Коррупцияга қарши курашда хорижий мамлакатлар тажрибаси


Download 302 Kb.
Sana22.03.2023
Hajmi302 Kb.
#1286482
Bog'liq
Bayonnoma namunasi


Hurmatli muddatli harbiy xizmatchilar 35% li moddiy qo‘llab-quvvatlash tavsiyasiga davogar talabalar!



  1. Mazkur bayonnomalar NAMUNA sifatida tavsiya etilmoqda!

Siz ishtirok etgan har bir tadbiringiz (musobaqa, xayriya aksiyalari, saxovat tadbirlarida matn ichiga qanday ish bajarganingiz)ni shu tartibda bayonlashtirishingiz mumkin. Bexato va imlo qoidalariga rioya etgan holda, sifatli rasmlarni joylashtirib rasmiylashtirishingizni so‘rayman. Rangli qilib chiqarish kerak!
Bayonnomadagi fotosuratlarda faqat shaxsan o‘zingiz tushgan bo‘lishingiz shart!
Namangan Davlat universiteti Matematika fakultetida tashkil etilgan “Kitobxonlik kechasi”


BAYONNOMASI
28.01.2021-yil NamDU faollar zali


Kun tartibi: 5 ta muhim tashabbusni To‘rtinchi tashabbusi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish”, shuningdek, talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, intellektual salohiyatlarini yuksaltirish hamda yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida Namangan davlat universiteti Matematika fakulteti tashabbusi bilan “Kitobxonlik kechasi” tashkil etildi.
Qatnashdilar:
T adbirda nafaqat matematika fakulteti talabalari, balki boshqa fakultetlardan ham bir nechta talabalar ishtirok etishdi. Tadbirda jami 137 nafar talaba ishtirok etdi. Kitobxonlik kechasiga mehmon sifatida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” va Navoiy nomidagi Davlat stipendiyalari sovrindori, Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi yoshlar etakchisi, NamDu magistranti, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibasi, Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Yurt kelajagi”, “O‘zbekiston bahori, ”O‘zXDPning eng faol ayoli" ko‘rik-tanlovlari g‘olibi Manzura Abdullaeva, Matematika yo‘nalishi 4-kurs talabasi, “Zomin-2020” seminari g‘olibi, bloger, yozuvchi, "Yil talabasi-2020" g‘olibi, o‘n ming nusxada chop etilgan “Ufqqa tutash yo‘l” kitobi muallifi Shahzod Ergashaliev, Respublika yosh olimlar kengashi Namangan viloyati bo‘limi vakili, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faol a’zosi, Respublika “Qizlar ovozi” klubi Namangan shaxar Kengashi koordinatori Nigora Muxammad va Ichki ishlarga qarashli Akademik litsey o‘quvchisi Yaxyobek Kamolov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Sh.Sultanov.
Yosh ijodkor talabalardan, Matematika yo‘nalishi talabalaridan A.Asqaraliev, X.Axmedov, A.Samatova, Sh.Turg‘unboeva, G.Kenjaevalar, Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi talabalaridan A.Ikromov, M.Maxmudova, A.Azimovalar, Fizika yo‘nalishi talabalasi Z.Begmatova va Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi M.Dadaxonovalar o‘z ijodlaridan na’munalarni o‘qib berishdi va mexmonlar tomonidan kamchiliklari va yutuqlarini bilib olishdi.
Tadbir so‘ngida Matematika fakultetini Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Isroilov so‘zga chiqib, bugungi tadbirga o‘z vaqtlarini ajratib ishtirok etgan mexmonlarga o‘z tashakkurlarini izxor qilib, fakultet rahbariyati nomidan mexmonlarni tashakkurnoma bilan taqdirladi.
Bayonlashtiruvchi ______________


Fakultet etakchisi ______________
Download 302 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling