Ko‘chib yuruvchi qushlarning asosiy turlari


Download 354.3 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi354.3 Kb.
#1523651
  1   2   3
Bog'liq
taqdimot kurs ishi

Ko‘chib yuruvchi qushlarning asosiy turlari

Biologiya yo‘nalishi 20.2 guruh talabasi PO‘LATOVA MALIKA

Reja

Qushlar

  • Qushlar umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sudralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Qushlarning qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq — arxeopteriks toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli. Ayrim morfologik belgilar (orqa oyoqlardagi muguz tangachalar, muguz tumshuq va boshqalar) hamda fiziologik xususiyatlari (tuxum qoʻyishi)ga koʻra qushlar sudralib yuruvchilarga oʻxshaydi, lekin tanasi pat bilan qoplanganligi tufayli ulardan farq qiladi. Patlar qushlar tanasida issiqlikni saqlaydi; uchishda havo qarshiligini kamay-tirib, havoda koʻtarish yuzasini hosil qiladi (qanot, dum). Uchish va har xil harakatlanish (yugurish, suzish, shoʻn-gʻish)ga moslanish qushlar tayanch-harakat sistemasining oʻziga xos tuzilishiga sabab boʻlgan.

Qushlar

  • Qanotlarning paydo boʻlishi bilan oldingi oyoklar, yelka kamari suyaklari va muskullari shakllangan (koʻkrak toj suyagi rivojlangan, uchish muskullari tana vaznining 25% ini tashkil etgan); yerda 2 oyoqda yurganida murakkab yaxlit tuzilgan dumgʻaza va orqa oyoqlari muskullari qayta muvo-zanat saqlash vazifasini bajaradi. Qushning qovurgʻalari oʻzaro harakatchan qoʻshilgan 2 qismdan iborat boʻlib, nafas olishda koʻkrak qafasi hajmining oʻzgarishiga, yaʼni elastikligi kam oʻpka toʻqimasi orqali havoni havo xaltalariga va naysimon suyaklar boʻshligʻiga oʻtishiga yordam beradi. Qushda nafas olish jarayoni oʻziga xos kechadi. Qushning bronxlari havo xaltachalari bilan (9—10 tacha) tutashgan. Nafas olish havo oʻpkadan xaltachalarga oʻtayotganida va ulardan yana oʻpka orqali qaytib chiqayotganida sodir boʻladi. Havo xaltachalari termoregulyatsiyada ishtirok etadi; suvda suzuvchi qushda esa shoʻngʻishda tana tigʻizligini oʻzgar-tirishga imkon beradi.

Download 354.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling