Kodifikatori


Download 463.87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.08.2020
Hajmi463.87 Kb.
#126612
Bog'liq
k uz kimyo (1)


2019-yil oliy ta‘lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarida 

foydalanish uchun kimyo fani bo‘yicha fan mazmunining tarkibi va 

abituriyentlar tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar 

KODIFIKATORI 

 

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarida foydalanish uchun 

kimyo  fani  bo‘yicha  fan  mazmunining  tarkibi  va  abituriyentlar  tayyorgarligi 

darajasiga  qo‘yiladigan  talablar  kodifikatori  (keyingi  o‘rinlarda  Kodifikator)  test 

topshiriqlarining  tuzilishi  va  mazmunini  belgilovchi  hujjatlardan  biridir.  U  kimyo 

fani  bo‘yicha  umumiy  o‘rta  ta‘lim  hamda  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‘limining 

Davlat ta‘lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuzilgan. 

 

Nazorat 



qilinayotgan 

element kodi 

Test sinovlarida tekshiriladigan 

fan mazmunining tarkibi 

1.Umumiy kimyo 

1.1 


Kimyoning  asosiy  tushuncha  va  qonunlari  (Atom-molekular  ta’limot, 

kimyoviy  element,  kimyoviy  belgi,  atomlarning  o‘lchami,  nisbiy  va 

absolut atom massa, molekular va nomalekular tuzilishdagi moddalar, 

oddiy  va  murakkab  modda,  kimyoviy  formula  va  undan  kelib 

chiqadigan  xulosalar,  sof  modda  va  aralashma,  allotropiya,  nisbiy  va 

molekular massa, modda miqdori, molar massa, fizikaviy va kimyoviy 

o‘zgarishlar,  kimyoviy  reaksiya  tenglamalari  va  koeffitsiyentlar, 

massaning  saqlanish,  tarkibning  doimiylik,  karrali  nisbatlar  va 

Avogadro  qonunlari,  molar  hajm,  gaz  qonunlari,  ekvivalent  va 

ekvivalent qonuni, kimyoviy reaksiya turlari). 

1.2 

Davriy  qonun  va  davriy  sistema.  Atom  tuzilishi  (Kimyoviy 



elementlarning  dastlabki  toifalanishi,  atom  tarkibi,  izotop,  izoton, 

izobar  va  izoelektron,  elektron  konfiguratsiya,  kvant  sonlar,  yadro 

reaksiyalar,  davriy  xossalar,  atom  radiusi,  ionlanish  energiyasi, 

elektronga  moyillik,  elektromanfiylik,  metallik  va  metallmaslik 

xossalari.  Elementlar,  oddiy  moddalar  hamda  ularning  oksidlari, 

gidroksidlari,  vodorodli  birikmalar  xossalarining  davriy  ravishda 

o‘zgarishi). 

1.3 


Kimyoviy  bog‘lanishlar  (Kimyoviy  bog‘lanishning  tabiati.  Nisbiy 

elektromanfiylik.  Elementlarning  nisbiy  elektromanfiyligi  va  ularning 

xossalari  o‘rtasidagi  bog‘lanish.  Kovalent  bog‘lanish  va  uning  hosil 

bo‘lish  mexanizmi.  Qutbsiz  va  qutbli  bog‘lanish.  Donor-aktseptor, 

metall,  vodorod  bog‘lanishlar  haqida  tushuncha.  Ion  bog‘lanish.  Qattiq 

moddalarning  tuzilishi.  Atomli,  ionli  va  molekular  kristall  panjaralar, 

gibridlanish, valentlik). 

1.4 


Kimyoviy  reaksiyalarning  kinetikasi  (reaksiya  tezligi  va  unga  ta’sir 

etuvchi omillar. Kataliz va katalizator. Qaytar va qaytmas jarayonlar. 

Kimyoviy  muvozanat,  kimyoviy  muvozanat  konstantasi  haqida 

tushuncha,  kimyoviy  muvozanatga  ta’sir  etuvchi  omillar,  Le-Shatelye 

prinsipi). 


1.5 

Suv  va  uning  tarkibi,  tuzilishi,  xossalari,  ishlatilishi  va  ahamiyati. 

Eritmalar  va  ularning  konsentratsiyalarini  ifodalash  usullari  (massa 

ulush, 


foiz 

konsentratsiya, 

molar, 

normal, 


molyal, 

titr 


konsentratsiyalar). Eruvchanlik koeffitsiyenti. 

1.6 


Elektrolitik  dissotsilanish  nazariyasi  (Elektrolitlar  va  noelektrolitlar. 

Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi nuqtai nazaridan ishqorlar, kislotalar 

va tuzlar. Amfoter elektrolit haqida tushuncha. Kation va anionlar. Erish 

va  dissotsilanish  jarayonida  sodir  bo‘ladigan  issiqlik  hodisasi. 

Elektrolitlarning  dissotsilanish  darajasi.  Kuchli  va  kuchsiz  elektrolitlar. 

Suvning  dissotsilanishi.  Elektrolit  eritmalarning  (kislotali,  ishqoriy  va 

neytral) muhiti. Elektrolit eritmalar orasida sodir bo‘ladigan almashinish 

reaksiyalarining  oxirigacha  borish  shartlari.  Tuzlar  gidrolizi  va  unda 

sodir  bo‘ladigan  jarayonlar.  Tuzlar  gidrolizining  omillarga  bog‘liqligi. 

Suvning ion ko‘paytmasi, pH). 

1.7 

Oksidlanish  darajasi,  oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalari  (oksidlanish-



qaytarilish  reaksiya  turlari,  oksidlanish  hamda  qaytarilish  jarayonlari, 

oksidlovchi  va  qaytaruvchilar,  oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalarini 

tenglash usullari). 

1.8 


Elektroliz va unda sodir bo‘ladigan jarayonlar. Eritma va suyuqlanma 

elektrolizi. Faradey qonunlari. 



2. Anorganik kimyo 

2.1 


Anorganik  moddalarning  eng  muhim  sinflari.  Oksidlar  va  ularning 

turlari;  olinish  usullari  va  xossalari.  Asoslar  va  ularning  turlari; 

olinish  usullari  va  xossalari.  Kislotalar  va  ularning  turlari;  olinish 

usullari  va  xossalari.  Tuzlar  va  ularning  turlari;  olinish  usullari  va 

xossalari.    Anorganik  moddalarning  eng  muhim  sinflari  o‘rtasida 

o‘zaro genetik bog‘lanish. 

2.2 

Metallmaslar.  Metallmaslarning  tabiatda  tarqalishi,  olinishi  va 



ishlatilishi.  Metallmaslarning  fizik  va  kimyoviy  xossalari,  ularning 

birikmalari.  Kislorod  va  uning  izotoplari,  allotropiyasi,  olinishi  va 

xossalari. Vodorod va uning izotoplari; olinishi va xossalari. Uglerod 

va  azot  guruhchasi  metallmaslari.  Xalkogenlar,  galogenlar  va  nodir 

gazlar;  ularning  tabiatda  tarqalishi,  olinish  usullari  va  xossalari. 

Mineral o‘g‘itlar. 

2.3 

Metallar.  Metallarning  tabiatda  tarqalishi,  olinish  usullari  va 



ishlatilshi.  Metallarning  fizik  va  kimyoviy  xossalari,  ularning 

birikmalari.  Ishqoriy  va  ishqoriy-yer  metallari.  Ularning  olinish 

usullari, xossalari, birikmalari va ishlatilishi. Suvning qattiqligi va uni 

yo‘qotish  usullari.  s-,  p-,  d-oila  metallari;  ularning  eng  asosiy 

birikmalarining olinishi, xossalari, ishlatilishi. Metallar korroziyasi va 

ularni himoyalash usullari. Qotishmalar.  



3. Organik kimyo 

3.1 


Organik  kimyo  tarixi.  Organik  kimyoning  o‘ziga  xos  xususiyatlari. 

A.M.Butlerovning  organik  kimyo  tuzilish  nazariyasi.  Organik 

birikmalarning  sinflanishi,  nomlanishi  va  klassifikatsiyasi.  Organik 


birikmalarga 

xos 


reaksiya 

turlari, 

izomeriya. 

To‘yingan 

uglevodorodlar.  Alkanlar  va  sikloalkanlar;  ularning  molekula 

tuzilishi,  gomologik  qatori,  izomeriyasi,  nomenklaturasi,  olinish 

usullari, xossalari hamda ishlatilishi. 

3.2 


To‘yinmagan  uglevodorodlar.  Alkenlar,  alkadiyenlar,  alkinlar, 

aromatik  uglevodorodlarning  molekula  tuzilishi,  gomologik  qatori, 

izomeriyasi,  nomenklaturasi,  olinish  usullari,  xossalari  hamda 

ishlatilishi. Neft, tabiiy gaz va toshko‘mir. 

3.3 

Kislorodli  organik  birikmalar.  Spirtlar,  fenollar,  aldegidlar,  ketonlar  va 



karbon 

kislotalarning 

molekula 

tuzilishi, 

gomologik 

qatori, 


izomeriyasi,  nomenklaturasi,  olinish  usullari,  xossalari  hamda 

ishlatilishi. 

3.4 

Kislorodli  organik  birikmalar.  Oddiy  va  murakkab  efirlar,  yog‘lar, 



sovunlar, uglevodlar, mono-, di- va polisaxaridlar; tabiatda tarqalishi, 

xossalari va ishlatilishi. 

3.5 

Azotli  organik  birikmalar.  Nitrobirikmalar  va  aminlar.  Aromatik 



aminlar.  Aminokislotalarning  tuzilishi,  umumiy  formulasi.  Alanin, 

glitsin,  lizin,  glutamin,  serin,  sistein,  fenilalanin;  klassifikatsiyasi, 

izomeriyasi,  sistematik  nomenklaturasi,  olinishi,  fizik  va  kimyoviy 

xossalari  hamda  ishlatilishi.  Oqsillarning  tuzilishi  va  xossalari  (rangli 

reaksiyalari, gidrolizlanishi, denaturallanishi). 

3.6 


Yuqori  molekular  birikmalar,  Tabiiy,  sintetik,  va  sun’iy  yuqori 

molekular  birikmalar.  Monomer,  makromolekula,  polimer;  tuzilishi 

zvenosi, 

polimerlanish 

darajasi, 

o‘rtacha  molekular  massasi. 

Polimerlanish, 

polikondensatlanish, 

sopolimerlanish 

reaksiyalari. 

Polimerlarning  tuzilishi.  Plastmassalar  va  ularning  xalq  xo‘jaligida 

ishlatilishi 

(polietilen, 

polipropilen, 

polixlorovinil, 

polistirol, 

fenolformaldegid). Kauchuklar. Sintetik tolalar. 

 


Kimyo fani bo‘yicha qabul test sinovlarida abituriyentlar tayyorgarlik 

darajasiga qo‘yiladigan talablar 

Talab 

kodi 

O‘zlashtirish zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar 

1. Bilish / Tushunish 

1.1 


Umumiy kimyo 

1.1.1 


Kimyoning  asosiy  qonunlarini,  atom-molekular  ta’limot  mohiyatini 

bilish, tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish

1.1.2 

nisbiy  atom  va  molekular  massa  tushunchalarini  bilgan  holda  kimyoviy 



belgilar  va  formulalar  yordamida  tenglamalar  tuza  olishni  bilish, 

tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish

1.1.3 

tarkibning  doimiylik  qonunini,  massaning  saqlanish  qonunini,  gaz 



qonunlarini  va  D.I.  Mendeleyev  davriy  qonunini  bilish,  tushunish  va 

shular asosida misol va masalalar yecha olish

1.1.4 

atom  tuzilishi,  atom  tuzilishining  yadro  modeli,  kimyoviy  bog‘lanish 



turlari,  tuzilish  formulalari  va  valentlikni  bilish,  tushunish  va  shular 

asosida misol va masalalar yecha olish; 

1.1.5 

kimyoviy  reaksiyalarning  tezligi,  tezlikka  ta’sir  etuvchi  omillar,  qaytar 



va  qaytmas  jarayonlar,  kataliz,  kimyoviy  muvozanat  va  unga  ta’sir 

etuvchi  omillarni  bilish,  Le-Shatelye  tamoyili  tushunchalarini  bilish, 

tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish; 

1.1.6 


еritmalar, 

eruvchanlik, 

erish 

jarayonining 



mohiyati, 

eritma 


konsentratsiyalarining  turlari,  elektrolitik  dissotsilanish  nazariyasi, 

elektrolitlar,  ion,  kation,  anion,  ion  almashinish  reaksiyalari,  molekular, 

ionli, qisqa ionli tenglamalarni tuzish, elektrolitik dissotsilanish darajasi, 

suvli eritmalarda vodorod ko‘rsatkich (pH) va uning ahamiyati, suvning 

ion  ko‘paytmasini  bilish,  tushunish  hamda  shular  asosida  misol  va 

masalalar yecha olish; 

1.1.7 

oksidlanish  darajasi,  oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalari,  ularning 



tenglamalarini tuzishni bilish, elektroliz, elektrolizning amaliy ahamiyati, 

qo‘llanishini bilish, tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha 

olish. 

1.2 


Anorganik kimyo 

1.2.1 


Anorganik  moddalarning  eng  muhim  sinflari,  ularning  tarkibi, 

nomlanishi,  xossalari,  olinishi,  ishlatilishi  va  ular  o‘rtasidagi 

bog‘lanishlar haqidagi ma’lumotlarni bilish, tushunish va shular asosida 

misol va masalalar yecha olish; 

1.2.2 

metallmaslar,  uglerod,  azot  va  kislorod  guruhchasi  elementlari, 



galogenlar  va  ularning  umumiy  tavsifi,  davriy  jadvaldagi  o‘rni,  atom 

tuzilishi,  fizik,  kimyoviy  xossalari,  eng  muhim  birikmalari,  tabiatda 

tarqalishi,  olinishi,  ishlatilish  sohalari,  mineral  o‘g‘itlarni  bilish, 

tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish; 

1.2.3 

metallar,  ularning  tabiatda  tarqalishi,  olinishi,  ishlatilishi,  qotishmalar, 



fizik  va  kimyoviy  xossalari,  metallar  korroziyasi,  bosh  va  yonaki 

guruhchalardagi  ayrim  metallar  (ishqoriy,  ishqoriy-yer  metallari, 



aluminiy,  mis,  kumush,  oltin,  rux,  kadmiy,  simob,  qalay,  qo‘rg‘oshin, 

temir,  xrom,  marganes)ning  fizik  va  kimyoviy  xossalari,  tabiatda 

tarqalishi, birikmalari, olinishi, ishlatilishi, suvning qattiqligi, cho‘yan va 

po‘lat  olish,  metallurgiya,  shisha  va  sement  olish  jarayonlari  haqidagi 

ma’lumotlarga  ega  bo‘lish,  tushunish  va  shular  asosida  misol  va 

masalalar yecha olish. 

1.3 

Organik kimyo 

1.3.1 


Organik  birikmalarning  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  organik  moddalar 

kimyoviy  tuzilishi  nazariyasining  mohiyati,  moddalar  xossalarining 

tuzilishiga  bog‘liqligini  aniq  misollar  yordamida  ko‘rsatib  bera  olish, 

tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish; 

1.3.2 

izomeriya  turlari,  organik  birikmalarning  sinflanishi,  organik  moddalar 



nomenklaturasi,  organik  birikmalarda  uglerod  atomining  gibridlanishi, 

organik reaksiyalarning turlarini bilish, tushunish va shular asosida misol 

va masalalar yecha olish; 

1.3.3 


to‘yingan  uglevodorodlar,  ularning  umumiy  xossalari,  metan  va  uning 

gomologlari,  sikloalkanlar  nomenklaturasi,  izomeriyasi,  olinishi, 

xossalari,  to‘yinmagan  uglevodorodlar, ularning  vakillari, etilen  olinishi 

va ishlatilishi, etilenning xossalari, polietilen olish jarayoni, alkadiyenlar 

olinishi  va  xossalari,  alkinlar,  atsetilen,  uning  xossalari,  olinishi, 

ishlatilishini bilish, tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha 

olish; 

1.3.4 


aromatik uglevodorodlar, benzol va uning xossalari, gomologlari; neft va 

neftni qayta ishlash mahsulotlari; tabiiy gaz, uni qayta ishlash kimyoviy 

jarayonlari  mahsulotlari  va  ulardan  foydalanishni  bilish,  tushunish  va 

shular asosida misol va masalalar yecha olish; 

1.3.5 

kislorodli  organik  birikmalar,  to‘yingan  bir  atomli  spirtlar,  ularning 



tuzilishi,  izomeriyasi,  xossalari;  metanol,  etanol,  ularning  olinishi  va 

ishlatilishi;  ko‘p  atomli  spirtlar,  etilenglikol,  glitserin  xossalarini  bilish, 

tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish; 

1.3.6 


fenollar,  aromatik  spirtlar,  ularning  tuzilishi  va  kimyoviy  xossalarini 

bilish, tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish; 

1.3.7 

aldegidlar,  ularning  olinishi,  xossalari,  formaldegid,  asetaldegid, 



polikondensatlanish  reaksiyalarini  bilish,  tushunish  va  shular  asosida 

misol va masalalar yecha olish; 

1.3.8 

ketonlar,  karbon  kislotalar,  ularning  eng  muhim  vakillari,  xossalari, 



olinishi  va  ishlatilishini  bilish,  tushunish  va  shular  asosida  misol  va 

masalalar yecha olish; 

1.3.9 

oddiy efirlar, murakkab efirlar, olinishi, xossalari va ishlatilishini  bilish, 



tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish; 

1.3.10 


yog‘lar,  sovunlar;  ularning  olinishiga,  xossasiga  xos  jarayonlarni  bilish, 

tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish; 

1.3.11 

uglevodlar,  ularning  xossalari,  mono-,  di-,  polisaxaridlar  va  ularning 



xossalarini  bilish,  tushunish  va  shular  asosida  misol  va  masalalar  yecha 

olish; 


1.3.12 

azotli organik birikmalarning vakillari; nitrobirikmalar, ularning olinishi 



va  xossalari;  aminlar  va  aromatik  aminlar,  ularning  olinishi  va 

xossalarini  bilish,  tushunish  va  shular  asosida  misol  va  masalalar  yecha 

olish; 

1.3.13 


aminokislotalar va oqsillar, ularning tuzilishi, umumiy xossalarini bilish, 

tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish; 

1.3.14 

yuqori molekulyar birikmalar, eng muhim plastmassalar, tabiiy va sun’iy 



kauchuklar,  tolalar  to‘g‘risida  umumiy  tushunchalarga  ega  bo‘lish, 

tushunish va shular asosida misol va masalalar yecha olish. 



2. Tahlil qilish 

2.1 


Umumiy, anorganik va organik kimyodan olingan bilimlarni tahlil qilib, 

ushbu  natijalarni  boshqa  formula,  reaksiya  va  jarayonlar  uchun  qo‘llay 

olish  asosida  hisoblashga  doir  masalalarni  yechish,  nazariy  bilimlarni 

grafik va rasmlarda tahlil qila olish. 



3. Umumlashtirish va taqqoslash 

3.1 


Umumiy,  anorganik  va  organik  kimyodan  olingan  bilimlarni  ikki  yoki 

undan  ortiq  formula,  kimyoviy  reaksiya  tenglamalari,  jarayonlar  uchun 

tahlil  qilib,  taqqoslab  ular  asosida  eksperimental  misol  va  masalalar 

yecha olish, jadvallar va sxemalar asosida taqqoslay olish. 

 


2019-yilda oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarida 

foydalanish uchun kimyo fanidan test topshiriqlari  

TAFSILOTLARI 

 

 

№ 

Tekshiriladigan bilim, ko‘nikma elementlarining 

nomi 

Kodifikator 

boyicha 

element kodi 

Kodifikator 

bo‘yicha 

talab kodi 

Murak-

kablik 

darajasi 

1. 


  Kimyoning  asosiy  tushunchalari.  Atom,  molekula, 

kimyoviy  element,  oddiy  va  murakkab  moddalar, 

allotropiya. Nisbiy, absolut  atom va molekular massa. 

Valentlik.  Kimyoviy  reaksiya  turlari.  Oksid,  asos, 

kislota va tuzlar haqida dastlabki tushunchalar. 

1.1 


1.1.1; 1.1.2; 

1.1.3 


2. 


  Kimyoning  asosiy  qonunlari.  Moddaning  saqlanish 

qonuni,  tarkibning  doimiylik  qonuni,  gaz  qonunlari, 

Avogadro  qonuni,  ekvivalentlar  qonuni.  Modda 

miqdori 


va 

Avogadro 

doimiysi. 

Moddadagi 

elementlarning massa ulushi. 

1.1 


1.1.1; 1.1.2; 

1.1.3; 2.1 

3. 


  Kimyoviy  elementlar  davriy  jadvali.  Atomlarning 

davriy  xossalari.  Atom  tuzilishi  va  tarkibi.  Izotop, 

izobar, izoton va izoelektronlar. 

1.2 


1.1.3; 1.1.4 

4. 



  Elektron  konfiguratsiya.  Pauli  prinsipi,  Klechkovskiy, 

Gund qoidalari. Kvant sonlari. Yadro reaksiyalari. 

1.2 

1.1.3; 1.1.4; 



2.1 

5. 



  Kimyoviy  bog‘lanish  turlari  (kovalent,  ion,  metall, 

vodorod,  donor-akseptor,  sigma-  va  pi-bog‘lar)  va 

xossalari. Struktura formulalari. Kristall panjara turlari. 

Gibridlanish va uning xillari. 

1.3 

1.1.3; 1.1.4 



6. 


  Kimyoviy  bog‘lanish  turlari  (kovalent,  ion,  metall, 

vodorod,  donor-akseptor,  sigma-  va  pi-bog‘lar)  va 

xossalari. Struktura formulalari. Kristall panjara turlari. 

Gibridlanish va uning xillari. 

1.3 

1.1.3; 1.1.4; 



2.1 

7. 



  Kimyoviy  reaksiya  tezligi  va  unga  ta’sir  etuvchi 

omillar.  

1.4 

1.1.1; 1.1.5; 



2.1 

8. 



  Kimyoviy  muvozanat  va  uning  siljishi.  Le-Shatelye 

prinsipi. Kimyoviy reaksiyalarda energetik hodisalar. 

1.4 

1.1.3; 1.1.5; 



2.1; 3.1 

9. 



  Eritmalar. Eritmalarning turli kattaliklarda ifodalanishi. 

Foiz,  molyar,  normal,  molyal  va  titr  konsentratsiya. 

Eritma 

konsentratsiyalari 



orasidagi 

bog‘liqlik. 

Eruvchanlik koeffitsiyenti.  

1.5 


1.1.3; 1.1.6; 

2.1 


10. 


  Foiz,  molyar,  normal,  molyal  va  titr  konsentratsiya. 

Eritma 


konsentratsiyalari 

orasidagi 

bog‘liqlik. 

Eruvchanlik koeffitsiyenti. 

1.5 

1.1.1; 1.1.3; 



1.1.6; 2.1; 3.1 

11. 



  Elektrolitik  dissotsilanish  nazariyasi.  Dissotsilanish 

darajasi.  Elektrolitlar  va  noelektrolitlar.  Kuchli  va 

kuchsiz  elektrolitlar.  Ion  almashinish  reaksiyalari. 

Suvning ion ko‘paytmasi, pH. 

1.6 

1.1.2; 1.1.3; 



1.1.6; 2.1 

12. 



  Dissotsilanish darajasi.  Elektrolitlar  va noelektrolitlar. 

Kuchli  va  kuchsiz  elektrolitlar.  Ion  almashinish 

reaksiyalari. Suvning ion ko‘paytmasi, pH. 

1.6 


1.1.2; 1.1.3; 

1.1.6; 2.1; 3.1 

13. 


  Tuzlar  gidrolizi.  Oksidlanish  darajasi.  Eng  muhim 

oksidlovchi va qaytaruvchilar. 

1.7 

1.1.1; 1.1.4; 



1.1.6; 1.1.7 

14. 



  Oksidlanish  darajasi.  Eng  muhim  oksidlovchi  va 

1.7 


1.1.1; 1.1.4; 



qaytaruvchilar.  Oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalari. 

Ularning turlari. 

1.1.6; 1.1.7; 

2.1 


15. 

  Elektroliz jarayoni. Faradey qonunlari. 

1.8 

1.1.1; 1.1.4; 



1.1.7; 2.1; 3.1 

16. 



  Anorganik 

birikmalarning 

eng 

muhim 


sinflari. 

Oksidlar,  kislotalar,  gidroksidlar,  tuzlar.  Ularning 

klassifikasiyasi,  olinishi  va  xossalari.  Ular  o‘rtasida 

genetik bog‘lanishlar. 

2.1 

1.1.3; 1.1.6; 



1.2.1; 2.1 

17. 



  Metallmaslar. IV-A, V-A guruh metallmaslari. Davriy 

jadvaldagi  o‘rni,  atom  tuzilishi,  fizik,  kimyoviy 

xossalari,  eng  muhim  birikmalari,  tabiatda  tarqalishi, 

olinishi, ishlatilish sohalari, mineral o‘g‘itlar. 

2.2 

1.2.2; 1.1.3; 



2.1 

18. 



  Metallmaslar.  VI-A,  VII-A  guruh  metallmaslari. 

Davriy jadvaldagi o‘rni, atom tuzilishi, fizik, kimyoviy 

xossalari,  eng  muhim  birikmalari,  tabiatda  tarqalishi, 

olinishi, ishlatilish sohalari. Oleum  

2.2 

1.2.2; 1.1.3; 



2.1 

19. 



  Metallar.  I-A,  II-A,  III-A  guruh  metallari, 

s-,  p-,  d-

guruh metallari,  Cu,  Ag, Au,  Fe, Cr,  Hg,  Mn (Davriy 

jadvaldagi  o‘rni,  atom  tuzilishi,  fizik,  kimyoviy 

xossalari,  eng  muhim  birikmalari,  tabiatda  tarqalishi, 

olinishi,  ishlatilish  sohalari).  Qotishmalar.  Metallar 

korroziyasi. Suvning qattiqligi. 

2.3 

1.1.3; 1.2.3; 



2.1 

20. 



  Metallar.  I-A,  II-A,  III-A  guruh  metallari, 

s-,  p-,  d-

guruh metallari,  Cu,  Ag, Au,  Fe, Cr,  Hg,  Mn (Davriy 

jadvaldagi  o‘rni,  atom  tuzilishi,  fizik,  kimyoviy 

xossalari,  eng  muhim  birikmalari,  tabiatda  tarqalishi, 

olinishi,  ishlatilish  sohalari).  Qotishmalar.  Metallar 

korroziyasi. Suvning qattiqligi. 

2.3 

1.1.3; 1.2.3; 



2.1; 3.1 

21. 



  Organik 

moddalarning 

klassifikasiyasi. 

Organik 


moddalarning  kimyoviy  tuzilish  nazariyasi.  Organik 

moddalarda gibridlanish turlari. Organik moddalarning 

izomeriyasi  va  nomenklaturasi.  Organik  birikmalarga 

xos  reaksiya  turlari.  Organik  moddalarning  tabiatda 

tarqalishi va ishlatilishi. 

3.1 


1.3.1; 1.3.2; 

2.1 


22. 


  To‘yingan uglevodorodlar. Alkanlar. Ularning olinishi 

va  xossalari.  Sikloalakanlar.  Ularning  olinishi  va 

xossalari. 

3.1 


1.3.1; 1.3.2; 

1.3.3; 2.1 

23. 


  To‘yinmagan 

uglevododrodlar. 

Alkenlar. 

Alkadiyenlar.  Alkinlar.  Aromatik  uglevodorodlar. 

Ularning olinishi va xossalari. 

3.2 


1.3.1; 1.3.2; 

1.3.3; 1.3.4; 

2.1 



24. 



  To‘yinmagan 

uglevododrodlar. 

Alkenlar. 

Alkadiyenlar.  Alkinlar.  Aromatik  uglevodorodlar. 

Ularning olinishi va xossalari.  

3.2 


1.1.3; 1.3.1; 

1.3.2; 1.3.3; 

1.3.4; 2.1; 3.1 

25. 



  Spirtlar.  Fenollar,  aromatik  spirtlar.  Aldegid  va 

ketonlar.  Karbon  kislotalar.  Ularning  olinishi  va 

xossalari. 

3.3 


1.3.1; 1.3.2; 

1.3.5; 1.3.6; 

1.3.7; 1.3.8 

26. 



  Spirtlar.  Fenollar,  aromatik  spirtlar.  Aldegid  va 

ketonlar.  Karbon  kislotalar.  Ularning  olinishi  va 

xossalari. 

3.3 


1.3.1; 1.3.2; 

1.3.5; 1.3.6; 

1.3.7; 1.3.8; 

2.1 


27. 


  Oddiy  va  murakkab  efirlar.  Sovunlar.  Yog‘lar. 

Uglevodlar.  Mono-,  di-,  polisaxaridlar.  Ularning 

olinishi va xossalari. 

3.4 


1.3.1; 1.3.2; 

1.3.8; 1.3.9; 

1.3.10; 1.3.11 



28. 

  Oddiy  va  murakkab  efirlar.  Sovunlar.  Yog‘lar. 

Uglevodlar.  Mono-,  di-,  polisaxaridlar.  Ularning 

olinishi va xossalari. 

3.4 

1.3.1; 1.3.2; 



1.3.8; 1.3.9; 

1.3.10; 1.3.11; 

2.1 



29. 



  Azotli  organik  birikmalar.  Nitrobirikmalar.  Aminlar, 

aminokislotalar.  Ularning  olinishi  va  xossalari. 

Oqsillar va ularning turlari. 

3.5 


1.3.12; 1.3.13; 

2.1 


30. 


  Yuqori  molekular  birikmalar.  Tabiiy,  sintetik,  va 

sun’iy  yuqori  molekular  birikmalar.

 

Plastmassalar, 



tabiiy va sintetik kauchuklar. Ularning turlari, olinishi 

va  xossalari,  ishlatilishi.  Neft.  Tabiiy  gaz  va 

toshko‘mir. 

3.6 


1.3.13; 1.3.14; 

2.1 




 

Document Outline

  • Kodifikator (Kimyo)
  • Spetsifikatsiya (Kimyo)

Download 463.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling