Korxonalarning moliyaviy holatini umumiy baholash


Download 17.74 Kb.
bet1/2
Sana15.02.2023
Hajmi17.74 Kb.
#1200121
  1   2
Bog'liq
13-MAVZU


Korxonalarning moliyaviy holatini umumiy baholash

Korxonalarning moliyaviy faoliyati kompleks jarayon bo‘lib, u ko‘rsatkichlar tizimi yordamida ifodalanadi. Korxo­nalarning moliyaviy faoliyati tahlili korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligini va ulardan foydalanish darajasi hisoblanadi.

Yuqorida ko‘rsatilganidek, korxonalarni moliyaviy fao­liyatini tahlil qilishning birinchi bosqichi moliyaviy holatni umumiy baholash hisoblanadi. Bu bosqichda korxonalar faoliyatini hajmi, umumiy samaradorligi, korxonalarning o‘zoq muddatli va aylanma aktivlari, korxonalarning majburiyatlari tahlil etiladi. Buning uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:


  1. Korxonalar faoliyatining umumiy mutlaq ko‘rsatkichlari.

  2. Korxonalar faoliyatining umumiy nisbiy ko‘rsatkichlari.
    3.Korxonalar mablag‘larining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari.
    4.Korxonalar majburiyatlarining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari.
    5.Korxonalar zaxiralari va xarajatlarining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari.

    Tahlil qilinayotgan korxonalar har xil bo‘lishi mumkin jumladan:

    - xajmi bo‘yicha — mayda, o‘rta va yirik korxonalar, bu holat moliyaviy tahlilning yo‘nalishlari va chuqurligiga ta’sir ko‘rsatadi;

    - har xil texnologiyaga ega bo‘lib, turli tarmoqlarga tegishli bo‘ladi. Bu holat korxonalarni asosiy va aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanishiga tasir ko‘rsatadi;

    - korxonalar o‘zining mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini o‘zi va majburiyatlar hisobidan har xil darajada qoplashi mumkin.

    Ular hammasi korxonalarning umumiy, iqtisodiy, moliyaviy faoliyatiga, albatta, ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli moliyaviy holatni tahlil qilishda umumiy baholash o‘tkaziladi.

    Har bir tahlilchi, auditor korxonalarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilishdan oldin uning umumiy faoliyatini ko‘rib chiqadi. Buning uchun umumiy mutlaq ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.





Download 17.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling