Kompyuter injiniringi” fakulteti dekani O. Otaqulov


Download 15.34 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi15.34 Kb.
#1036473
Bog'liq
НАМУНА ТАВСИФНОМА610-17


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Kompyuter injiniringi fakulteti “Kompyuter injiniringi AT-servis” yo‘nalishi sobiq talabasi 1998 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek Ma’murov Muxammad Ibroxim Tolibjon o‘g‘liga

TAVSIFNOMA

Ma’murov Muxammad Ibroxim Tolibjon o‘g‘li 2017 yili test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Kompyuter injiniringi fakulteti “Kompyuter injiniringi AT-servis” bakalavr talim yo‘nalishiga to‘lov kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan.


Ma’murov Muxammad Ibroxim Tolibjon o‘g‘li o‘qish va jamoat ishlarida faol qatnashgan va kursdoshlari ichida ajralib turgan. Shuningdek sport to‘garaklari va jamoat tadbirlarida qatnashib faxrli o‘rinlarni egallagan. Rus va ingliz tillarini o‘zlashtirgan. U o‘zining o‘qish faoliyatiga ma’suliyat bilan yondashgan . Fakultet tomonidan berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida aniq hamda puxtalik bilan bajargan.
Ma’murov Muxammad Ibroxim Tolibjon o‘g‘li o‘zining namunali xulqi, universitet va fakultetdagi tashkiliy, jamoat ishlarida faol ishtiroki, kamtarligi, qat’iyatliligi hamda o‘tkir zehni bilan ajralib turadi. Shu sababdan u talaba-yoshlar orasida o‘z obru-e’tibori va hurmatiga ega. U barcha fanlarni “yaxshi” baholarga o‘zlashtirgan.
Ma’murov Muxammad Ibroxim Tolibjon o‘g‘li iqtidorli, tashkilotchi va mas’uliyatli talaba ekanligini hisobga olgan holda, kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib, mustaqil O‘zbekistonga xizmat qiladigan hamda yurtimiz rivoji uchun katta hissa qo‘shadigan inson bo‘lib yetishishiga ishonch bildiramiz.
Kompyuter injiniringi”
fakulteti dekani O.Otaqulov
Download 15.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling