Konstitutsiya


Download 21.03 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi21.03 Kb.
#1316807
Bog'liq
Konstitutsiya


Konstitutsiya (lotincha: constitutio — „tuzilish“, „tuzuk“) — bu davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.

Konstitutsiya davlatchilik belgisidir. Bir-biridan farqlanuvchi yuridik va haqiqiy (faktik) konstitutsiya tushunchalari bor. Yuridik konstitutsiya ijtimoiy munosabatlar doirasini tartibga soluvchi maʼlum huquqiy normalar tizimi. Haqiqiy konstitutsiya esa — shunday munosabatlarning oʻzi, yaʼni real mavjud munosabatlardir. Konstitutsiya oʻz shakliga koʻra, kodekslashtirilgan, kodekslashtirilmagan va aralash turlarga boʻlinadi. Kodekslashtirilgan konstitutsiya — konstitutsiyaviy xususiyatga ega barcha asosiy masalalarni tartibga soluvchi bir butun yozma hujjat hisoblanadi. Agar ayni oʻsha masalalar bir necha yozilgan hujjatlar bilan tartibga solinsa, u holda konstitutsiya kodekslashtirilmagan hisoblanadi. Aralash turdagi konstitutsiya parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar va sud pretsedentlari bilan birga, odatlar va nazariy sharxlarni ham oʻz ichiga oladi, yaʼni qisman yozilgan boʻladi. Oʻzgartirish kiritish usuli boʻyicha konstitutsiya yumshoq va qattiq turlarga boʻlinadi. Ularning birinchisi oddiy qonun qabul qilish yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin. Ikkinchisi maxsus takomillashtirilgan tartibda (parlament aʼzolari ovozining malakali koʻpchiligi, baʼzan esa referendum oʻtkazish, tuzatishlarni muayyan miqdordagi federatsiya subʼyektlari tomonidan ratifikatsiyalash va shahrik.) oʻzgartirilishi mumkin. Amal qilish muddatlari boʻyicha konstitutsiyalar doimiy va muvaqqat turlarga boʻlinadi.


Davlat faoliyatining turli sohalarida konstitutsiyaga rioya qilinishini nazorat etish Oliy sud yoki Konstitutsiyaviy sud zimmasiga yuklanadi. „konstitutsiya“ atamasi Qadimgi Rimdayoq bor edi (imperator konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur „Tuzuklar“i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Oʻrta Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli taʼsir oʻtkazgan. Yevropadagi tarixiy taraqqiyot hozirgi kunda amalda boʻlgan konstitutsiyalarning 2 guruhini vujudga keltirdi. 1-guruh — hozirgi zamon sharoitlaridan keskin farq qiluvchi sharoitlarda qabul qilingan eski konstitutsiyalar. Bu xildagi konstitutsiyalarga 1787-yilgi AQSH Konstitutsiyasi, 1831-yilgi Belgiya konstitutsiyasi, 1874-yilgi Shveysariya konstitutsiyasi misol boʻla oladi. 2-guruhga 20-asrning 2-yarmida qabul qilingan „yangi avlod“ konstitutsiyalari kiradi. Ular dastlabki konstitutsiyalardan huquq va erkinliklar institutining, konstitutsiyaning himoya qilish mexanizmlari va ijtimoiy muammolarga murojaat kilish mexanizmlarining kengayishi natijasida konstitutsiyaviy tartibga solish hajmining koʻpayishi bilan farq qiladi.
Xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni oʻrganish, xalqaro hujjat qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik anʼanalardan kelib chiqish natijasida yaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan) jahon andozalariga mos boʻlib, xalqaro talablarga javob beradi.

Konstitutsiya haqida


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.
(2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-modaasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuza- tishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismiga o‘zgartish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 99 va 102-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan.)
Download 21.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling