S bozorova, N. Kamolov


Download 0.6 Mb.
bet1/80
Sana09.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1342898
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
2 5246787256303223415 - копия





. I


за Г572-




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRL1GI


S.BOZOROVA, N.KAMOLOV


FIZIKA
(Optika. Atom va yadro fizikasi)
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta niaxsus ta’lim vazirligi
texnika oliy o‘quv yurtlari bakalavriat ta’limi yo‘nalishining
«Konchilik ishlari», «Metallurgiya» ixtisosligi talabalari uchun
darslik sifatida tavsiya etgan













TOSHKENT -2007


Bozorova S. J., Kamolov N. K. Fizika (Optika. Atom va yadro fizikasi). «Aloqachi», 2007-y., 272 bet


Ushbu darslik umumiy fizika kursining «Optika, atom va yadro fizikasi» qismini o‘z ichiga olib, «To‘lqinlar optikasi», «YorugMikning kvant tabiati», «Atom fizikasi», «Atom yadrosi» bo‘limiaridan tashkil topgan. Bo‘limlar so‘ngida test va tayanch iboralarga asoslangan nazorat savollari ham berilgan bo‘lib, fizik qonuniyatlaming ko‘rgazmali tasvirlanganligi talabalarga qulaylik tug‘diradi.
Darslikning maqsadi talabalaming nazariy bilimlarini amaliyotda tajriba bilan umumlashtirishga qaratilgan bo*lib, fizik qonuniyatlardan ongii ravishda foydalanib, kelgusida fizikaga asoslangan ixtisoslik fanlarini chuqur va puxta o‘rganishga asos yaratishdir.


Taqrizchiiar: fizika-matematika fanlari doktori, prof. M.S.Baxodirxonov va fizika-matematika fanlari doktori, prof.P.X-MUSAYEV


i
ISBN 978-9943-326-14-9
© «Aloqachi» nashriyoti, 2007;


SO‘Z BOSHI




Ushbu darslik mamlakatimiz tarixida ulkan voqea bo’lgan Ta’lim to‘g‘risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tatbiq etish natijasida vujudga kelgan bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv dasturi asosida yozilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida barcha xil va turdagi ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun uzluksiz fan, ta’lim va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanishga alohida urg‘u berilib, mutaxassislarga bo'lgan umumdavlat va mintaqaviy talablar istiqbolini aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Yuqori malakali kadrlar tizimini shakllantirishda, awallari faqat fundamental fan sifatida qaralib kelingan tabiiy fanlar, bugungi kunga kelib ixtisoslik fanlarini chuqur o’rganish uchun asosiy bo‘g‘inning bir o’zagi sifatida tan olinmoqda. Texnikaning yuksak ravnaqlar bilan rivojlanishi natijasida tadqiqotlaming fizik usullarini geologiya, mineralogiya va metallurgiya kabi fan sohalariga tatbiq etilishi fizikani asosiy fanlardan biriga aylantirdi.
Fizika sanoatni yangi asboblar bilan boyitdi, ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi salmog‘ini oshirishga qodir bo’lgan yangi usullaming yaratilishiga asos bo’ldi.
Ishlab chiqarishning jadal rivojlanishida o’zining muhim hissasini qo’shgan avtomatlashtirish, kompleks mexanizatsiyalash kabi muhim sohalar fizik hodisa va qonuniyatlarga asoslanadi. Yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqarish, mavjud texnologiyalami yanada takomillashtirish kabi vazifalar ushbu jarayonlaming fizik asoslarini puxta bilishni talab qiladi.
Optika fizikaning muhim qismlaridan biri hisoblanib, yorug’lik bilan bog’liq hodisalar qonunlarini o’rganadi. XIX asr oxiri - XX asr boshiarida optika klassik fizika doirasida turib tushuntirib bo’lmaydigan (absolyut qora jism nurlanishi, yorug’lik va


3




mikrozarrachalar oqimining dualistik (ikki yoqlama) tabiati, elektron difraksiyasi, atom spektral seriyalar qonunlari kabi) qator tajriba ma’lumotlarni to‘pladi. Ana shu hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlami topishga va ulami yagona nuqtai nazardan tushuntira oladigan dunyoqarashni yaratishga bo'lgan urinishlar kvant optikasining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Kvant optikasi qonunlari hozirgi zamon rnodda tuzilishining fundamental asoslarini tashkil etadi. Bu ta’limot uzoq yillardan beri muammo bo‘lib kelgan atom va atom yadrolari tuzilishining kimyoviy tabiati, elementar zarrachalar xususiyatini, qolaversa juda ko‘p sondagi optik elektromagnitik va boshqa fizik hodisalami to‘g‘ri tushuntira oldi. U bir qator makroskopik hodisalami, jumladan, gazlar va qattiq jismlar issiqlik sig‘imi hamda qattiq jism (metall, yarimo‘tkazgich, dielektrik)lar tuzilishini tushunib yetishga imkon berdi. Ferromagnetizm, o‘taoquvchanlik va o'ta o‘tkazuvchanlik hodisalari faqat kvant optikasi yordamidagina o‘zlarining to‘g‘ri talqinini topdi.
Astrofizikaning «oq mittilar», neytron yulduzlar, «qora tuynuklar» kabi obyektlaming tabiati yulduzlar va quyosh bag‘rida kechadigan termoyadroviy sintez reaktsiyalari mexanizmini kvant nazariyasi tomonidan muntazam ketma-ketlikda ochib berdi.
Hozirgi zamon fan va texnikasining rivojlanishida keskin burilish yasagan kvant elektronikasi va optoelektronikaning fundamental asoslarini kvant mexanikasi (optika) tashkil etadi.
Asrimizda ro‘y berayotgan qator buyuk texnik progresslar kvant nazariyasi bilan bog‘liqdir. Yadro reaktorlari, qudratli tezlatkichlar va zamonaviy mikroelektronika qurilmalarining ishlash prinsiplari asosida kvant nazariyasi qonunlari yotadi. Juda sezgir va aniq o‘lchov asboblari hamda avtomatik ishlovchi qurilmalami ishlab chiqarishda qo‘llanilishi fizik tadqiqotlaming ahamiyati nihoyatda muhimligini ko‘rsatadi.
Yer sharoitida boshqariladigan termoyadroviy reaktsiyalami amalga oshirish, ajoyib xususiyatli magnetik, segnotoelektrik, o‘tao‘tkazgich moddalami topish va ular asosida ishlab chiqarishda qo‘llaniluvchi eng yangi asbob va qurilmalami yaratish kvant nazariyasiga, shuningdek, optikaga tayanib ish yuritishni taqozo etadi.
Shunday qilib, kvant fizikasi moddiy dunyoning tuzilishi


4





Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling