Kompleks birikmalar
Download 15.18 Kb.
|
kompleks birikmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cu(OH) 2 + 4NH 4 OH = [Cu(NH 3 ) 4 ](OH) 2 + 4H 2 O
- Fe(CN) 2 + 4KCN = K 4 [Fe(CN) 6 ]
- O - [Cr(H 2 O) 6 ]Cl 3
Aim.uz Kompleks birikmalar Kompleks birikmalar markaziy atomdan va ligandlar tutgan murakkab birikmalardir. Ular eritmada kompleks kation yoki anion, ba’zan kompleks anionlar ba’zan neytral molekulalar hosil qiladi. Yangi kimyoviy bog’ hosil qilmasdan yoki yangi elektron jufti yuzaga kelmasdan oddiy molekulalardan murakkab molekulalar hosil bo’lishi kompleks birikmalarni yuzaga keltiradi.Kompleks birikmalarda olingan va berilgan elektronlarning soniga qarab valentlikni bilib bo’lmaydi. Kompleks birikmalar ikkita polyar molekulalarning o’zaro ta’siridan hosil bo’lishi mumkin. Ammik gaz , vodorod xlorid ham gaz, lekin hosil bo’lgan kompleks birikma ammoniy xlorid qattiq moddadir: NH 3 + HCl = [NH4]Cl Kalsiy xlorid va ammiak ta’siridan hosil bo’lgan murakkab modda kompleks hisoblanadi: CaCl2 + 8NH 3 = [Ca(NH3 )8]Cl2 Kristall Ba’zan kompleks birikmalar hosil bo’lishida keskin rang o’zgarishi sodir bo’lib, cho’kma eritmaga o’tadi: CuCl2 + 2NH4OH = Cu(OH)2 + 2NH4Cl Agar havo rang cho’kmaga mo’l miqdorda NH4OH qo’shsak, cho’kma eriydi va ko’kish- siyoh rangdagi eritma hosil bo’ladi: Cu(OH)2 + 4NH4OH = [Cu(NH3)4](OH)2 + 4H2O ko’k-siyoh rangli eritma Ba’zan komleks birikmalar hosil bo’lishida cho’kmalar eritmaga o’tadi: Fe(CN)2 + 4KCN = K4[Fe(CN)6] sariq qon tuzi Fe(CN)3 + 3KCN = K3[Fe(CN)6] qizil qon tuzi Agar reaksiya sharoiti o’zgartirilsa ham kompleks birikmalar hosil bo’lib: CrCl3 + 6H2O - [Cr(H2O)6]Cl3 bu kompleks birikma ko’k binafsha rangli. Undan bir molekula suv ajralsa, to’q yashil rangli birikma: [Cr(H2O)5Cl]Cl2 yana 1 mol suv ajralsa och-yashil rangli birikmaga aylanadi: [Cr(H2O)4Cl2]Cl Ko’rinib turibdiki, sharoit o’zgarishi bilan komleks birikmalarning molekulyar formulasi va xossalarida o’zgarish ro’y beradi. Shunday qilib bir kompleks ikkinchisiga o’tadi. Tirik organizmda ketadigan biologik jarayonlarda ularning ahamiyati benihoyadir.Gemoglobin Fe2+ , xlorofill Mg 2+ larning kompleks birikmalaridir. Kompleks birikmalar asoslar, kislotalar, tuzlar holatida bo’lishi mumkin. Ular ichida elektrolitmas moddalar ham bor. Asoslar Kislotalar Tuzlar [Ag(NH3)2 ]OH H[AuCl4] [Ni(NH3)4]SO4 [Cu(NH3)2](OH)2 H2[SnF6] Na3[AlF6] [Ni(NH3)4](OH)2 H2[PtCl6] K3[Fe(CN)6] Elektrolitmas moddalar: [Pt(NH3)4Cl2], [Ni(CO)4], [Fe(CO)5]. Download 15.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling