Kommunikatsiyaning mohiyati va elementlari


Download 40.35 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi40.35 Kb.
#1044905
Bog'liq
2 5264766178382848379

Fitrat ,,Tilimiz 1'' , ,,Tilimiz 2'' maqolalari va tilimizning abadiyligi

  • Fitrat 1919-yil 12-iyunda "Ishtirokiyun" gazetasining 132-sonida e'lon qilingan "Tilimiz" maqolasida ózbek tilining tarixdagi achchiq qismati, uzoq yillar arab va fors tillari ta'sirida bólib kelgani, lekin leksik-grammatik jihatdan bu tillardan hech qanday qolishmasligini ta'kidlaydi. Uning ta'kidlashicha,har bir tilning boyligi u tildagi sózlarning kópligi(kasrati kalimot),yasalish kengligi (undirish kengligi),boglanish imkoniyati(vus'ati ishtiqoq),qoidalarining mukammalligi(mukammaliyati qavoid)bilan ólchanadi.
  • "...hozirgi sózlarimizdagi arabcha,forschalardan bir nechasi uchun turkcha topilmaydir,desangiz tóġridir.Biz ham ularni chiqarmoqchi emasmiz. Unlarni olurmiz,lekin òzimizniki qilurmiz. Turkchalashtiramiz."Qoida"ning tukchasi yoqdir."Sarf" ning turkchasini topolmadik. Ikkisin daxi olurmiz. Lekin siz kabi "qavoidi sarfiya"demasdan,"sarf qoidalari" dermiz.
  • A.Fitrat ózbek tilining òziga xos xususiyatlarini ochib berish,har bir lingvistik hodisaning mohiyatini ifodalay oladigan qat'iy qoidalar yaratish lozimligini ta'kidlaydi.Bu haqda quyidagicha yozadi:
  • "Tilimizning iste'dodli,boy bir til bòlgonini qichqirib soyladik.Bu til dóqqidir(qópoldir),buning órniga turkchaning adabiy bir shevasini olaylik degan til bilmaslar bilan kurashdik,ularni yengdik.Biroq hanuz tilimizning belgili qoidalarini maydonga qoya olmadik".
  • "...bizning shaharlarimiz kóplab yillardan beri arab,forsiy adabiyotning hukmi ostida yashaydir. Shuning uchun bizda shahar tili buzulģondir. Tilimizning sof shaklini daladagi el-aymoqlardan kóra olamiz".

Download 40.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling