Kompyuter injiniringi” fakulteti ats 20-06 guruh talabasi dehqonboyev sherzodning


Download 104.41 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi104.41 Kb.
#1062016
Bog'liq
1-mustaqil ish (MT)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI
ATS 20-06 GURUH TALABASI DEHQONBOYEV SHERZODNING
“MALUMOTLARNI TIKLASH”
fanidan
1-MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Amaliyotda ma’lumotlarni tiklashda ma’lumot va fayllar funksiyalari

Fan o‘qituvchisi: Raximov R.
Talaba: 20-06-guruh, Dehqonboyev Sh
S a m a r q a n d _ 2022
Mavzu: Amaliyotda ma’lumotlarni tiklashda ma’lumot va fayllar funksiyalari.
Reja:

  1. Ma’lumotlar qanday saqlanadi;

  2. Adresslar va ularning vazifalari;

  3. Fayl tizimi funksiyalari va ma’lumotlar ierarxiyasi.

Ma’lumotlar qattiq disklarda yacheykalarda saqlanadi. Yacheyka bu diskdagi ma’lumotlarni saqal uchun kichik bir maydon. Diskga ma’lumot tashlanganda malu’motlar bir necha yoki bir necha ming qismlarga bolinib har bir qism alohida yacheykalarga yoziladi va har bir yacheykaga keying yacheykani adresi yozilib ketiladi, shu tariqa ma’lumotlarni yo’naltirgichlar orqali topib chiqarib beradi. Qattiq diskni yoki USB va boshqa qurilmalarni format qilganda yoki ma’lumot o’chib yuborilganda hotiradan faqat ko’ratgichlargina o’chadi yani ma’lumotga olib boruvchi yo’l o’chadi. Hozirda ma’lumotlar soni ko’paygani sari ma’lumotlarni yo’qolishi havfi ko’payib bormoqda va shuning uchun ma’lumotlarni qayta tiklovchi programmalarga ehtiyoj oshib bormoqda.


Ma’lumotlarni qayta tiklovchi dasturlar o’chib ketgan yo’llarni qayta tiklaydi. Yani hotiradagi ma’lumotlardan yana foydalanishga imkon yaratadi. Lekin har doimham ma’lumotlarni qayta tiklashni imkoni mavjud emas. Masalan: ma’lumot o’chirilgan hotiraga yangi ma’lumot tashlanganda, bu holatda eski malumot yozilgan yacheykalarga yangi ma’lumot yoziladi va oldingi malumotni qayta tiklash imkoni bo’lmaydi yoki chala tiklanishi mumkun.
Fayl deganda, odatda nomlangan, bir xil tuzilishga ega bo‘lgan yozuvlardan tashkil topgan ma’lumotlar to‘plami tushuniladi. Bu ma’lumotlarni boshqarish uchun, mos ravishda fayl tizimlari yaratiladi. Fayl tizimi, ma’lumotlar mantiqiy strukturasinining va ularga ishlov beri jarayonida bajariladigan amallar bilan ish olib borish imkonini beradi. Aynan fayl tizimi, ma’lumotlarni disklarda yoki biror-bir boshqa jamlamada tashkil etish usulini aniqlaydi. Fayl tizimining qabul qilingan spetsifikatsiyalari bo‘yicha, fayllar bilan ishlashni amalga oshiruvchi maxsus tizimli dasturiy ta’minotni, ko‘pincha fayllarni boshqaruv tizimi deyiladi. Aynan, fayllarni boshqarish tizimi, fayl ma’lumotlarini yaratish, yo‘qotish tashkil etish, o‘qish, yozish, modifikatsiya qilish va joyini o‘zgartirish va shu bilan birga fayllarga murojaatni va fayllar tomonidan foydalaniladigan resurslarni boshqarishga javob beradi.
Fayllarni boshqarish tizimining “FBT” asosiy vazifasi, bizga kerakli bo‘lgan yozuvning aniq fizik adresini ko‘rsatib, quyi darajada murojaat o‘rniga, fayl ko‘rinishida tashkil etilgan ma’lumotlarga murojaatning qulay usulini berishidir, ya’ni fayl nomi va undagi yozuvni nomini ko‘rsatib, mantiqan murojaat qilishga imkon berishdir.
Fayllarni boshqarish tizimi yordamida, foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:


  • foydalanuvchilarning muloqat funksiyalarini (uning ma’lumotlari bilan) amalga oshiruvchi va fayllarni boshqarish tizimidan faol foydalanuvchi, maxsus boshqaruvchi funksiyalar yordamida yoki o‘z dasturlaridan, nomli ma’lumotlar to‘plamini (fayllarni) yaratish, olib tashlash va qayta nomlash (va boshqa operatsiyalar);

  • disksiz periferik qurilmalar bilan fayl kabi ishlash;

  • fayllar orasida, qurilmalar o‘rtasida (va teskari) ma’lumotlar almashinish;

  • fayllarni boshqarish tizimi dasturiy modullariga murojaat usuli bilan fayllar bilan ishlash (API ning bir qismi fayllar bilan ishlashga mo‘ljallangan);

  • fayllarni huquqsiz murojaatdan himoya qilish.

Qoida bo‘yicha hamma zamonaviy OT lar o‘z fayllarini boshqarish tizimilariga egadir. Ba’zi OT lar esa, bir nechta fayl tizimlari bilan ishlash imkoniga egadirlar (bir nechtasi ichidan bittasi yoki bir nechtasi bilan bir vaqtda). Bu hollarda, montirovka qilinadigan fayl tizimlari to‘g‘risida so‘z boradi (montirovka qilinadigan fayllarni boshqarish tizimlarini qo‘shimcha sifatida o‘rnatish mumkin) va bu borada ular mustaqildir.


Shu narsa ma’lumki, fayllarni boshqaruv tizimi, OT ning asosiy komponentasi bo‘lgan holda, undan mustaqil emas, chunki API ning mos chaqiriqlaridan faol foydalanadi. SHu bilan birga, FBT ning o‘zi API ni yangi chaqiriqlar bilan boyitadi. Demak, shuni ta’kidlash mumkinki, ixtiyoriy FBT o‘z-o‘ziga mavjud emas, balki ular aniq OT muhitida ishlash uchun yaratiladi. Misol uchun hammaga topish fayl tizimi FAT ni keltirish mumkin (File Allocation Table – fayllarni joylashtirish jadvali). Bu tizim, fayllarni boshqarish tizimi sifatida ko‘p hollarda ishlatiladi.
Bu fayl tizimining turli OT larda ishlaydigan, turli versiyalari mavjuddir: FAT, FAT 12, FAT 16, super FAT va hakazolar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • https://intrucks.com/uz/tires-and-wheels/how-information-is-stored-on-a-computer/

  • https://kompy.info/mavzu-kompyuter-kompyuterning-asosiy-qurilmalari-va-ularning-v.html?page=4

  • https://ik4.es/uz/ma%27lumotlarni-tiklash-bo%27yicha-eng-yaxshi-dastur/

Download 104.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling