Korxona faoliyatiga qanday noaniqliqlar, risklar ta’sir kursatadi?


Download 15.49 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi15.49 Kb.
#1193038
Bog'liq
Shpargalka


Korxona faoliyatiga qanday noaniqliqlar, risklar ta’sir kursatadi?
Korxona iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlarni ichki va tashqi tahdidlar guruhiga turkumlash mumkin: Ichki tahdidlar (endogen): - korxonaning raqobat o‘rni, marketing strategiyasi va siyosati bilan bog’liq tahdidlar; - menejment darajasi bilan bog’liq tahdidlar; - resurslar va ulardan foydalanish bilan bog’liq tahdidlar;
Tashqi tahdidlar (ekzogen): a) Xalqaro tahdidlar: - umumiqtisodiy tahdidlar; - xalqaro savdo beqarorligi; - xalqaro raqobat; b) Milliy tahdidlar: - siyosiy barqarorlik; - ijtimoiy-iqtisodiy, demografik tahdidlar; - bozordagi beqarorlik.
Korxona iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlar ichida eng muhimlari iqtisodiy shpionaj va razvedka hisoblanadi. Tadbirkorlar tijorat sirlarini sanoat shpionajidan, oshkora bo‘lishdan himoyalash uchun quyidagilarni amalga oshiradilar: - ilmiy-texnikaviy yangilik va himoya qilish uchun ularni patentlashtirish mualliflik huquqini olish, tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni aniqlash; - hujjatlar bilan ishlaydigan xodimlarni aniqlash, ro‘yxatini tuzish, ularning faoliyatini muntazam nazorat qilish, axborot va ma’lumotlar bilan ishlash tartibini belgilash hamda uning ustidan nazorat o‘rnatish; - tijorat ma’lumotlari va axborotlarini maxsus hisobga olish, ularni saqlash tartibini o‘rnatish, nazorat ostida ko‘paytirish hamda maxsus shaxslar kuzatuvida hujjatlarni yo‘q qilish; - xodimlarni hujjatlar bilan ishlash va ularni himoyalash bo‘yicha o‘qitish, mashg’ulotlar o‘tkazish, ko‘rsatma, tavsiyalar berish, kundalik eslatmalar qilish.
Shu bilan bir vaqtda korxona o‘z faoliyatining muhim yo‘nalishlari xavfsizligini ta’minlash uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak va buning uchun avvalo, mos keluvchi qo‘riqlash tartibini yaratish lozim. Mamlakatimiz va xorij amaliyoti tajribasi bunda quyidagi faoliyat turlarini ajratib ko‘rsatadi:
1. Bino va inshootlar, aloqa tarmog‘i qurilma va uskunalarini qo‘riqlash tartibini ta’minlash. 2. Tezkor xavfsizlik, maxfiy axborotlarga bo‘lgan vakolatni boshqarish, kelib ketuvchilar, transport va yuk tashishni nazorat qilish, qoidabuzarlik holatlarini tekshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash. 3. Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ma’muriy faoliyat personali (xodim-lari)ni tayyorlash va o‘qitish, inspeksiya, taftish va nazorat, muammoli vaziyatlarning oldini olish, istiqbolli chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 4. Moddiy boyliklarni himoya qilish va tabiiy ofatlarga qarshi kurash, yong‘inlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi va ogohlantirish qurilmalari holatini kuzatib borish va hokazo.
Axborot xavfsizligining moxiyati nima?
Axborot xavfsizligi – axborot tizimlari va axborot resurslarining jamiyat, davlat, alohida individuumlarning axborotdan samarali foydalanishlarini qiyinlashtiruvchi tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganligi. Axborot xavfsizligi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: – axborot tizimlari va axborot resurslariga bo‘ladigan tahdidlarni aniqlash, baholash va ularning oldini olish; – yuridik va jismoniy shaxslarning intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarini, shuningdek axborot to‘plash, jamlash va undan foydalanish huquqlarini himoyalash; – davlat, xizmat, tijorat sirlari va shaxsiy sirni saqlash.
Axborot xavfsizligiga tahdidlarning quyidagi guruhlari ajratiladi: – dasturiy tahdidlar – axborot tizimlariga «viruslar», apparat va dasturiy ma’lumotlarni kiritish, ushbu tizimlardagi ma’lumotlarni yo‘q qilish va o‘zgartirish; – texnik, jumladan, radioelektron tahdidlar – aloqa liniyalaridan axborotni tutib olish; aloqa liniyalaridagi, boshqaruv tizimlaridagi signal-larni radioelektron vositalar bilan bostirish; – jismoniy tahdidlar – axborotga ishlov berish vositalari, axborot tashuvchi vositalarni yo‘q qilish, axborot tashuvchi vositalar, shuningdek apparat yoki dasturiy parol kalitlarini o‘g‘irlash; – axborot tahdidlari – axborot ayirboshlash reglament (tartib)larini buzish, axborotni noqonuniy to‘plash va ishlatish, axborot resurslaridan ruxsatsiz foydalanish, axborot tizimlaridagi ma’lumotlarni qonunga xilof tarzda kodlashtirish, yolg‘on ma’lumot berish (dezinformatsiya), axborotni yashirish yoxud o‘zgartirish, axborotni ma’lumotlar bazalaridan o‘g‘irlash.
Milliy xavfsizlikni qanday turlarini bilasiz?
Milliy xavfsizlik manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli sifatida manfaat va ehtiyojlarni qondirish, moddiy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo‘lish va farovonlikka intilish to‘g’risidagi barcha tasavvurlarni ifodalaydi. Mamlakatning milliy xavfsizligi uning milliy manfaatlarini turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy va boshqa omillar ta’siri va tahdidlardan himoya qilishga yo‘naltiriladi. Shuning uchun ham milliy xavfsizlik tarkibi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy, mafkuraviy, axborot xavfsizligini o‘z ichiga oladi.
Atrof tabiiy muxit” va “ekologiya” tushunchalarining mazmuni, farqli hamda uxshash tomonlari nimalarda ifodalanadi?
Download 15.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling