Ko‘prik qurilishining rivojlanishi. Transport inshootlarini saqlash


Download 229.12 Kb.
bet1/15
Sana26.02.2023
Hajmi229.12 Kb.
#1232128
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ma\'ruza 1


Ma’ruza №1. Avtomobil va shahar yo‘llaridagi transport inshootlarining turlari
Reja.
  1. Ko‘prik qurilishining rivojlanishi.

  2. Transport inshootlarini saqlash.

  3. Sun’iy inshootlarni saqlashning asosiy vazifasi.

Tayanch so‘zlar va iboralar: ko‘priklar, temirbeton oraliq qurilmalar, ekspluatatsiya, ko‘prik inshootlarining saqlovi, ta’miri va rekonstruksiyasi, saqlov, nazorat qilish, parvarish qilish, profilaktika (buzilishining oldini olish) va rejali-ogohlantirish ta’mir (ROT).

Transport inshootlarining qisqacha tavsifi. Mamlakatimizda umum foydalanadigan Avtomobil yo‘llarni qurish o‘tgan asrning 60-yillarida boshlangan bo‘lib, hozirda O‘zbekiston Respublikasida foydalanilayotgan avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi o‘n ming kilometrdan ortiqdir. Avtomobil yo‘llarida eng og‘ir va mas’uliyatli sun’iy inshoot elementlari – bu ko‘prik, suv o‘tkazish quvurlari, tonnellar, galereyalar, lotoklar va boshqalar hisoblanadi. Transport vositalari harakati xavfsizligi va uzluksizligi ushbu sun’iy inshootlarning sozligi va mustahkamligiga bevosita bog‘liqdir. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi avtomobil yo‘llarida sun’iy inshootlarning umumiy uzunligi yuz minglab kilometrdan ortiq bo‘lib, u yo‘l xo‘jaligi asosiy vositalari hajmining 10…15% ini tashkil qiladi. O‘rtacha 1…5 km yo‘lga bitta sun’iy inshoot to‘g‘ri keladi. Avtomobil yo‘l ko‘priklari uzunligining 50%, soni bo‘yicha 60% temirbeton ko‘priklar bo‘lib, ularning aksariyati (90%) Ulug‘ Vatan urushidan so‘ng qurilgan. Beton va toshli ko‘priklar MDH Avtomobil yo‘llarida juda ham kam sonli bo‘lib, yog‘och (7%) ko‘priklar vaqtinchalik inshoot hisoblanib, asosan ikkilamchi yo‘llarda foydalanilgan. Mamlakatimizdagi barcha sun’iy inshootlar sonining 90%, uzunligining 68% kichik ko‘priklar (25 m gacha) va ko‘tarma osti suv quvurlar hissasiga to‘g‘ri kelib, ayniqsa unda quvurlarning (60%) ulushi salmoqlidir.

Ko‘tarma osti quvurlar birinchi bo‘lib bundan 125 yil oldin ohakli qorishma yordamida toshlardan qurila boshlangan. Keyinchalik o‘tgan asr oxirlariga kelib ular beton va temirbeton materiallaridan qurila boshlandi. Bu esa ularning konstruksiyalarini, quvurlar shaklini to‘g‘ri burchakli va aylana shaklga o‘zgarishiga olib keldi, natijada qurilish vaqti va tannarxini kamayishiga, ayniqsa yig‘ma konstruksiyalar rivojiga zamin yaratdi. Hozirda ko‘tarma osti quvurlari asosan aylana shakldagi yig‘ma konstruksiyalardan quriladi. Oxirgi 25 yilda quvurlar qurish soni 15% ga, ko‘priklar esa bor yo‘g‘i 1,8% ga o‘sdi. Bu mutanosiblik kichik ko‘priklar o‘rniga quvurlar qurishning afzalligini ko‘rsatadi.


Download 229.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling