Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyotining asos


Download 1.33 Mb.
Sana16.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1358754
Bog'liq
falsafa prezentatsiya

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSI

REJA:

  • Korrupsiya: uning tarixiy ildizlari, korrupsiyaga qarshi kurash usullari.
  • O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari
  • Korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro qonunchilik asoslari

.

  • Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq, “korroziya” so’zi ya’ni “chirish” yoki “zanglash”) terminini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlaridan o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ko’zlab qonunchilik va axloq qoidalariga zid ravishda foydalanishni anglatadi.

Ko’p xollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko’plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.
Qadimgi yunon faylasufi Aristotel aytganki “Har qanday davlat tizimida – qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda mansabdor shaxslsrni noqonuniy yo’l bilan boyishga yo’l qo’ymaslik lozim” degan. Fransuz mutafakkiri Sharl Montesk’e esa bu borada “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo’lgan shaxs, uni suiste’mol qilishga moyil bo’ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo’nalishda yuradi” degan fikrlarni bildirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo’rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan malum. Chunki bu holat davlatning obro’siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo’rligi qattiq qoralanadi. Jumladan, Injilba “Sovg’alarni qabul qilma, chunki sovg’a ko’rni ko’radigan qiladi va haqiqatni o’zgartiradi” Quroni Karimda “Boshqalarning mulkini noxaq yo’l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo’lgan narsalarni olish uchun o’z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktlarni korrupsiyaning yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko’rsatadi. Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar, Aholi huquqiy savodxonligining pastligi, Mamlakatda siyosiy vaziyatning notinchligi, Ijro hokimyatining birligi tamoyilining buzilishi.
Korrupsiyani amal qilish darajalariga ko’ra quyi va yuqori korrupsiyaga ajratiladi:
Quyi korrupsiya xokimyat va boshqaruv organlarining o’rta va quyi darajalarida eng ko’p tarqalgan bo’lib, amaldorlar va fuqarolarning doimiy o’zaro munosabati bilan (ro’yxatdan o’tish, jarimalar, litsensiya va turli ruxsatnomalar olish kabilar) bilan bog’liq. Yuqori korrupsiya ҳокимият xokimyat organlarida ishlovchi siyosatchilar, oliy martabali amaldorlarni qamrab oladi hamda yuqori bahoga ega bo’lgan qarorlar qabul qilish (qonunlarni, davlat buyurtmalarini lobbilash va qabul qilish, mulkchilik shakllarini o’zgartirish va shu kabilar) bilan bog’liq.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari.
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati; O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni qonun xujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
ADABIYOTLAR
  • Xolmanova D. Fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtirokining huquqiy asoslari. // O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari Axborotnomasi. 2017. №2 B.75-77
  • Zufarov R. Poraxo‘rlik- korrupsiya negizi // Davlat va huquq. - 2000. № 4. - 41 b.
  • Zufarov R.A. Poraxo‘rlik uchun jinoiy javobgarlik. - T.: TDYUI, 2004. - B. 83-84.
  • Ismailov B.I. Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashning xalqaro-huquqiy jihatlari // O‘quv qo‘llanma.-Toshkent: YUMOM. 2015.-129 b.
  • Kabulov SH.R. Korrupsiyaga qarshi kurash: iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy choralari va yo‘llari. Monografiya\-T.:IIV Akademiyasi\2015.-160b.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling