Kouching texnologiyalari asosida tarbiyachilarning ijtimoiy tashabbuskorliklarini oshirish farDu p f. b f. d (PhD), dontsent Tuychiyeva Inoyatxon Ibragimovna Fardu magistranti Hokimjonova Maftunaxon Zairovna


Download 8.68 Kb.
bet1/2
Sana17.11.2023
Hajmi8.68 Kb.
#1782306
  1   2
Bog'liq
Kouching texnologiyalari asosida tarbiyachilarning ijtimoiy tash-fayllar.org


Kouching texnologiyalari asosida tarbiyachilarning ijtimoiy tashabbuskorliklarini oshirish


KOUCHING TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TARBIYACHILARNING IJTIMOIY TASHABBUSKORLIKLARINI OSHIRISH

FarDu p.f.b.f.d (PhD), dontsent Tuychiyeva Inoyatxon Ibragimovna
FarDU magistranti Hokimjonova Maftunaxon Zairovna
Koacherlik XX-asrning ixtirosi ekanligi umumiy qabul qilingan manba hisoblansada biroq, hozirgi vaqtda talab qilinayotgan ushbu xizmatning mohiyatiga, ya'ni bir kishining kuch va qobiliyatini ochib berish uchun boshqa shaxsning ijobiy ta'sir ko’rsatishi, insonning ichida yashirin bo’lgan qobilyatlarini ochib berish uchun xizmat qiluvchi texnologiya sifatida qarash to’g’ri bo’ladi.

Maktabgacha ta’lim tizimining qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanini Prezidentimizning bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolaning fikrlash darajasi o’rtasidagi farq xususidagi fikrlaridan ham bilish mumkin. Darhaqiqat, bugun maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko’rib chiqish masalasi davlat siyosati darajasidagi masalalardan biriga aylandi. Davlatimiz rahbarining “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g‘risida”gi qarori mamlakatimiz ta’lim sohasida yangi tizimni yaratish va butun ta’lim tizimida sifat o’zgarishiga erishish, ta’limning uzluksizligini ta’minlash imkonini berdi.”


Maktabgacha ta’lim tizimiga yurtboshimizning berayotgan jiddiy e’tiborlari natijasi o’laroq tizimda judayam ko’p islohotlaar olib borilmoqda. Buning yorqin isboti sifatida O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2021 yil 12 iyundagi 128 sonli buyrug’i “Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlarini yanada rivojlantish to’g’risidagi buyrug’ining 3 ilovasi ham aynan Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Pedagogik-koaching” faoliyatini tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizomi orqali ta’lim tashkilotlarida “Pedagogik-koaching” faoliyatini tashkil etish va kommunikativ rivojlanish tartibini belgilaydi. Koaching texnologiyasi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarning ijtimoiy tashabbuskorliklarini oshirish, zamonaviy uslubiy ko’makkga muhtoj; yangi innovatsion faoliyatlarni tashkil etadigan pedagoglarni tayyorlashni ko’zda tutadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining ijtimoiy tashabbuskorliklarini oshirish bu har sohada erishishi mumkin bo’lgan yutuqlarning to’laqonli asosi bo’lib xizmat qiladi deb bemalol ayta olamiz chunki uyning mustahkam bo’lishi uning poydevoriga bog’liq bo’lganidek, millatning barkamol bo’lishi ham maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi. Shunday ekan koaching texnologiyasi tarbiyachilar va shu o’rinda tarbiyalanuvchilarining ham yashirin qobilyatlarini aniqlash va uni yuzaga chiqarishga yordan beruvchi texnologiya bo’lib xizmat qiladi. Ushbu texnologiya bugungi kunda deyarli barcha sohalarda amaliyotga tadbiq etilmoqda va kutilgan natijalarini berib kelmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalik davri - bu insonning shaxs sifatida shakllanishining qisqa, ammo judayam muhim davr hisoblanadi. Bu yillarda bola o’zini o’rab turgan olam haqida dastlabki bilimlarga ega bo’ladi, unda Vatanga, insonlarga, mehnatga, atrof-olamga nisbatan muayyan munosabat, to’g'ri xulq-atvor shakllanadi, xarakter hususiyatlari rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat va kasblar dunyosi haqidagi g'oyalarini shakllantirish zamonaviy dunyoda zamonaviy ta'lim texnologiyalarini hisobga olgan holda qurilishi kerak bo’lgan dolzarb jarayondir. Ana shunday dolzarb jarayonga bugungi kun tarbiyachisi ham doimiy tayyor holda turishi esa davr talabi hisoblanadi. Bugungi kun tarbiyachisi tasahbbuskor, tadbirkor, yuqori malaka va tezlikda ishlashi muhum va bunda tarbiyachilarga koaching texnologiyasi singari innovatsion ta’lim texnologiyalarini yaxshi bilishi judayam foydalidir.
Kelinglar avvalo “Tashabbus nima?” degan savolga javob izlab ko’ramiz. Tahabbus bu insnon o’zidagi anglanmagan kompetentlik orqali o’zi bilmagan holda to’g’ri yo’l tutish demakdir. Agar tarbiyachi tasahabbuskor bo’lmasa u tarbiyalagan tarbiyalanuvchilarning kelajagi haqida bir fikr yuritib ko’riga...
Hozirgi zamon barchamizdan tashabbuskor bo’lishni talab etmoqda. Tashabbus barcha insonda ichki yashirin imkoniyatdir. Uni ro’yobga chiqarish esa judayam masuliyatli jarayondir. Tarbiyachi tashabbuskor bo’lmasa u hech qachon tashabbuskor bolani tarbiyalab bera olmaydi shunday ekan biz kouching texnologiyasi orqali tarbiyalanuvchilarning tashabbuskorliklarini oshiramiz.
Tarbiyachilarning ongidan “tahsabbus – jazolanadi” degan fikrni chiqarib tashlashimiz kerak. Chunki yoshlikdan har qanday ko’rsatilgan tashabbuslarga berilgan taqiq javoblari inson ongiga sekin-sekin singa boshlaydi va uning ongiga kelgan har qanday yangilik va muhum ko’nikmalarni ochiq oydin ayta olishiga to’sqqinlik qiladi. Endigina ish faoliyatini boshlagan pedagoglarda ham xuddi shunday o’z faoliyatiga doir har qanday tashabbus bildirish rag’batlantirib borilishi o’ta muhum hisoblanadi. Biz tarbiyachining bola tarbiyasida, uning ta’limida, rivojlanishida bildirgan har qnaday fikrini garchan u xato bo’lmasin qo’llab quvatlashimiz va to’g’ri yo’lga yo’naltirishimiz keyinchalik unda o’z ishiga bo’lgan mehrni oshishiga sabab bo’ladi. Bunday tashabbuskor tarbiyachilar esa albatta komil insonlarni tarbiyalab yetqizib berishlari kunday ravshandir.
Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi qarori, 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g‘risida”gi PF-4947-son, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida» PF-5847-son Farmoni hamda sohaga aloqador bo’lgan qator meyoriy-xuquqiy hujjatlarda belgilab ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun muayyan darajada asos bo’lib hizmat qila oladi.
Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash yangi omillarni izlash, topish, tajriba-sinovlardan o’tkazish asosida amalga oshirish zaruriyatni talab etmoqda. Maktabga tayyorlashda bolalarning ruxiy tayyorgarligi, jismonan sog’lom bo’lishi, muloqotga kira olishi, so’z boyligini (zaxirasini) boyitish, boshlang’ich elementar matematik tushunchalarga ega bo’lishi, yozishga boshlang’ich tayyorgarlik, ayrim so’zlar to’g’risida tasavvurlarni bilishi muhim o’rin tutadi.
Har bir ta’lim muassasasi inson omilining birlamchi ekanligi, bilimlarni o’zatishda asosiy e’tiborni bilimning hayotiyligiga qaratilganligi, vaziyat omilini inobatga olgan xolda malakalarni qo’llay olishni o’rgatish kabi jihatlari bilan ajralib turadi.
Bu o’z navbatida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachlarining tashabbuskorlik faoliyat mazmunini belgilaydi.

Download 8.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling