharq xalqlari madaniyatida shakllanib rivoj topganligi hamda butun bashariyatga ijodiy ta’sir etganligi, fanda o‘z ijobatini topgan. Italiyadagi zamonaviy xalq taʼlimi tizimi 19-asrning 2-yarmidan tarkib topa boshlagan. 1859 yilda 6–9 yoshdagi bolalarning majburiy taʼlimi toʻgʻrisida qonun (Kazati qonu-ni) qabul qilingan edi. Italiyada 6–14 yoshdagi bolalar uchun majburiy 8 yillik taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan birga, asosan, diniy tashkilotlar taʼminotidagi xususiy maktablar ham mavjud. Xalq taʼlimi tizimiga quyidagilar kiradi: 3–5 yoshli bolalar uchun majburiy boʻlmagan maktabgacha tarbiya muassasalari, majburiy maktablar (6– 11 yoshli bolalar uchun 5 yillik boshlangʻich va 3 yillik quyi oʻrta maktab), majburiy maktab negizida oʻrta umumiy taʼlim va hunar taʼlimi beradigan toʻliqoʻrta umumiy taʼlim maktablitseylari (5 yil taʼlim beradigan mazkur oʻquv yurtini bitirganlar universitetga kirish huquqini oladi), oʻrta ped. oʻquv yurtlari (boshlangʻich maktab muallimlarini tayyorlovchi 4 yillik oʻqituvchilar institutlari va maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilarini tayyorlovchi 3 yillik ped. maktablari), hunar oʻquv yurtlari (malakali ishchilarni tayyorlovchi 3 yillik hunar institutlari, oʻrta texnika maʼlumotli xodimlarni tayyorlovchi texnika institutlari), oʻrta badiiy va musiqa oʻquv yurtlari, oliy oʻquv yurtlari (universitet va oliy maktablar). Italiyada 27 ta universitet, 50 dan ortiq davlat va xususiy oliy maktablari hamda xususiy universitetlar bor. Yirik universitetlari: Bolonya universiteti, Rim universiteti, Neapol universiteti, Milan, Bari, Genuya va b. shaharlardagi universitetlar. Italiyada 150 yirik kutubxona, jumladan, Rimda 31, Milanda 19, Neapolda 19, Florensiyada 9, Turinda 6 kutubxona bor. 170 dan ortiq muzey va rasm galereyalari mavjud. Eng mashhurlari: Rimdagi Milliy muzey, Julia muzeyi va villasi, Borgeze muzeyi va galereyasi, antik sanʼat galereyasi, zamonaviy sanʼat milliy galereyasi, Florensiyadagi Milliy muzey, arxeologiya muzeyi, rasm galereyasi (jumladan, Uffitsi galereyasi), Messina, Neapol, Palermo, Peruja, Venetsiyadagi muzeylar. Tadqiqotlar milliy kengashi (1923) atom energiyasi masalalaridan tashqari barcha fan sohalarini boshqaradigan va unga rahbarlik qiladigan asosiy davlat tashkilotidir. Unga ilmiy tadqiqot institut va tadqiqot markazlari, laboratoriyalar boʻysunadi. Kengash Italiyaning xalqaro ilmiy aloqalarini amalga oshiradi. Atom energiyasi Milliy komiteti atom energiyasi sohasidagi tadqiqot ishlarini boshqaradi. Italiyada bir necha akademiya, jumladan, Dei Linnei milliy akademiyasi, Milandagi tabiiy fanlar va adabiyot akademiyasi (1803), Palermo, Turin, Rim va b. shaharlarda Tibbiyot Fanlar akademiyasilari bor. Universitetlar qoshida ilmiy muassasalar ishlaydi. Yadro fizikasi milliy instituti mamlakatda shu sohada olib boriladigan barcha tadqi-qot ishlarini birlashtiradi. 20 dan ziyod institutda qishloq xoʻjaligi fanlari sohasida tad-qiqot olib boriladi. Sogʻliqni saklash vazirligi biol., kimyo, farmakologiya, gigiyena va b. sohalardagi ishlarni na-zorat qilib turadi. Italiyada ayrim xalqaro tadqiqot markazlari – Neapolda Genetika va biofizika instituti, Triyestda Nazariy fizika markazi, Ud ineda Mexanika markazi, Isprada Yadro tad-qiqotlari markazi mavjud. Download 56.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling