Koordinata tekisligi. Grafiklar


Download 1.54 Mb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi1.54 Mb.
#1062018
  1   2   3
Bog'liq
Koordinata tekisligi


Quyida matematika electron darsligidan „Koordinata tekisligi va grafiklar“ mabzusi yoritilgan.

Koordinata tekisligi. Grafiklar



  1. Koordinata tekisligi. Tekislikda o'zaro perpendikular x va у o'qlarni o'tkazamiz. Ularning kesishish nuqtasini O harfi bilan belgilaymiz. Bu nuqtani har bir o'q uchun sanoq (hisob) boshi deb hisoblab, har bir o'qda o'zaro teng birlik kesmani olamiz. Ox o'qidagi yo'nalish, odatdagicha, chapdan o'ngga, Oy o'qidagi yo'nalish esa «pastdan yuqoriga» bo'ladi (1- rasm). Bu holda tekislikda xOy to'g'ri burchakli koordinatalar sistemasi aniqlangan, deyiladi. Uni fransuz olimi Dekart kiritgani uchun Dekart koordinatalar sistemasi ham deyiladi.





1-rasm

Ox o'qi abssissalar o'qi, Oy o'qi ordinatalar o'qi, О nuqta koordinata boshi deyiladi.
Dekart koordinatalar sistemasi kiritilgan tekislik koordinata tekisligi deyiladi.
A – koordinata tekisligida olingan ixtiyoriy nuqta bo'lsin. A nuqtadan Ox va Oy o'qlariga parallel to'g'ri chiziqlar o'tkazamiz. Ular Ox va Oy o'qlari bilan, mos ravishda, В va C nuqtalarda kesishadi, deylik.


2-rasm



OB kesmaning uzunligi x, ОС kesmaning uzunligi у bo'lsin. x son A nuqtaning abssissasi, у son esa A nuqtaning ordinatasi deyiladi.


x va у sonlar jufti A nuqtaning koordinatalari deyiladi va A(x; y) kabi beigilanadi. Bunda doimo birinchi o'rinda abssissa, ikkinchi o'rinda esa ordinata yoziladi.
Yuqoridagi rasmda A nuqtaning abssissasi x=4 ga va ordinatasi у=3 ga teng. U holda A nuqtaning koordinatalari A(4; 3) kabi yoziladi.

Shunday qilib:


1) koordinata tekisligida har bir A nuqtaga sonlar jufti (x; y) mos keladi;


2) ixtiyoriy sonlar jufti (x; y) ni koordinata tekisligidagi biror A nuqtaning koordinatalari deyish mumkin;


3) agar bo'lsa, u holda (x; y) va (y; x) juftliklar koordinata tekisligida turli nuqtalarni ifodalaydi.


A – koordinata tekisligida olingan ixtiyoriy nuqta bo'lsin. A nuqtadan Ox va Oy o'qlariga parallel to'g'ri chiziqlar o'tkazamiz. Ular Ox va Oy o'qlari bilan, mos ravishda, В va C nuqtalarda kesishadi, deylik

Koordinata boshi – О nuqtaning koordinatalari O(0; 0) dan iborat. Ox o'qidagi ixtiyoriy В nuqtaning koordinatasi B(x; 0); Oy o'qidagi ixtiyoriy С nuqtaning koordinatasi C(0;y) ko'rinishida bo'ladi.


Ox va Oy o'qlari tekislikni to'rtta burchakka bo'ladi, ularni koordinata choraklari (yoki koordinata burchaklari) deyiladi. Koordinata choraklarining joylashishi 3-rasmda tasvirlangan.





Dekart koordinatalar sistemasidagi (x; y) nuqtalar uchun quyidagi munosabatlar o'rinli:


I chorakdagi nuqtalarning (x; y) koordinatalari uchun ;


II chorakdagi nuqtalarning (x; y) koordinatalari uchun ;


III chorakdagi nuqtalarning (x; y) koordinatalari uchun ;


IV chorakdagi nuqtalarning (x; y) koordinatalari uchun .


Nuqta koordinatalarining choraklardagi ishoralari ramziy ravishda rasmda ko'rsatilgan.


Ox o'qida yotuvchi barcha nuqtalarning ordinatalari 0 ga teng: у= 0.


Oy o'qida yotuvchi barcha nuqtalarning abssissalari 0 ga teng: x = 0.


2. Grafiklar. Grafik - miqdorlar orasidagi bog'lanishni ifodalovchi chiziq. Grafikda ikki miqdor orasidagi bog'lanish yaqqol ko’rinadi.


Quyidagi jadvalda bir sutka davomida havo temperaturasining har ikki soatda o'zgarishi berilgan:



Jadvalga ko'ra, vaqt va temperatura orasidagi bog'liqlik grafigini chizish uchun:


1) tOT koordinata sistemasida (t; T) nuqtalarni belgilaymiz;


2


4-rasm



) ularni to'g'ri chiziq kesmalari bilan tutashtiramiz. Natijada vaqt o'zgarishi bilan havo temperaturasining o'zgarishi orasidagi bog'lanish grafigini hosil qilamiz (4- rasm).

Grafiklar egri chiziq ko'rinishida bolishi ham mumkin. Masalan, yoshingiz bilan: 1) og'irligingiz; 2) bo'yingiz orasidagi bog'lanish grafigi egri chiziqdan iborat bo'ladi (5-rasm).


G



5-rasm

rafiklarni «o'qib», ulardan turli xulosalar chiqariladi. Masalan, Sizlarga geografiya darslaridan ma'lum bo'lgan «shamol guli» deb ataladigan grafikka qarab, yer sirtidagi biror joyda esadigan shamollarning yo'nalishi, necha kun esganligi haqida xulosa chiqarish mumkin.


Geografiyada ham o'ziga xos koordi­natalar sistemasi bor. Siz, geografiya darslaridan masshtab, bosh meridian, parallel va meridian, geografik kenglik, geografik uzunlik bilan tanishsiz. Yer sirtidagi nuqtaning geografik uzunligi va kengligi shu nuqtaning geografik koordinatalari deyiladi. Yer sirtidagi har bir nuqtaga ikki miqdor geografik uzunlik va kenglik mos qo'yiladi va aksincha, ikkita miqdor-geografik uzunlik va kenglik bo'yicha yer sirtidagi tayin bir nuqta topiladi. Bunda parallellar va meridianlar to'g'ri burchakli koordinatalar sistemasidagi abssissa va ordinata o'qlari vazifasini bajaradi.




Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling